SHIFOBAXSH O`SIMLIKLAR - TABIAT BOYLIGI Dorivor o`simliklardan foydalanish uzoq tarixga ega. Kishilar ibtidoiy
zamonlardayoq kasal yoki yarador hayvonlar ba`zi o`tlarni eb sog’ayib
ketishiga e`tibor berganlar. Davrlar o`tishi bilan tabiat yaratib qo`ygan
dorivor o`simliklarning ahamiyati oshib boravergan. Miloddan ancha oldin
Qadimgi Misr, Hindiston, Xitoyda dorivor o`simliklardan foydalanish
usullari yozilgan qo`llanmalar paydo bo`lgan.
O`rta Osiyo xalq tabobati asrlar mobaynida boy tajriba to`pladi. Jahon
madaniyatiga katta hissa qo`shgan qomusiy olim Abu Ali ibn Sino dorivor
o`simliklarga alohida e`tibor bergan. U turli xil shifobaxsh o`simliklarning
dorivorlik xususiyatlari to`g’risida yozgan.
Hozirgi paytda dunyo bo`yicha ilmiy meditsina va xalq tabobatida
jami 12000 dan ortiq o`simlik turidan foydalanilmoqda. O`zbekistonda
yovvoyi holda o`sadigan o`simliklarning o`zi 4 ming turdan ortiq.
Shulardan 500 dan ko`pi shifobaxsh o`simliklar hisoblanadi. Bulardan
tashqari, dala va bog’larimizda turli-tuman sabzavot-poliz mahsulotlari,
mevalar yetishtiriladi. Davrlar mobaynida shifobaxsh o`simliklar, meva va
sabzavotlar chinakamiga o`rganildi, turlarga ajratildi, o`zgartirildi, qayta-
qayta tiklandi. Bu bilan esa farmatsevtika sohasi shug’ullana boshladi.
Giyohlar, dov-daraxtlar gulidan, bargidan, tanasidan, mevasidan
qanchadan-qancha turli-tuman dori-darmonlar tayyorlanib, odamlarni,
hayvonot olamini kasalliklardan saqlashda foydalanila boshlandi.
Mutaxassis olimlarimizning fikricha, o`simliklardan olinadigan dori-
darmonlar, oziq moddalar sun`iylariga qaraganda katta afzalliklarga ega.
Shifobaxsh giyohlarning aksariyatini ovqat bilan tanovul qilish mumkin.
95
Ulardan olingan malhamlardan bilib foydalanilsa, yaxshi natija beradi (190 ta so’z).