Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish


DEXKONChILIK TАRMOKLАRINING TАSNIFI, XISOBINING USLUBIY АSOSLАRI VА VАZIFАLАRI



Yüklə 70,76 Kb.
səhifə3/8
tarix26.11.2023
ölçüsü70,76 Kb.
#136507
1   2   3   4   5   6   7   8
Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tan-fayllar.org

2. DEXKONChILIK TАRMOKLАRINING TАSNIFI, XISOBINING USLUBIY АSOSLАRI VА VАZIFАLАRI.
2.1. Dehqonchilik tarmoqlarining tasnifi, hisobining uslubiy asoslari va vazifalari.
Dehqonchilik qishloq xoʼjalik ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlaridan biri boʼlib, aholining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom ashyoga boʼlgan ehtiyojini taʼminlaydi, chorvachilikni yem-xashak bilan taʼminlaydi va bu tarmoqning rivojlanishida zamin hisoblanadi.

Qishloq xoʼjaligidagi islohotlarga doir hukumat qarorlariga koʼra dehqonchilikda yaqin kelajakda don ekinlarining hosildorligini oshirish hisobiga olinadigan donning yillik oʼrtacha yalpi miqdorini jiddiy oʼstirishni, qishloq xoʼjalik mahsulotlari (paxta, kartoshka va sabzavot, shuningdek, meva, rezavor, uzum) ishlab chiqarishni oshirishni taʼminlash nazarda tutiladi.


Dehqonchilik tarmogʼining muhim vazifalaridan biri chorvachilik uchun mustahkam ozuqa bazasini yaratish va ozuqa ishlab chiqarishni koʼpaytirishdir. Bu vazifalarni bajarish qishloq xoʼjaligining moddiy-texnika taʼminotini har tomonlama mustahkamlash, dehkonchilikni ximiyalashtirish, kompleks mexanizatsiyalashtirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yoʼli bilan intensifikatsiyalash tadbirlarini amalga oshirish orqali taʼminlanadi.
Bu vazifalarning hal etilishida dehqonchilik tarmoqlariga qilinadigan xarajatlar va undan olinadigan mahsulotlarni aniq hamda oʼz vaqtida hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dehqonchilik qishloq xoʼjalik ishlab chiqarishining oʼta oʼziga xos xususiyatlarga ega tarmogʼidir. Dehqonchilik tarmogʼida mablagʼlarning aylanishiga ishlab chiqarishning mavsumiylik xususiyati, jumladan ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar olinishi oʼrtasidagi uzilish jiddiy taʼsir koʼrsatadi. Dehqonchilik sohasiga ishlab chiqarish xarajatlari uzoq vaqt davomida qilinadi va oʼta notekis tusda boʼladi. Sarflangan mablagʼlarning qoplanishi mahsulotlarning chiqishi, pishib yetilishining tabiiy sharoitlari bilan belgilanadi. Bu xususiyatlarning barchasi, tabiiyki, ushbu sohada xarajatlarni hisobga olishni tashkil qilishda nazarda tutilishi lozim.
Dehqonchilikda ishlab chiqarish jarayoni uzoq davom etishi hamda xarajatlar bir-biri bilan bogʼlangan ikki yil hosili uchun parallel qilinishi tufayli, buxgalteriya hisobida ular yillar boʼyicha aniq chegaralanishi lozim. Shuning uchun qishloq xoʼjalik korxonalarining dehqonchilik xarajatlari buxgalteriya hisobida ikki qismga: joriy yildagi hamda kelgusi yil hosili uchun qilingan xarajatlarga boʼlinadi.
Bundan tashqari, dehqonchilikda xarajatlar ayrim ishlab chiqarishlarda koʼpincha konkret ekinlarni oʼstirish uchun ham amalga oshiriladi. Bu ham buxgalteriya hisobida aniq aks ettirilishi lozim. Shuning uchun boshqaruv hisobida ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi ishlab chiqarish turlari va tegishli ekinlarni parvarish qilish boʼyicha tashkil etiladi.
Dehqonchilikdagi ishlab chiqarish – bir vaqtda amalga oshiriladigan jarayon emas. Ishlab chiqarish jarayoni yilning turli fasllarida (kuz, qish, bahor va yozda) bajariladigan har xil turdagi ishlardan tarkib topadi. Dehqonchilikdagi ishlab chiqarishning texnologik jarayoni quyidagi asosiy ishlar majmuidan iborat: tuproqni ekishga tayyorlash, ekish, ekinlarni parvarish qilish, hosilni yigʼishtirish. Bu majmuylarning har biri koʼp sonli aniq ishlardan, masalan, tuproqni ekishga tayyorlash, haydash, boronalash, mola bostirish, gʼaltaklash, kulьtivatsiyalash va shunga oʼxshashlardan iborat. Demak, qilinadigan xarajatlar buxgalteriya hisobida bajarilgan ish turlari boʼyicha chegaralanishi lozim.
Dehqonchilik ishlab chiqarishi jarayonida muayyan ishlarni bajarishda turli xarajatlar qilinadi: neftь mahsulotlari, urugʼlik, oʼgʼit sarflanadi, mashinalar va boshqa asosiy ishlab chiqarish vositalari qisman eskiradi, xodimlarga mehnat haqi hisoblanadi va toʼlanadi va hokazolar.
Bunday xarajatlarning barchasi hisobda alohida-alohida toʼplanishi lozim. Demak, boshqaruv hisobida dehqonchilik xarajatlarining hisobi umumiy summa bilan emas, balki xarajat moddalari boʼyicha yuritilishi kerak.
Qishloq xoʼjalik ishlab chiqarishining tarqoqligi tufayli bir turdagi ishlar va xarajatlar xoʼjalikning turli boʼlinmalarida bir vaqtda qilinishi mumkin. Boshqaruv buxgalteriya hisobi dehqonchilikdagi xarajatlarning masʼuliyat markazlari boʼyicha chegaralanishini taʼminlashi lozim.
Shunday qilib, dehqonchilik tarmogʼidagi ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlariga koʼra hisobda xarajatlar va tegishli yakuniy maʼlumotlarning olinishi quyidagilar boʼyicha chegaralanishi lozim;
ishlab chiqarishning yondosh yillar boʼyicha;
ishlab chiqarish va ekinlarning asosiy turlari boʼyicha;
bajariladigan ishlarning asosiy turlari boʼyicha;
xarajatlarning asosiy moddalari (turlari) boʼyicha;
masʼuliyat markazlari boʼyicha.
Birinchi belgiga koʼra, xarajatlar haqida ishlab chiqarish yillari boʼyicha maʼlumotlarni alohida-alohida olinishi joriy yil va kelgusi yil mahsulotlari uchun xarajatlarning alohida analitik schyotlarini ochish hisobiga taʼminlanadi. Odatda, har bir yil boshida oldingi yildan oʼtgan xarajatlar joriy yildagi mahsulot xarajatlariga qoʼshiladi (nomenklatura hisobi muvofiq kelmagan hollarda ular alohida moddalar boʼyicha taqsimlanadi); kelgusi yil hosiliga qilingan xarajatlar alohida ajratiladi.
Xarajatlarni turlari boʼyicha chegaralash, yaʼni ularni moddalar boʼyicha hisobga olish schyotlarning shakllarini tegishli tarzda tuzish
hisobiga taʼminlanadi. Ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar hisobi koʼpgrafali registrlarda olib borilib, unda ochilayotgan schyot boʼyicha xarajatlarning har bir turini hisobga olish uchun alohida grafalar ajratiladi.
Xarajatlarni xoʼjalik boʼlinmalari boʼyicha chegaralash, odatda, analitik hisobni tegishli tarzda tashkil etish hisobiga hisobiga taʼminlanadi. Odatda, bu maqsadlarda ishlab chiqarish hisobotlari yoki ularning oʼrnini bosuvchi registrlardan foydalaniladi.
Xarajatlarning ishlab chiqarish, ekin va bajariladigan ishlar turlari boʼyicha chegaralanishi, ularni hisobga olishning turli uslublarini qoʼllash orqali taʼminlanishi mumkin. Dehqonchilikda xarajatlarni hisobga olish va tashkil qilishning bir necha uslublari mavjud.
Bajarilgan ishlarni hisobga olish uslublaridagi farqlarga qaramay dehqonchilikda xarajatlarni hisobga olishning yagona tamoyili parvarishlanayotgan ekin turlari yoki ekinlar guruhi boʼyicha analitik schyotlar ochishdir.
Dehqonchilik tarmogʼi boʼyicha boshqaruv hisobida quyidagi vazifalar hal etilishi lozim:
xarajatlarning asosiy ishlab chiqarish, ekinlar va ekin guruhlari boʼyicha toʼgʼri hamda iqtisodiy asoslangan holda chegaralanishi;
xarajatlarning asosiy moddalari: mehnat, urugʼlik, oʼgʼit, yonilgʼi, yordamchi ishlab chiqarishlar xarajatlari va tarmoqqa taalluqli boshqa xarajatlar boʼyicha kerakli maʼlumotlar olinishini taʼminlash;
olinayotgan qishloq xoʼjalik mahsulotlarini oʼz vaqtida hamda toʼliq hisobga olish;
mahsulot tannarxini hisoblash uchun zarur boʼlgan axborotlarni iqtisodiy asoslangan holda bir tizimga keltirish va umumlashtirish;
xarajatlarni yondosh yillar ishlab chiqarishi bilan mahsulot olinadigan kelgusi qishloq xoʼjalik davrlariga taalluqli xarajatlarni doimo ajratib (kuzgi ekinlar, koʼp yillik oʼtlar, shudgorlash va shu kabilarning xarajatlari) aniq hamda iqtisodiy asoslangan holda chegaralash;
tezkor nazorat va rahbarlikni amalga oshirish uchun xarajatlar haqida zarur axborot berishni taʼminlash.



Yüklə 70,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin