Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə20/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

Simmetrik o’tkazgich (rasm 2.25) oddiy o’tkazgich kabi asosisy qismlardan tashkil topadi. Ammo ayrilar, krestovina va o’tkazgich egriliklarining qisqaligi yo’llar ulanishini sezilarli qisqartirishga imkon beradi. Simmetrik o’tkazgichlar bekatlarda asosiy yo’lni ikki yo’lga bir xil G’2 burchak ostida tarmoqlantirish uchun qo’llanadi. Kam hollarda har tomonli nosimmetrik o’tkazgichlar qo’llanib, ular ikki yo’lni har xil burchak ostida ulaydi.

Rasm 2.25. Simmetrik strelkali o’tkazgich chizmasi: 1-to’g’ri yo’l o’qi; 2-yon o’qi.


Chorraxasimon o’tkazgichlar (rasm 2.26) harakat tarkibini bir yo’ldan ikkinchisiga ikkala yo’nalish bo’yicha o’tkazishga imkon beradi. Bunday o’tkazgich to’rt juft ayrilar va to’rt krestovinalarga (ikki o’tkir va ikki to’mtoq burchakli) ega bo’ladi.

Rasm 2.26. Chorraxasimon strelkali o’tkazgich chizmasi: 1-to’mtoq krestovina; 2-ayrilar; 3-o’tkir krestovina.

Strelkali o’tkazgichlar rels turlari bo’yicha, ayrilarining tuzilishi va krestovina burchagi qiymatiga qarab farqlanadi. Ayrilar to’g’ri va egri chiziqli bo’lishi mumkin. Egri chiziqli ayrilarning rama relsi oralig’idagi burchagi kichik bo’lib, harakat tarkibi g’ildiraklarining egrilik bo’ylab o’tishini engillashtiradi.


Krestovina o’zagi oxiridagi kengligining (K) o’zak uzunligiga (l) nisbati krestovina markasi deyiladi. Krestovina markasi quyidagicha topiladi:



bunda α - krestovina burchagi;


N – butun son.
Strelkali o’tkazgichlar krestovina markasi bo’yicha temir yo’llarda 2.3 jadval bo’yicha ko’yiladi.
Jadval 2.3
Strelkali o’tkazgichlarning ishlatilishi



Strelkali o’tkazgich joylashgan yo’l nomi

Strelkali o’tkazgichning krestovina markasi

oddiy

simmetrik

Bosh va qabul – jo’natish yo’llari

1G’11*

-

Yuk poezdlarining qabul-jo’natish yo’llari

1G’9



1G’6



Boshqa yo’llar

1G’8

1G’4,5



* Yo’lovchi poezdlari faqat to’g’ri yo’l bo’ylab o’tkazilsa, 1G’9 markali strelkali o’tkazgichlarni qo’llashga ruxsat etiladi.


Temir yo’llarda egiluvchan, ayrili va quyma konstruktsiyali, to’g’ri yo’l bo’ylab 160 kmG’soat gacha tezlikda harakatlanishga imkon beradigan 1G’11 markali strelkali o’tkazgichlarni qo’llash ko’payib bormoqda. Yotiq (pologiy) 1G’18 va 1G’22 markali zamonaviy strelkali o’tkazgichlar poezdlarning bosh yo’ldan yon yo’lga katta tezlikda o’tish yo’llariga qo’yiladi. Bunda yon yo’l bo’ylab yurish tezligi tegishlicha 80 va 120 kmG’soatni tashkil etadi.
Tezyurar Moskva–Peterburg liniyasida yo’lovchi poezdlarining to’g’ri yo’l bo’ylab 200 kmG’soat tezlikda yurishi uchun mo’ljallangan R65 1G’11 markali strelkali o’tkazgichlar qo’llangan. Ushbu o’tkazgichning konstruktiv tuzilishida egiluvchan (gibkiy) harakatlanuvchi o’zakli krestovina qo’llangan. Ish holatida o’zak (serdechnik) tegishli krestovina usovigining yon qirrasiga zich yopishib harakat tarkibi g’ildiraklari uchun relsli uzluksiz yuzani tashkil etadi (rasm 2.27).

Rasm 2.27. Harakatchan o’zakli krestovina

Yo’llarning ulanishini loyihalashda va qurishda strelkali o’tkazgichlarning hisoblar asosida topiladigan asosiy geometrik elementlarini bilish talab etiladi.


2.28,a rasmda bo’laklar bilan quyidagilar ko’rsatiladi:
AB- rama relslarining ayrilardan oldinga chiquvchi qismi (m);
BV- ayrilar uzunligi (la);
VG- o’tish egriligi uzunligi;
GD- krestovina oldingi qismining uzunligi (hрррр);
DE- krestovina o’zagi dum (xvostovaya) qismining uzunligi (q);
S - iz kengligi;
O- strelkali o’tkazgich markazi, ya’ni yo’l o’q chiziqlarining kesishgan nuqtasi;
BO- ayri boshlanishidan o’tkazgich markazigacha bo’lgan masofa (a0);
OD- o’tkazgich markazidan krestovinaning matematik markazigacha bo’lgan masofa (b0);
BD- o’tkazgichning nazariy uzunligi (Ln);
AE- o’tkazgichning to’liq uzunligi (Lo’).
Stelkali o’tkazgich asosiy elementlarining o’lchamlarini ayrim o’q chiziqlarini loyihalab va bunda hosil bo’lgan tenglamalarni echib topish mumkin.

Rasm 2.28. Strelkali o’tkazgichning geometrik elementlari (unsurlari)

BVGD konturining gorizontal o’qqa proektsiyasi o’tkazgichning nazariy uzunligiga teng





O’tkazgichning to’liq uzunligi . BVGD konturini vertikal o’qqa proektsiyalab iz kengligini topamiz.





Tenglamalarni echib strelkali o’tkazgichning istalgan geometrik elementining qiymatini aniqlash mumkin.


Avvallari strelkali o’tkazgichlar va temir yo’l ikki rels chiziqlari bilan ko’rsatilar edi. Ammo chizma qulayligi hamda chizma va temir yo’l rejasini o’qishni qulaylashtirish uchun chizmada faqat yo’l, s’ezdlar, to’mtoq (berk) kesishuvlar, strelkali ko’chalar va strelkali o’tkazgich markazlari o’qlari ko’rsatiladi. Qurish uchun yo’llarni va strelkali o’tkazgichlarni joyida belgilash o’q chiziqlari bo’yicha bajariladi va bunda o’tkazgichlarning geometrik element o’lchamlari natural (haqiqiy) uzunlikda qo’yiladi.
Shunday qilib, 2.28,b rasmda ko’rsatilganidek, oddiy strelkali o’tkazgich o’q chiziqlarda o’tkazgich markazidan α krestovina burchagi ostida tarqaladigan ikki chiziq ko’rinishida ifodalanadi. Strelkali o’tkazgichlarni yo’l o’qlari bilan chizish uchun α burchagi, AOqa bo’lgan rama relslari boshidan o’tkazgich markazigacha va OEqb bo’lgan strelkali o’tkazgich markazidan krestovina o’zagigacha masofalarni bilish kerak. Krestovina markasi va rels turiga qarab strelkali o’tkazgichlarning asosiy o’lchamlari 2.4 jadvalda keltirilgan.

Jadval 2.4



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin