Tayanch tushunchalar: ● Serebral falajlik – bosh miyaning harakat tizimining jarohatlanishi.
● Gidrosefaliya – kalla bo‘shlig‘ida orqa miya suyuqligining ko‘p miqdorda to‘planishi natijasidagi kasallik.
● Epilepsiya – tutqanoq – vaqti-vaqti bilan qaytarilib turadigan, tutqanoq tutish bilan namoyon bo‘ladigan nerv psixik kasalligi.
● Daun kasalligi – genetik kasallik bo‘lib, bemorning o‘ziga xos tashqi ko‘rinishi bilan xarakterlanadi.
Dars - 21
Mavzu: Aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlari(Idrok, nutq, muloqot)
Reja: 1.Idrok tushunchasi 2. Aqli zaif bolalarning ko‘ruv idroki Idrok — bu inson analizatori yoki analizatorlar sistemasiga bevosita ta ’sir etuvchi, narsa va hodisalarning butunligicha yoki ularning turli xususiyatlari o‘zaro aloqasining shakllanish jarayonidir.
Idrok turli sezgilar asosida shakllanadi. Psixologiyada idrok quyidagilarga ajratiladi: ko‘ruv, eshituv, taktil, ta ’m bilish va hid bilish. Idrokning barcha turlarida harakatlanish sezgirligi m uhim o‘rin tutadi, biroq bularni inson ko‘pincha idrok etmaydi. Idrok etishda nutq katta rol o‘ynaydi. Narsa va hodisalarning so‘zlar bilan ta ’riflanishi, ular orasidagi mavjud o‘zaro aloqa ta ’m inlanishini, abstraksiyasi va um um lashtirilishi idrok etilayotganlarning mazmunini ochishga yordam beradi. Idrokning obyektiv faoliyati inson faoliyatining ilgarilanganligidir. Shu bilan birga faoliyat, amaliyot idrokning rivojlanishiga, harakatlarning to‘g‘ri va to ‘la aks etishiga yordam beradi. Aqli zaif bolaning ruhiyati o‘ziga xos sistem ani aks ettirib, turli nuqsonlar va rivojlanishda orqada qolishlar to’laligicha faoliyatning ruhiy jarayonlariga ta ’sir etadi. Bu holat idrokka ham taalluqlidir.
Aqli zaif bolalarning ko‘ruv idroki. Hozirgi kunda eng ko‘p o‘rganilgani aqli zaif o‘quvchilarning ko‘ruv idroki hisoblanadi. Bu — ko‘rish analizatori boshqalariga nisbatan atrof-olam haqidagi tu rli xil axborotlarni olishga yordam beradi. Eksperim ental psixologik uslublarning ishiab chiqilganligi tegishli aham iyat kasb etadi. Ko‘rish orqali idrok etish — juda m urakkab ish bo‘lib, bu jarayonda ko‘pgina qo‘zg‘atuvchilar ko‘zga o‘z ta ’sirini ko'rsatadi. Idrok etishda analiz qanchalik aniq bo‘lsa, sezish shunchalik sifatli, kuchli va to‘la, aniq bo'lib ular qo‘zg‘atuvchilarda differensial aks ettiriladi. Sharhlash psixologiyasi — katta, murakkab, oligofren bolalarga nisbatan yaxshi o'rganilm agan bir m uam modir. Kuzatishlar kichik 20 sinflarning aqli zaif o‘quvchilarining atrofni sharhlash imkoniyatlari juda past, bu ularning xulqiga ham ta ’sir qiladi. Aqli zaif bolalarning ko'ruv idroki qator o'ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanib, bular atrof-olam va uni o‘rganishga ta ’sir ko'rsatadi. Bu xususiyatlarga obyektni ko'rishni idrok etishning sekinlashishi kiradi. Tajribalarning ko'rsatishicha, bolalarga yaxshi tanish bo'lgan rangli rasm larni davomiyligi 22 m illisekund vaqtni tashkil etgan paytda ko'rsatganda, aqli zaif bolalar bularning birortasini bilm agan va to'g'ri ayta olmagan. Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktabining I sinf o'quvchisi shunday sharoitda ko'rsatilgan rasm larning 57% ni to‘g‘ri aytadi va taniy oladi. Kuzatish m uddatini 42 m illisekundga cho'zganda aqli zaif bolalardan 55% javoblarni eshitish m um kin. Bunday sharoitda ularning sog'lom tengdoshlarining 95% to'g'ri javob qaytaradi. Ko‘rib turganim izdek, aqli zaif bolalarga sog'lom bolalarga nisbatan tanish narsalarni tanib olishi uchun uzoqroq, ya’ni ko'proq vaqt kerak. Bu oligofrenlarga xos bo'lgan analiz va sintez jarayonining sekinlashishi bilan xarakterlanadi. 'Maxsus tekshiruvlar shuni ko'rsatadiki, aqli zaif o'quvchilarga berilgan masala qiyinlashganda, ularda sensor axborotni qayta ishlash ancha sekinlashadi. Olingan tahlil natijalari aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korreksion pedagogik ishlarda qo'l kelishi m um kin. Aqli zaif o'quvchilarning m aktabda o'qish yillarida ularning ko'ruv idroki sezilarli darajada tezlashadi. Shunday qilib, III sinf o'quvchilariga 22 m illisekund vaqtda ko'rsatilgan rasm larda 27% to'g'ri topiladi. (Ommaviy m aktabning III sin f o'quvchilari 100% natija beradi.) Ammo bu vaqtni 42 m illisekundga cho'zganda 100% natija beradi. Ushbu m a’lum otlar oligofrenlarning ko'rib idrok etishi tezlashgani haqida xabar beradi, am m o bu III sinf o'quvchilari uchun yetarlicha sekinlashgan. A niqlanishicha, aqli zaif bolalarning ko'rilishi sodda bo'lgan narsalarni idrok etishi tezlashib, narsalarning ko'rinishi m urakkablashsa, ularning idrok etishlari sekinlashadi. Shunga ko'ra, m urakkab shakllar ko'rish analizatorining analitik-sintetik faoliyatida hali ham sodda ko'rinishlarda aks etadi.
Sog'lom bolalarga nisbatan aqli zaif bolalar atrof vaziyatga ko'z yugurtirib chiqqanda kam narsalarni idrok etadi. Bu ularga atrofm uhit bilan tez tanishishga, ma’lum bir predm etni, hodisani ajratib olishni qiyinlashtiradi. Aqli zaif o'quvchilarga ko‘ruv idrokining torligi ham xarakterlidir. O‘quvchilar, ayniqsa, kichik sinf o‘quvchilari bir vaqtning o'zida m e’yordagi kabi emas, balki 8—12 ta katta boim agan buyumlarni, eng kamida 4 - 6 ta katta bo’lmagan buyum larni ko‘ra oladi (l.M . Solovyev). Aqli zaif o‘quvchilarning ko‘ruv idroki qisqaligi atrof borliqni o'rganish im koniyatlarini kamaytiradi. Bu bilan ba’zi o ‘quvchilarni o'qishga o‘rgatishdagi qiyinchiliklarni tushuntirish m um kin. Aqli zaif bolalarning ko‘ruv idrokining yana bir xususiyati yetarlicha differensiallanmaganligi: ular har doim ham ranglarni ajrata olmaydi, atrofdagi obyektlarni, ularga xarakterli b oigan qismlarsiz ajratadi. M asalan, birinchi sinf o‘quvchilari oq, qora, to ‘q qizil, to‘q ko‘k ranglarini ajratishadi. Am m o och rangli, ularga o‘xshashlarini ajrata olmaydilar. Chunonchi, ko‘p hollarda ko‘k va siyohrang, olovrang va qizil ranglarni ajrata olmaydilar. Ill sinfga kelib oligofren bolalarning rang ajratish xususiyatlari aniqlanadi. Uning aniq ko‘rinishlari ba’zi o ‘quvchilarda saqlanib qoladi. Aqli zaif o'quvchilarda rang ajrata olm aslikning asosiy sabablari, anglash faoliyatida ranglarni sezish xususiyatining pasayganligi nuqsoni asosiy rolni o‘ynaydi.