Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Rels biriktirgichlari. Siljishga qarshi moslamalar



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə17/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

Rels biriktirgichlari. Siljishga qarshi moslamalar. Relsli yo’l bir –biridan belgilangan oraliq masofada joylashgan ikki uzluksiz relslardan tashkil topgan. Bunday yo’l relslarni shpalalarga va alohida rels zvenolarini o’zaro biriktirish hisobiga ta’minlanadi. Relslar shpalalarga oraliq biriktirgichlar yordamida mahkamlanib, ular relslarning shpalalr bilan etarlicha mustahkam bog’lanishini, yo’l kengligining doimiyligini, relslarning etarlicha egiluvchanligini ta’minlashi, hamda relslarni bo’ylama siljish yoki ag’darilishdan saqlashi kerak. Temir – beton shpalalarda bulardan tashqari rels va shpalalarning elektr izolyatsiyasi ham ta’minlanishi kerak. Oraliq biriktirgichlar uch asosiy ko’rinishda bo’ladi: ajralmaydigan, aralash va ajraladigan. Ajralmaydigan biriktirishda (rasm 2.18, a) rels va u tayanadigan taglik shpalalrga qoziq mixlar yoki shuruplar bilan birgalikda qotiriladi. Aralash turda esa taglik bundan tashqarii shpalaga qo’shimcha qoziq mixlar (rasm 2.18, b.) bilan ham qotiriladi.

Rasm 2.18. Yog’och shpalalarda qoziq mixli oraliq biriktirgich: a – ajralmaydigan; b – aralash tur; 1 – rels; 2 – kostil; 3 – taglik; 4 – shpala.



Rasm 2.19. Temir – beton shpalalarga relsni ajraladigan KB turidagi biriktirgichlar bilan qotirish: 1-klemmpli bosib turuvchi bolt; 2-klemma; 3-izolyatsiyalovchi vtulka; 4-bostirma bolt; 5-anker shayba; 6-qistirma; 7-rezina taglik; 8-metall taglik; 9-yassi shayba; 10-ikki o’ramli prujinali shayba.

Rels zvenolarining o’zaro bog’lanishi asosiy elementlari nakladka, gaykali boltlar va prujinali shaybalar bo’lgan tutashma biriktirgichlari yordamida amalga oshiriladi. Rels ulagich nakladkalar relslarni o’zaro bog’lash, tutashmada eguvchi va ko’ndalang kuchlarni qabul qilish uchun mo’ljallangan (rasm 2.20).



Rasm 2.20. Relslarning osma tutashuvida ikki boshli ustqo’yma (nakladka)

Poezdlar harakatlanganida va asosan surunkali qiyalik bo’ylab og’ir harakatlanishlarda tormozlash natijasida hosil bo’ladigan kuchlarning ta’sirida relslarning shpalalarda yoki shag’al bo’ylab shpalalar bilan birga bo’ylama siljishi sodir bo’ladi. Bu jarayonga yo’l siljishi deyiladi. Ikki yo’lli uchastkalarda siljish harakat yo’nalishi bo’yicha, bir yo’lli liniyalarda esa ikki tomonli bo’ladi.


Yo’l siljishini bartaraf qilishning eng yaxshi usuli shcheben ballastidan va ajraladigan qotirish vositalaridan foydalanish bo’lib, ular relslarning bo’ylama siljishiga etarli qarshilikka ega va qo’shimcha qotirgichlar talab etmaydi. Ajralmaydigan va aralash qotirishlarada yo’l siljishini bartaraf qilish uchun siljishga qarshi moslamalar- rels tutqichlar (protivougonlar) ishlatiladi. Standart moslamalar prujinali (rasm 2.21) skoba bo’lib, rels tagligiga qisib kiygiziladi va shpalaga yopishtiriladi. O’zi ponalanadigan tutqichlar (rasm 2.22) pona va skobadan iborat bo’lib, kuch ta’sirida rels siljigan sari ponalanib boradi.

Rasm 2.21. Prujinali rels tutqich

Prujinali rels tutqichlar ponalilarga qarganda engil va yagona detaldan iborat bo’lib bir yo’lli va ikki yo’lli liniyalarda yaxshi ishlaydi, ishchi kuchini kam talab qiladi. Ular 25 m li relsga 18 dan 44 juftlikkacha o’rnatiladi.





Rasm 2.22. Ponalanadigan rels tutqich



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin