Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə24/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

Yo’llarni ko’tarma ta’mirlash ballast qatlamini qisman sog’lomlashtirish, shpalalarni yoppasiga to’g’rilash va qoqib mahkamlash, hamda asosining bir xil elastikligini ta’minlash maqsadlarida bajariladi. Shu qatorda yo’l ko’tariladi, ifloslangan ballast tozalanadi yoki almashtiriladi, ballast prizmasi to’ldiriladi va shpalalar yoppasiga qoqib chiqiladi. Yo’lni o’rtacha ta’mirlash relslarni biriktirgichlari bilan yoppasiga almashtirishni talab etmaydigan va ularni tanlab almashtirish etarli bo’lgan sharoitlarda ballast qatlam va shpalalarni sog’lomlashtirish va kuchaytirish maqsadlarida bajariladi.
Yo’lni kapital ta’mirlash yo’lni yalpisiga sog’lomlashtirish va kuchaytirish maqsadlarida bajariladi. Bunda relslarni shu turdagi yoki yanada og’irroq turdagilari bilan yoppasiga almashtirish, shpalalarni yoppasiga almashtirish, shcheben ballastlarni tozalash yoki boshqa turdagi ballastlarni to’liq yangilash, strelkali o’tkazgichlarni almashtirish, barcha aylana va o’tish egriliklarini asboblar bilan tekshirib to’g’rilash ishlari bajariladi.


2.8. Yo’l ishlarining tasniflanishi va tashkili
Bajariladigan ishlar hajmi va har xil ta’mirlash ishlarini bajarishning davriylik meyorlari yo’l ishlarining belgilangan tasniflanishida ko’rsatiladi. Ushbu ishlarning asosiy turlari quyidagilardan iborat: yo’lning joriy holatini ta’minlab turish; yo’lni ko’tarma, o’rta va kapital ta’mirlash, relslarni yangilari yoki eski yaroqlilari bilan yoppasiga almashtirish va temir yo’llarda kesib o’tadigan joylarni kapital ta’mirlash. Bundan tashqari, bekatlarda strelkali o’tkazgichlarni, o’tkazgich bruslarini (chorqirra yog’och tagliklarini) almashtirish, strelkali o’tkazgichlarni shchebenli ballastga qo’yish va boshqalar bajariladi.
Uchastka bo’ylab tashilgan yuklarning mln.t brutto hisobidagi yo’l ta’mirlash davriyligi meyori yo’l tuzilishi turiga qarab belgilanadi.

Rasm 2.34. Temir yo’lning og’ir tipdagi ustki qismini ta’mirlash ketma-ketligi: K – kapital ta’mirlash; P- ko’tarma ta’mirlash; O’ – o’rta ta’mirlash.


Rasmdagi chizmada yo’l ustki tuzilishining og’ir turlarida yo’l ta’mirlash ishlarining galma–galligi ko’rsatilgan bo’lib, raqamlar bilan yuklarni mln.t brutto hisobida o’tkazish meyorlari ifodalangan.


Yo’l ishlarining asosiy turlaridan biri yo’l holatini joriy ta’mirlash bo’lib, yo’l buzilishining oldini olish, ularni bartaraf etish va nosozliklarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlashdan iborat. Barcha yo’l elementlarining doimiy butligini ta’minlash va sh.k. yo’lning joriy soz holatini ta’minlash ishlari quyidagilardan iborat: yo’lni, inshoot va qurilmalarni ko’rik va tekshiruvdan o’tkazish va nazorat qilib borish; yo’llarning shay holatini, shu jumladan, andozaviy va sathiy holatini ta’minlash; yo’lning bo’ylama siljishi oldini olish va zarur hollarda relslarning tutashish joyi oralig’ini rostlash; qisman ballast almashtirish, shpala, relslar, mahkamlagichlar, strelkali o’tkazgichlarning alohida qismlarini yakka tartibda almashtirish; suv o’tkazish yo’llarini tozalash va h.k.
Temir yo’l holati, yo’l va qurilmalari ko’z, hamda maxsus yo’l o’lchagich asboblar yordamida tekshirish bilan nazorat qilinadi. Yo’lni iz kengligi va sathi bo’yicha tekshirish uchun, yo’l andozalari (shablonlari), yo’l o’lchagich aravachalar va vagonlar qo’llanadi. VNIIJT tomonidan yaratilgan yo’l o’lchagich vagonning ishchi tezligi 125 kmG’s gacha bo’lib, izning kengligi va relslarning sathiy holatini avtomatik tarzda harakat davomida muntazam yozib borish imkonini beradi. Relslarning ichki ko’rinmas darzlar, g’ovak va boshqa nuqsonlarini topishda nuqson izlovchi aravacha va vagonlardan foydalaniladi.
Yo’lning holati jarima ballarini, rels va ballast turini hisobga olgan holda har bir kilometr uchun (a’lo, yaxshi, qoniqarli va qoniqarsiz) baholanadi. Jarima ballari soni iz kengligi va relslar kallagi sathida meyoriy o’lchamlardan og’ishini, relsli izlarning vertikal va gorizontal holatidagi ravonligi, rels ulagichlarning, ballast, er polotnosi, suv qochiruvchi va boshqa yo’l inshootlarining holatini hisobga olib aniqlanadi. Agar 1 km yo’l uzunligiga to’g’ri kelgan ballar yig’indisi 40-60 balldan oshmasa, yo’l holati «a’lo»; 500 balldan ortiq bo’lsa, «qoniqarsiz» baholanadi.
Yo’lning doimiy holatini temir yo’l va sun’iy inshootlar nazoratchilari va o’tish joylari navbatchilari kuzatib boradilar. Joriy va davriy nazorat yo’l dibekatsi boshlig’i, uning o’rinbosarlari, uchastka boshliqlari, yo’l va ko’prik ustalari, yo’l va sun’iy inshootlar brigadirlari tomonidan olib boriladi.
Temir yo’llarning joriy holatini ta’minlash va ta’mirlash ishlarida elektrlashtirilgan va gidravlik asboblardan keng foydalaniladi. Elektrlashtirilgan asboblar elektrlashtirilgan shpal qoquvchi, elektrlashgan gayka kaliti (gaechno’y klyuch), mix buragich, rels parmalagich va rels sayqallagich stanoklardan iborat. Gidravlik asboblar domkratlar, rixtovka va rels oralig’ini kengaytirgichlardan iborat.
Yo’lni ta’mirlash ishlari namunaviy texnologik jarayon asosida, har bir alohida sharoitlar uchun moslashtirib bajariladi. Ta’mirlash ishlari davomiyligi 2 dan 8 soatgacha ajratiladigan «okno» vaqtida poezdlar harakatini imkon qadar kam to’xtatadigan qilib olib boriladi. Yo’lning o’tkazish qobiliyatining olinishini kamaytirish maqsadlarida ta’mirlash ishlarini butun yo’nalish bo’yicha baravariga, texnik material va mehnat resurslarini har bir uchastka uchun markazlashtirib to’plagan holda rejalashtirish va ishlarni ommaviy tashishlar boshlanguniga qadar tugatish ko’zda tutiladi. Keyingi yillarda ishlar zamonaviy radioaloqa vositalari yordamida dispetcherlik markazlashtirishi orqali boshqariladi.
Yo’l, inshoot va qurilmalarni ta’mirlashda ishchilarning shaxsiy xavfsizligini, harakat xavfsizligini va poezdlar harakat grafigining bajarilishini ta’minlash kerak. Bularning barchasi yo’l va harakat xizmati xodimlarining hamkorlikda ishlashida texnikaviy foydalanish qoidalari, signallashtirish va harakat tashkili bo’yicha yo’riqnomalar talablariga qat’iy rioya qilish, yo’l ishlari vaqtida harakat xavfsizligi talablarini to’liq bajarish, ish joylarini tegishlicha muhofazalash va signallashtirish, lokomotiv mashinistlariga tegishli ogohlantirish, bekat navbatchilarining maxsus jurnallarida tegishli yo’l bo’ylab harakatni yopish va ochish haqidagi ma’lumotlarni yozib borish orqali ta’minlanadi. Tezkor harakat liniyalarida yo’l ishlari alohida qo’shimcha tadbirlar bilan olib boriladi.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin