Burilishlarda temir yo’lning tuzilish xususiyatlari. Burilish joylarda temir yo’lning tuzilishi o’ziga xos xususiyatlarga ega, jumladan: tashqi relsning ichki relsga nisbatan balandroq bo’lishi, o’tish aylanasining qo’yilishi kichik radiuslarda izning kengayishi, ichki iz bo’ylab qisqartirilgan relslarning qo’yilishi, yo’lning kuchaytirilishi, ikki yo’llik va ko’p yo’llik liniyalarda yo’l o’qlari orasidagi masofaning kattalashishi.
O’tish egriligini qo’yish. To’g’ri yo’lning aylana radiusli egrilik bilan ulanishi ular orasida o’tish egri yo’lini qurish orqali bajariladi. O’tish egri yo’li to’g’ri yo’lni aylana burilishi bilan rejada va profilda ohista ulanishini ta’minlaydi. O’tish egriligi rejada cheksiz katta radiusdagi egrilikning aylanma radiusigacha radioidal spiral tenglamasi asosida o’zgarib boradi. Tashqi relsning ko’tarilishi va o’z oralig’ining kengayishi ushbu o’tish egriligi chegarasida asta bajariladi.
Ichki iz bo’ylab kichraytirilgan rels qo’yilishi egriliklarda rels tutashmalarining ikkala izda radius chizig’i bo’ylab joylashganini ta’minlashdir. Aks holda tutashuv joylari o’zaro surilib harakat notekisligini keltirib chiqaradi. Burilish joylar uchun egri izlarning mos qisqaruvi belgilangan meyorlarda rels tayyorlovchi zavodlarda bajariladi.
1200 m dan kam radiusli egriliklarda to’g’ri yo’l bilan ulanishning mustahkamligini ta’minlash uchun yo’l kuchaytiriladi. Buning uchun ballast prizmasi, er polotnosi tashqi tomondan kuchaytiriladi, shpalalar soni ko’paytiriladi va relslar ostiga maxsus keng elkali tagliklar qo’yiladi.
Ikki va ko’p yo’llik uchastkalarda qurilish gabariti talablariga asosan o’tish egriligidan boshlab yo’l o’qlari orasidagi masofa tegishlicha kengaytiriladi.
Yo’l xo’jaligining asosiy vazifasi temir yo’lning, barcha inshoot va qurilmalari joriy holatining doimiy shayligini va yo’l uchastkalarida belgilangan tezlikda poezdlarning xavfsiz, ravon va osoyishta harakatlanishini ta’minlashdan iborat.
O’zbekiston temir yo’llarida yo’l xo’jaligi faoliyatini tashkil qilishga umumiy rahbarlik kompaniyaning yo’l boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Yo’l boshqaruvi qaramog’ida yog’och shpalalarni quritish va chirishga qarshi antiseptik vositalar bilan shimdiruvchi zavodlar, shag’al karerlari, sheben zavodlari, rels payvandlash zavodlari, yo’l ustaxonalari va yo’l tekshirish bekatlari mavjud.
Yo’l xo’jaligining liniyalardagi asosiy korxonalari yo’l masofasi dibekatlari, ihota o’rmonzor dibekatlari va yo’l mashinalari bekatlaridan tashkil topadi. Yo’l masofa dibekatlarining, yo’l mashina bekatlarining va boshqa yo’l xo’jaligi korxonalarining temir yo’llarda joylashuvi va texnik jihozlanganligi temir yo’l inshoot va qurilmalarining joriy holatini ta’minlash va ta’mirlash ishlarini bajarish imkonini berib yo’lning belgilangan tezliklarda zaruriy poezd o’tkazish qobiliyatini saqlashi kerak.
Yo’lning joriy holatini saqlash va ta’mirlash ishlarida yuqori unum bilan ishlaydigan ixtisoslashgan yo’l mashinalari va komplekslari qo’llanadi.