Dars ishlanmasi (konspekt)



Yüklə 18,98 Kb.
tarix22.10.2017
ölçüsü18,98 Kb.
#9693

Fan nomi: Matematika

Dars mavzusi: Hafta. Hafta kunlari va sanog’i.

Dars maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, mavzu haqida bilim va ko’nikma hosil qilish

  1. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga iqtisodiy tushuncha berish va metematik o`yinlar orqali milliy istiqlol g`oyalarini singdirish.

  2. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning matematikani o’rganishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish

Dars turi: yangi bilim berish

Dars uslubi: aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash

Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, bukletlar

Matematika – fanlar ichra shoh,Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh! Ibn Sino

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism

Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 minut

2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash

O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi. Mavzuga oid misol va masalalar tushuntiriladi

Savol-javob

3 minut

3-bosqich Yangi mavzu bayoni

Matematikaga oid savol-javob o’tkazish.

Hafta kunlarini o’rgatish

Rasmlar asosida narlarning sanog’ini va ular ustida ayirish, qo’shish amallarini bajarish

Tushuntirish, izlanish

musobaqa

30 minut

4-bosqich Mustahkamlash

O’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlarini aniqlash. Test bajarish

Dam olish daqiqasi

Muammoli izlanish

7 minut

5-bosqich rag’batlantirish

O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi




3 minut

Darsning borishi: I Tashkiliy qism. O’quvchilarni darsga tayyorlash

II O’tgan mavzuni so’rash

O’tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi. O’quvchilarni yangi mavzuga tayyorlash.


  1. Biz o’tgan darsda qaysi sonni o’rgandik? – 10 sonini o’rgandik

  2. 10 soni qaysi sondan keyin keladi? –9 sonidan keyin keladi

  3. 10 sonining yozilishi nechta raqamdan iborat?

  4. Demak, 10 soni ikki xonali son ekan.

  5. 10 sonidan teskariga sanang?

III. Yangi mavzuni tushuntirish

O’quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi.

Yangi mavzu e’lon qilinadi. Ko’rgazma kesma yozuvlar orqali yangi mavzu haqida tushuncha beriladi.

O’quvchilarga bir necha savollar beriladi:

  • Bir yilda nechta fasl bor? – 4 ta

  • Ularni kim sanab beradi? – Qish, bahor, yoz, kuz fasllari.

  • Hozir qaysi fasl? – kuz fasli

  • Har fasl nechta oydan iborat? – 3 ta

  • Kuz fasliga qaysi oylar kiradi? – sentabr, oktabr, noyabr

  • Hozir qaysi oy ekan? (Doskadagi yozuv sana ko’rsatiladi) – oktabr oyi.

  • Har bir oy 30 yoki 31 kundan iborat. Faqat fevral oyi 28 (to’rt yilda bir 29 ) kundan iborat.

  • Har 7 kun 1 haftani tashkil qiladi. Haftaning birinchi kuni – dam olish kuni yakshanbadan boshlanadi.

  • Yakshanba, dushanba, seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari.

(Ko’rgazmalar, rangli rasmlar asosida ko’rsatilib tushuntiriladi). Bu kunlarning nomlari ketma-ket, oldinma-ketin keladi.

1-misol. Mustaqil ish

3 + 4 = 7 6 + 1 = 7 7 – 6 = 1

9 + 1 = 10 8 + 2 = 10 7 + 3 = 10

10 – 1 = 9 10 – 2 = 8 10 – 3 = 7

6+ 4 = 10 7+ 2 = 9 8 – 4 = 4

To’g’ri va tez bajargan o’quvchilar rag’batlantiriladi

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

- Bugun darsda nimalarni o’rgandik?

- 1 hafta necha kundan iborat ekan?

- Hafta kunlarini sanab bering

- Dam olish kuni qaysi kun?

- Seshanbadan keyin qaysi kun keladi?



V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiraman.
Yüklə 18,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin