Fan nomi: Matematika
Dars mavzusi: Hafta. Hafta kunlari va sanog’i.
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, mavzu haqida bilim va ko’nikma hosil qilish
-
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga iqtisodiy tushuncha berish va metematik o`yinlar orqali milliy istiqlol g`oyalarini singdirish.
-
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning matematikani o’rganishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish
Dars turi: yangi bilim berish
Dars uslubi: aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, bukletlar
Matematika – fanlar ichra shoh,Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh! Ibn Sino
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ishning mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 minut
|
2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash
|
O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi. Mavzuga oid misol va masalalar tushuntiriladi
|
Savol-javob
|
3 minut
|
3-bosqich Yangi mavzu bayoni
|
Matematikaga oid savol-javob o’tkazish.
Hafta kunlarini o’rgatish
Rasmlar asosida narlarning sanog’ini va ular ustida ayirish, qo’shish amallarini bajarish
|
Tushuntirish, izlanish
musobaqa
|
30 minut
|
4-bosqich Mustahkamlash
|
O’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlarini aniqlash. Test bajarish
Dam olish daqiqasi
|
Muammoli izlanish
|
7 minut
|
5-bosqich rag’batlantirish
|
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi
|
|
3 minut
|
Darsning borishi: I Tashkiliy qism. O’quvchilarni darsga tayyorlash
II O’tgan mavzuni so’rash
O’tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi. O’quvchilarni yangi mavzuga tayyorlash.
-
Biz o’tgan darsda qaysi sonni o’rgandik? – 10 sonini o’rgandik
-
10 soni qaysi sondan keyin keladi? –9 sonidan keyin keladi
-
10 sonining yozilishi nechta raqamdan iborat?
-
Demak, 10 soni ikki xonali son ekan.
-
10 sonidan teskariga sanang?
III. Yangi mavzuni tushuntirish
O’quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi.
Yangi mavzu e’lon qilinadi. Ko’rgazma kesma yozuvlar orqali yangi mavzu haqida tushuncha beriladi.
O’quvchilarga bir necha savollar beriladi:
-
Bir yilda nechta fasl bor? – 4 ta
-
Ularni kim sanab beradi? – Qish, bahor, yoz, kuz fasllari.
-
Hozir qaysi fasl? – kuz fasli
-
Har fasl nechta oydan iborat? – 3 ta
-
Kuz fasliga qaysi oylar kiradi? – sentabr, oktabr, noyabr
-
Hozir qaysi oy ekan? (Doskadagi yozuv sana ko’rsatiladi) – oktabr oyi.
-
Har bir oy 30 yoki 31 kundan iborat. Faqat fevral oyi 28 (to’rt yilda bir 29 ) kundan iborat.
-
Har 7 kun 1 haftani tashkil qiladi. Haftaning birinchi kuni – dam olish kuni yakshanbadan boshlanadi.
-
Yakshanba, dushanba, seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari.
(Ko’rgazmalar, rangli rasmlar asosida ko’rsatilib tushuntiriladi). Bu kunlarning nomlari ketma-ket, oldinma-ketin keladi.
1-misol. Mustaqil ish
3 + 4 = 7 6 + 1 = 7 7 – 6 = 1
9 + 1 = 10 8 + 2 = 10 7 + 3 = 10
10 – 1 = 9 10 – 2 = 8 10 – 3 = 7
6+ 4 = 10 7+ 2 = 9 8 – 4 = 4
To’g’ri va tez bajargan o’quvchilar rag’batlantiriladi
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
- Bugun darsda nimalarni o’rgandik?
- 1 hafta necha kundan iborat ekan?
- Hafta kunlarini sanab bering
- Dam olish kuni qaysi kun?
- Seshanbadan keyin qaysi kun keladi?
V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiraman.
Dostları ilə paylaş: |