5.5. Yuk inshootlari
Oraliq bekatlarida yuk ishlarini bajarish uchun umumfoylanishli yopiq omborxonalar, yopiq va ochiq platformalar, konteynerlar va to’kma yuk maydonchalari quriladi. Ushbu qurilmalar odatda yuk nohiyasi deb yuritiladigan alohida hududda joylashgan bo’lib, u erda avtomobillar turish hovlisi, yukchilar (gruzchik) xonasi, yo’l tarmoqlari va boshqalar, ayrim bekatlarda temir yo’l ichida joylashgan omborxonalar, neftebazalar ham quriladi.
Rasm 5.7. Oraliq bekatsida yuk hovlisining chizmasi
Yopiq (beton yoki g’ishtli omborxona) va ochiq omborxonalar namunaviy loyihalar asosida quriladi. Omborxona kengligi 12, 18 va 24 m, rampa kengligi esa temir yo’l tomondan kamida 3 m va avtomobillar kelish tomonidan esa kamida 1,5 m qilib quriladi. Omborxonalar va platformalar uzunligi sutka davomida tushiriladigan vagonlar soniga qarab hisoblanadi. Yuk ishlari katta bo’lmagan yangidan qurilgan oraliq bekatlarda odatda bitta yagona kombinirlashgan omborxona sektsiyasi qurilib u yopiq platformalar va to’kma yuklar maydonchalarini o’z tarkibiga oladi.
6 bob. Raz’ezdlar, quvib o’tish punktlari va oraliq bekatlarini qayta qurish
6.1. Raz’ezdlar, quvib o’tish punktlari va oraliq bekatlarini qayta qurish sabablari
Oraliq bekatlari, raz’ezdlar va quvib o’tish punktlari temir yo’llarda elektrli tortishga o’tganda, katta quvvatli lokomotivlarni qo’llashda, 2- bosh yo’l qurilishi, bir yo’llik uchastkalarda (liniyalarda) poezdlarning beto’xtov kesishuvlarini tashkil qilishda, qo’shma poezdlarni o’tkazish, yuk inshootlarini rivojlantirish, korxona tarmoq yo’llarining ulanishi natijasida qayta quriladi.
Rasm 6.1. Oraliq bekatsiga yangi liniya qo’shilishi
Boshlang’ich uch holat tadbirlari temir yo’llarni (liniyalarni) rekonstruktsiyalash yoki kuchaytirish loyihalarining asosiy qismi bo’lib, yo’llarning o’tkazish va tashish qobiliyatini oshirish maqsadlarida bajariladi. Boshqa holatlarda esa bekatlar uchun alohida loyihalar tuziladi. Loyihalash avvalo bekatlarning mavjud yo’l tarmoqlari va texnik jihozlanishining o’tkazish va qayta ishlash qobiliyatini tekshirishdan boshlanadi. Rekonstruktsiyalash faqat o’tkazish va qayta ishlash qobiliyati kamligidan bo’lib qolmay, balki bekat yo’l tarmoqlarining mukammal emasligi sababli ham bo’lishi mumkin.
Qayta qurish loyihasi mavjud bekatning plani (rejasi), bo’ylama va ko’ndalang kesimlari, muxandislik –geologik ma’lumotlar, hamda ajratish punktining kelajak taraqqiyoti va mahalliy sharoitlar asosida bajariladi. Ajratish punktlarini qayta qurishda mavjud inshoot va qurilmalarni maksimal saqlash va unumli ishlatish, yangi texnik yutuqlarni va ilg’or texnologiyalarni qo’llash, yo’lovchilarga va bekatga bog’langan korxonalarga xizmat qilishni yaxshilash maqsadlari hisobga olinishi kerak. Shu qatorda atrof-hududlarda sanoat korxonalari, shahar qurilishlarining rivojlanishi korxona tarmoq yo’llarining ulanishini ham hisobga olish kerak.
6.2. Raz’ezd va oraliq bekatlarini ikki yo’llik qo’ymalar uchun qayta qurish
Bir yo’llik uchastkalarda ikki yo’llik qo’ymalar qurilishi, bu amalda uzaytirilgan ajratish punkti bo’lib, qarama -qarshi yo’nalish poezdlarini yuqori tezlikda beto’xtov o’tkazish imkonini beradi. Shu bilan birga ikkinchi yo’l qo’ymasini temir yo’lni to’liq ikki yo’llik qilib qurishda boshlang’ich bosqich deb qarash mumkin.
Ikki yo’llik qo’yma chegarasida raz’ezd va oraliq bekatlarni qayta qurishni bosh yo’llarni ixtisoslashdan boshlash kerak. Bosh yo’llarni o’ng tomonlama harakat uchun ixtisoslash SMB bilan jihozlashni arzonlashtiradi.
Ayrim hollarda har bir bosh yo’lni ikki tomonlama harakat uchun SMB qurilmalari bilan jihozlash harajatlarni ko’paytirsa ham, harakat ko’p bo’lgan hollarda foydalanish samaradorligi hisobiga o’zini oqlashi mumkin. 6.2. rasmda bir yo’llik uchastkalarda poezdlarni beto’xtov o’tkazish va ikki yo’llik qo’ymalar qurish bilan bog’liq bo’lgan loyihalar chizmalari keltirilgan. Ikki yo’llik qo’ymalarga kirishda krestovina markasi 1G’18, 1G’22 bo’lgan strelkali o’tkazgichlar yotqizilishi kerak.
Ikki yo’lli qo’ymalarda ayrim poezdlar to’xtab o’tishi nazarda to’tilsa, yo’l oralig’i kamida 5,3 m bo’lishi kerak. Ikki yo’lli qo’ymaning qolgan qismida yo’l oralig’i peregondagi kabi 4,1 m bo’lishi mumkin.
Rasm 6.2. Oraliq bekatsining ikki yo’llik qilib qayta qurish
Ikki yo’lli qo’ymalarda har bir bosh yo’l ikki tomonlama harakat uchun mo’ljallangan bo’lsa, u holda chap tomonlama harakat holatlarida signallar qo’yish uchun yo’l oralig’i to’g’ri uchastkalarda kamida 5,2 –5,3 metr qo’yilishi kerak. Yo’l qurilish harajatlari va ish hajmini oshirmaslik maqsadida yo’l oralig’ini kengaytirmay, signallarni yo’l tepasida ko’priksimon qilib o’rnatish mumkin bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |