D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
SHARQ TABOBATI
Tibbiyot fanining rivojlanishida qadimiy Osiyo mamlakatlarining 
hissasi ham bor. Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab davlatlarida o’simliklar 
bilan davolash keng tus olgan. «Yajur - veda»(«Hayot haqidagi fan») 
dorivor o’simliklar haqida yozilgan qadimiy hind kitobidir.
Tibet tibbiyoti hind tibbiyoti yordamida rivojlandi. Mashhur «Djud-
shi» («Shifobaxsh dori-darmonlar mohiyati») kitobi Tibet tibbiyotining 
asosini tashkil etadi.
Xitoy xalq tabobati juda uzoq tarixga ega. Xitoy tibbiyotining 
asoschisi bundan 3 ming yil oldin xoqonlik qilgan Shen Nung hisoblanadi. 
Uning kitoblarini ko’chirma nusxalari va to’ldirilgan shakllari ming yillar 
osha meros bo’lib kelmoqda.


84 
Sharqning mashhur olimlari Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-
Xorazmiy, Abu Rayhon Muhammad ibn al-Beruniy, Abu Mansur 
Buxoriylar ham tibbiyot fani rivojiga katta hissa qo’shdilar.
O’rta Osiyoning zabardast olimlaridan biri bo’lgan Abu Ali ibn 
Sinoning jahonshumul faoliyati to’g’risida to’xtalib o’tmasdan bo’lmaydi. 
Abu Ali ibn Sino 450 dan ortiq qimmatli asarlar yaratgan. Biroq zamonlar 
o’tishi bilan ularning ko’pi yuqolib ketgan. Ibn Sinoning bizgacha yetib 
kelgan 240 asaridan 40 tasi tibbiyotga oiddir. Abu Ali ibn Sino «Al-
qonun» asarida 900 ga yaqin o’simlikning shifobaxsh xususiyatlari va 
ularni ishlatilish yo’llari to’g’risida ma’lumot keltiradi (165 ta so’z). 
 
SHIFOBAXSH O`SIMLIKLAR - TABIAT BOYLIGI 
Dorivor o`simliklardan foydalanish uzoq tarixga ega. Kishilar ibtidoiy 
zamonlardayoq kasal yoki yarador hayvonlar ba`zi o`tlarni yeb sog’ayib 
ketishiga e`tibor berganlar. Davrlar o`tishi bilan tabiat yaratib qo`ygan 
dorivor o`simliklarning ahamiyati oshib boravergan. Miloddan ancha oldin 
Qadimgi Misr, Hindiston, Xitoyda dorivor o`simliklardan foydalanish 
usullari yozilgan qo`llanmalar paydo bo`lgan.
O`rta Osiyo xalq tabobati asrlar mobaynida boy tajriba to`pladi. Jahon 
madaniyatiga katta hissa qo`shgan olim Abu Ali ibn Sino dorivor 
o`simliklarga alohida e`tibor bergan.
Hozirgi paytda dunyo bo`yicha xalq tabobatida jami 12000 dan ortiq 
o`simlik turidan foydalanilmoqda. O`zbekistonda yovvoyi holda o`sadigan 
o`simliklarning o`zi 4 ming turdan ortiq. Shulardan 500 dan ko`pi 
shifobaxsh o`simliklar hisoblanadi. Giyohlar, dov-daraxtlar gulidan, 
bargidan, tanasidan, mevasidan qanchadan-qancha turli-tuman dori-
darmonlar tayyorlanib, odamlarni, hayvonot olamini kasalliklardan 
saqlashda 
foydalanila 
boshlandi. 
Mutaxassislarning 
fikricha, 
o`simliklardan olinadigan dori-darmonlar, oziq moddalar sun`iylariga 
qaraganda katta afzalliklarga ega. Shifobaxsh giyohlarning aksariyatini 
ovqat bilan tanovul qilish mumkin. Ulardan olingan malhamlardan bilib 
foydalanilsa, yaxshi natija beradi (143 ta so’z). 
 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin