D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
TEMUR KONSTITUTSIYASI 
Sohibqiron Amir Temurning davlat va qo‘shinni boshqarishga 
bag‘ishlangan “Temur tuzuklari” nomli kitobi dunyoga mashhur. Tuzuklar 
Amir Temurning o‘z davri uchun davlat Konstitutsiyasi edi. Bu asar 
ko‘pgina sarkarda va davlat arboblari uchun muhim qo‘llanma vazifasini 
o‘tab kelgan. 
Amir Temurning 4 o‘g‘li va 2 qizi bo‘lgan: G‘iyosiddin Jahongir
Umarshayx, Jaloliddin Mironshoh, Shohruh, Og‘a begim, Sulton Baxt 
begim. Sohibqiron Amir Temur hayotining so‘nggi kunlari qabuliga 
shahzodalar, amur-u ulamolarni chaqirib shunday vasiyat qiladi: 
“O‘g‘illarim, millatning ulug‘ martabasini, saodatini saqlamoq uchun 
sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o‘qing, aslo unutmang 
va tadbiq eting. Millatning dardiga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. 
Zaiflarni qo‘ring, yo‘qsillarni boylar zulmiga tashlamang. “Adolat va 
Ozodlik” dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin ...” 
Sohibqiron haqida chet ellarda ham, mamlakatimizda ham yuzlab 


73 
badiiy va ilmiy asarlar, filmlar yaratilgan, haykallar o‘rnatilib, muzeylar 
tashkil etilgan. Uning tug‘ilganligiga 660 yil to‘lishi munosabati bilan 
1996-yil O‘zbekistonda “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Toshkent va 
Samarqandda, Shahrisabzda unga mahobatli haykallar o‘rnatilib, muborak 
qadamjolari, maqbara va machitlari ta’mirlandi, ziyoratgoh joylari 
ko‘paytirildi (155 ta so‘z). 
YUSUF XOS HOJIB 
Yusuf Xos Hojib XI asrda yashab ijod etgan buyuk o‘zbek (turkiy 
xalqlar) shoiri hisoblanadi. Yusuf – asl ismi. Aynan «Qutadg‘u bilig» 
dostoni zamon hukmdori tahsiniga sazovor bo‘lgani uchun muallifga «xos 
hojib», ya’ni eshik og‘asi rasmiy lavozimi berilgan. Shoir uni taxallusiga 
qo‘shib olgan. Yusuf hozirgi Qirg‘izistonning Talas vodiysi hududidagi 
qadimiy Bolosog‘un shahrida tug‘ilgan. Bolosog‘uniy deyilishi shundan. 
Ba’zi manbalarda bu shahar Quzo‘rda deb ham tilga olinadi. 
Bizga Yusuf Xos Hojibning birgina «Qutadg‘u bilig» asari yetib 
kelgan. Shoir hayotiga oid ma’lumotlarni ham faqat shu dostondangina 
topamiz. Asar hijriy 462, ya’ni milodiy 1069– 1070-yili Qoshg‘arda yozib 
tugallangan. Hajmi 6 ming 409 baytdan iborat. 
Doston yaratilgan XI asr Qoraxoniylar davlatining eng gullagan davri 
edi. Yuqori Chindan Kaspiy dengiziga qadar bo‘lgan juda katta hudud shu 
saltanat hukmi ostida bo‘lgan. Qoshg‘ar (ikkinchi nomi O‘rdukent) shu 
ulug‘ saltanatning poytaxti edi. Bolosog‘un mamlakatning muhim 
markazlaridan biri hisoblanardi. 
Yusuf Xos Hojib dostonini tugallagach, uni zamon hukmdori (elig) 
Tavg‘achxon Ulug‘ Bug‘ra Qoraxonga taqdim etadi. (152 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin