Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə22/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

2.7. Temir yo’l izining tuzilishi

Relsli izlarning tuzilishi harakat tarkibi g’ildirak juftlarining tuzilishi bilan chambarchars bog’liq. G’ildirak juftligi izdan tushib ketmasligi uchun cheti bo’ylab yo’naltiruvchi bo’rtiq chambaragi bo’lgan g’ildiraklar zichlab mustahkamlangan po’lat o’qdan iborat. Harakat tarkibi g’ildiraklari yumalash yuzasining o’rta qismi 1G’20 nisbatida konussimon qilib ishlangan bo’lib, uning bunday tuzilishi gorizontal kuchlarga katta qarshilik ko’rsatadi, yo’lning nosozliklariga sezuvchanlikni kamaytiradi, g’ildirak juftlarining strelkali o’tkazgichlardan o’tishini qiyinlashtiradigan novsimon o’ymalar hosil bo’lishining oldini oladi va bir tekis siyqalanishini ta’minlaydi. G’ildiraklarga mos ravishda yo’l relslari ham 1G’20 nisbatda qiya o’rnatiladi. Buning uchun yog’och shpalalarda rels ostiga maxsus ponasimon taglik qo’yiladi. Temir-beton shpalalarning rels o’rnatiladigan ustki qismi esa shu qiyalikka moslab tayyorlanadi.


Rels kallagining ichki qirralari orasidagi masofa temir yo’llarda iz kengligi deyiladi. Ushbu kenglik g’ildiraklar orasidagi masofaga (1440±3 mm), ikki g’ildirak yo’naltiruvchi bo’rtiq chambaragining qalinligi (25-33mm) va g’ildiraklarning rels bo’ylab erkin harakatlanishi uchun g’ildirak va iz oraliq kengligini qo’shgan holda hisoblanadi. MDH davlatlarida, shu jumladan O’zbekistonda temir yo’l izlarining kengligi 1520 mm qabul qilingan bo’lib to’g’ri va radiusi 349m. dan ortiq bo’lgan burilishlarda iz kengligini kengayish tomoniga 6mm. va torayish tomoniga 4mm. gacha o’zgarishga ruxsat etiladi. Temir yo’llarda 1972 y.gacha amalda bo’lgan 1524 mm iz kengligidan o’zgartirmay foydalanishga ruxsat etilgan.



Rasm. 2.33. G’ildirak jufti ko’rinishi


G’ildirak juftlarining rama orqali qattiq birikishi ularning relslardagi holatini barqarorlashtiradi, ammo kichik radiusli burilishlardan o’tishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun zamonaviy harakat tarkibi kichik bazali aravachalar bilan jihozlanadi.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin