Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish


Dehqonchilik xarajatlarining hisob obyektlari va moddalari



Yüklə 70,76 Kb.
səhifə4/8
tarix26.11.2023
ölçüsü70,76 Kb.
#136507
1   2   3   4   5   6   7   8
Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tan-fayllar.org

2.2. Dehqonchilik xarajatlarining hisob obyektlari va moddalari.
Dehqonchilik tarmogʼi xarajatlari va mahsulotlarining chiqishini hisobga olish 2010-«Dehqonchilik» schyotida amalga oshiriladi. Bu schyotning debetida ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, kreditida – mahsulotning chiqishi hisobga olinadi. Debet va kredit boʼyicha yozuvlar yil davomida oʼsib boruvchi summalarda tashkil qilinadi; shunga koʼra joriy balansda schyotning maʼlumotlari yoyilgan holda koʼrsatiladi. Faqat yil oxiriga kelib schyot boʼyicha qoldiq aniqlanib, uni yakuniy balansda dehqonchilik tarmogʼining tugallanmagan ishlab chiqarish summasi sifatida aks ettiriladi.
Dehqonchilik tarmogʼida xarajatlar quyidagi obʼektlar boʼyicha hisobga olinadi:
1. Ekinlar yoki ekin guruhlari
2. Qishloq xoʼjalik ishlari
3. Taqsimlanadigan xarajatlar
4. Boshqa obʼektlar
Xarajatlarni u yoki bu ekin turining joriy yildagi hosiliga bevosita oʼtkazish mumkin boʼlgan barcha hollarda ular birinchi guruh boʼyicha xarajatlar obʼektlariga taalluqli schyotlarda hisobga olinadi. Ikkinchi guruhda xarajatlarni hisobga olish obʼektlari tarkibida kelgusi yil hosili uchun qilingan qishloq xoʼjalik ishlarini bajarish xarajatlari aks ettiriladi, bularni tabiiyki, hosili joriy yilda olinadigan ekinlar xarajatlarini hisobga olish obʼektlariga oʼtkazib boʼlmaydi. Ularni hisobga oluvchi uchinchi guruh obʼektlari tarkibida hisobning bir necha yoki koʼpgina obʼektlariga oʼtkaziladigan, demak ularga taqsimlanadigan (joriy taʼmirlash, sugʼorish va shoʼr yuvish xarajatlari va boshqalar) xarajatlar hisobga olinadi. Toʼrtinchi guruh obʼektlari tarkibida ozuqa ishlab chiqarish va ayrim boshqa xarajatlar hisobga olinadi.
Yuqorida aytilgan toʼrtala guruh boʼyicha konkret tarzda hozirgi kunda xarajatlar hisob obʼektlarining quyidagi nomenklaturasi qabul qilingan.
Birinchi guruh. Don va dukkakli don ekinlari. Kuzgi don ekinlari. Kuzgi don ekinlari (kuzgi bugʼdoy, kuzgi javdar, kuzgi arpa). Bahorgi bugʼdoy. Bahorgi boshqa boshoqli don ekinlar (bahorgi javdar, bahorgi arpa, suli). Yem-xashak ekinlar: tariq, qora bugʼdoy, sholi.
Joʼxori. Dukkakli don ekinlar – noʼxat, loviya, dukkakli xashaki ekinlar – xashaki noʼxat va xashaki noʼxat aralashmasi, lyupin (shirin, achchiq), seradella (doni uchun) boshqa dukkakli ekinlar.
Texnik ekinlar. Paxta, zigʼir (uzun tolali), zigʼir (kalta tolali), qandlavlagi, kungaboqar, soya, tamaki. Turlar boʼyicha texnik ekinlar - kanop, jut. Efir-moy va boshqa texnik ekinlar.
Texnik ekinlar urugʼliklari (har bir ekin boʼyicha alohida).
Kartoshka, ochiq yerga ekiladigan sabzavotlar va poliz ekinlari. Kartoshka, karam, bodring, pomidor, osh lavlagi, piyoz, sarimsoq. Ochiq yerga ekiladigan boshqa sabzavot ekinlari (petrushka, sholgʼom, turp, salat, shpinat, ukrop va boshqalar). Xoʼraki poliz ekinlari. Sabzavot ekinlari
urugʼliklari (har bir ekin boʼyicha). Poliz ekinlari urugʼliklari. Sabzavotchilik yordamchi tarmoq boʼlgan ixtisoslashmagan xoʼjaliklarda xarajatlar ochiq yerda ekiladigan barcha sabzavotlar boʼyicha yalpisiga yuritiladi.
Yopiq yerga ekiladigan sabzavotchilik. Qishki issiqxonalar (koʼkpiyoz, bodring, pomidor, salat, rediska va boshqalar). Bahorgi issiqxonalar (koʼkpiyoz, bodring, pomidor, salat, selьderey, karam, pomidor koʼchatlari va boshqalar). Himoyalangan boshqa yerlar (koʼkpiyoz, bodring, pomidor, salat, selьderey, karam, pomidor koʼchatlari va boshqalar). Shampinʼon xonalar (qoʼziqorinlar, shampinʼon mitseliylari).
Yem-xashak ekinlar, pichanzor va yaylovlar. Xashaki ildizmevalar (xashaki lavlagi, xashaki sholgʼom, sabzi va boshqalar). Molga oziq uchun qand lavlagi. Xashaki ildizmevalilar urugʼliklari. Xashaki poliz ekinlari. Silos uchun joʼxori. Silos ekinlari (joʼxoridan tashqari). Ekilgan bir yillik oʼtlar. Koʼk oziq sifatida kuzgi don ekinlari. Koʼk oʼgʼit ekinzorlari (lyupin va boshqalar). Ekin oʼrib olingan yerga ozuqabop ekilgan ekinlar (xashaki lavlagi, xashaki sholgʼom va boshqalar). Madaniy pichanzorlar. Tabiiy pichanzor va yaylovlar.
Meva, rezavor meva va boshqa koʼp yillik daraxtlar. Urugʼli ekinlar: olma, nok, behi, doʼlana, naʼmatak va boshqa urugʼli, danakli ekinlar. Danakli ekinlar: olxoʼri, olcha, gilos, oʼrik, shaftoli va boshqalar. Rezavor mevali ekinlar: qulupnay, malina, smorodina, maymunjon va boshqalar. Yongʼoq mevali ekinlar. Subtropik koʼchatlar. Sitrus ekinlari. Tokzorlar. Gulchilik. Mevazor ekinlar pitomniklari. Daraxt va buta navlari pitomnigi. Manzarali ekinlar pitomnigi.
Sabzavotchilik tarmogʼi yordamchi xarakterda boʼlgan ixtisoslashmagan xoʼjaliklarda xarajatlar hisobi ekinlar guruhi (poʼchoq urugʼli, danakli urugʼlar, rezavorlar) boʼyicha yoki yalpi tarmoq - bogʼdorchilik boʼyicha yuritiladi.
Keyingi yillarda qishloq xoʼjalik korxonalarida melioratsiya borasida katta ishlar qilinmoqda. Buxgalteriya hisobida lalmi va sugʼoriladigan yerlardagi dehqonchilik boʼyicha xarajatlar qatʼiy chegaralanadi. Shuning uchun yuqorida keltirilgan tasnif boʼyicha birinchi guruh hisob obʼektlarining barchasi toʼrt guruh: muntazam sugʼoriladigan yerlar, shartli sugʼoriladigan yerlar, quritilgan yerlar, lalmi yerlar boʼyicha chegaralanadi. Demak, xoʼjaliklarda ayni bir ekinning oʼzi sugʼoriladigan va lalmi yerlarga ekilgan boʼlsa, ular boʼyicha xarajatlar hisobi turli obʼektlar boʼyicha chegaralanadi. Lalmi yerlardagi xarajatlar tarkibida sugʼorilgan yerlarda mahsulot yetishtirish xarajatlari alohida ajratiladi.
Ikkinchi guruh. Bajarilgan qishloq xoʼjalik ishlari boʼyicha xarajatlar hisobining obʼektlari, yuqorida qayd qilib oʼtilganidek, agarda qishloq xoʼjalik ishlari boʼyicha xarajatlar darhol ekinlar (ekinlar guruhi) boʼyicha joriy yildagi hosil hisobi obʼektlariga oʼtkazish mumkin boʼlmagan hollarda ajratiladi. Bu kelgusi yil hosillariga, yaʼni dehqonchilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarishga qilingan xarajatlardir. Bu guruhga xarajatlar hisobining obʼektlari sifatida quyidagi ish turlari: kuzgi don ekinlari uchun har bir ekin boʼyicha yerga ishlov berish, koʼkat oziq va silos uchun kuzgi don ekinlari (agarda ular ajratilsa), sabzavot ekinlarini kuzda ekish (ekinlar boʼyicha), kuzgi shudgor, yumshatish (kuzgi shudgorsiz) organik oʼgʼitlarni chiqarish, mineral oʼgʼitlarni chiqarish. Oldingi yillar koʼp yillik oʼtlar ekinlari (ekilgan yillar boʼyicha alohida) hisobot yili bahorgi va kuzgi sof koʼp yillik oʼtlar, koʼp yillik aralash oʼtlar, hisobot yili kuzgi shudgor, kelgusi yil bahorgi ekinlar hosili uchun shudgor, yangi yerlarni oʼzlashtirish, yaxshilangan (tubdan yaxshilash) pichanzorlar va yaylovlarni yuzaki yaxshilash, tuproqni ohak, gips bilan oʼgʼitlash xarajatlari (oʼz mablagʼlari hisobiga), melioratsiya qilinayotgan yerlarni dastlabki madaniylashtirish xarajatlari, parnik, issiqxona, shampinьon xonalar, bogʼlar (hosil terib olingach), pitomniklardagi ishlar, boshqalar ajratiladi.
Bu guruh analitik schyotlarida yil oxiriga hisobga olingan xarajatlar tugallanmagan ishlab chiqarishda qoladi va keyingi yilga oʼtadi. Keyingi yilda ular birinchi guruhda xarajatlarni hisobga olish obʼektlariga taqsimlanadi. Bunda taqsimlashning turli usullaridan foydalaniladi. Xarajatlarning ayrim turlari yerni ohaklash, melioratsiya qilinayotgan yerlarni dastlabki madaniylashtirish va boshqa xarajatlarni hisobga olish obʼektlariga 5-7 yil davomida turishi mumkin.
Uchinchi guruh. Xarajatlarning ayrim turlarini xarajatlar hisobi obʼektlarining xoh birinchi, xoh ikkinchi guruhiga darhol oʼtkazish mumkin emas, chunki ular xarajatlarni hisobga olish obʼektlarining bir necha guruhlariga taalluqlidir. Ular yil davomida alohida analitik schyotlarda olinib, yil oxirida taqsimlanadi. bu ular tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida kelgusi yilga oʼtmaydi demakdir.
Bu guruh xarajatlarni hisobga olish obʼektlariga quyidagi taqsimlanadigan xarajatlar: dehqonchilikda ishlatiladigan asosiy vositalarning taqsimlanishi lozim boʼlgan amortizatsiya ajratmalari; dehqonchilikda ishlatiladigan asosiy vositalarning taqsimlanishi lozim boʼlgan joriy taʼmirlash xarajatlari; taqsimlanishi lozim boʼlgan sugʼorish xarajatlari; taqsimlanishi lozim boʼlgan yerlarni quritish xarajatlari; ihota oʼrmonlarini saqlash xarajatlari taalluqlidir.
Yuqorida keltirilgan dehqonchilik xarajatlarining har bir hisob obʼektlariga alohida analitik schyot ochilib, unda tegishli xarajatlar moddalarining belgilangan nomenklaturasiga koʼra hisobga olinadi. Bu analitik schyotlar yil oxirida xarajatlarni birinchi va ikkinchi guruh xarajatlarini hisobga olish obʼektlariga taqsimlab yopiladi. Bu hol xarajatlarning har bir turi oʼz xususiyatlaridan kelib chiqib, taqsimlashning turli uslublaridan foydalaniladi.
Toʼrtinchi guruh. Dehqonchilik tarmogʼidagi xarajatlarning ayrim turlari oziq yetishtirish, mahsulotga oʼrim-yigʼimdan keyin qayta ishlov berish, poholni yigʼishtirish va gʼaramlash kabilar bilan bogʼliqdir. Bu xarajatlar alohida analitik schyotlarda: silos tayyorlash, senaj tayyorlash, oʼt uni, granula va briketlar ishlab chiqarish, mahsulotga oʼrim-yigʼimdan soʼng qayta ishlov berish va shu kabilar hisobga olinadi. Bu xarajatlarni alohida hisob obʼektlari sifatida ajratish yo ayrim qoʼshimcha va yondosh mahsulot turlarining tannarxi aniqroq hisoblanadi, yo oziq ishlab chiqarish xarajatlarini alohida guruhga ajratish zaruriyatidan kelib chiqadi. Xarajatlar har bir analitik schyotda belgilangan moddalar boʼyicha hisobga olinadi. Yil oxirida yo tegishli mahsulot turlarining tannarxi hisoblanadi, yo xarajatlar birinchi guruh obʼektlari schyotlariga taqsimlanadi.
Dehqonchilik xarajatlarining analitik hisobi quyidagi moddalar boʼyicha yuritiladi:
1. Mehnat haqi ijtimoiy sugʼurta ajratmalari bilan birga
2. Urugʼlik va koʼchat materiallari
3. Oʼgʼitlar
4. Oʼsimliklarni himoya qilish vositalari
5. Ishlar va xizmatlar
6. Аsosiy vositalarni saqlash xarajatlari
7. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari
8. Sugʼurta toʼlovlari
9. Boshqa xarajatlar
1. «Mehnat haqi ijtimoiy sugʼurta xarajatlari bilan birga» moddasida muayyan ekin turlari yoki guruhlarining bevosita texnologiya jarayonida ishlagan turli toifadagi xodimlarga hisoblangan mehnat haqi tavsifiga ega boʼlgan pul va natura toʼlovlari hisobga olinadi.
Xodimlarning asosiy va qoʼshimcha mehnat haqlari, ijtimoiy sugʼurta va taʼminot fondiga oʼtkazilgan ajratmalar hamda taʼtil haqi ajratmalari ham shu moddada hisobga olinadi.
Аniq bir ekin va ish turiga oʼtkazish mumkin boʼlmagan mehnat haqlari hisob obʼektlari oʼrtasida mehnat haqiga mutanosib taqsimlanadi.
2. «Urugʼlik va koʼchat xarajatlar» moddasida xoʼjalikning oʼzida yetishtirilgan va sotib olingan urugʼlik va koʼchatlar hamda ularning tegishli ekinlarni ekish uchun sarflanishi aks ettiriladi. Bunda oldingi yillarda yetishtirilgan hamda sotib olingan urugʼlik va koʼchatlar haqiqiy tannarxida aks ettirilsa, joriy yilda yetishtirilgan urugʼ va koʼchatlar yil davomida reja tannarxda hisobga olinib, yil oxirida haqiqiy tannarx darajasiga yetkazib qoʼyiladi.
Urugʼlarni ekishga tayyorlash (quritish, saralash va boshqa ishlov berish) xarajatlari ularning tannarxiga oʼtkaziladi. Lekin bevosita ekish oldidan qilinadigan xarajatlar (urugʼni ekish joyiga tashib keltirish, ortish, tushirish, dorilash, ivitish va shu kabilar) urugʼning tannarxiga oʼtkazilmay, bevosita oʼsimlikchilikning tegishli xarajat moddalari (mehnat haqi, ishlar va xizmatlar, asosiy vositalarni saqlash xarajatlari)ga yoziladi.
3. «Oʼgʼitlar» moddasida muayyan bir ekin (ekin guruhi) sarflagan maʼdanli oʼgʼitlar, mikro oʼgʼitlar va boshqa oʼgʼitlar, shuningdek mahalliy oʼgʼitlar miqdor va summa koʼrsatkichida aks ettiriladi. Bu moddada xarajatlar maʼdanli va organik oʼgʼitlar boʼyicha alohida hisobga olinadi. Oʼgʼitlarni tayyorlash, yuklash, dalaga tashish va yerga solish bilan bogʼliq boʼlgan xarajatlar bu xarajat moddasida emas, balki bevosita oʼsimlikchilikning tegishli xarajat moddalarida aks ettiriladi.
4. «Oʼsimliklarni himoya qilish vositalari» moddasida begona oʼtlarga, ekinlarning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashishda foydalaniladigan pestitsidlar, urugʼlik dorilari, defoliant va boshqa kimyoviy va biologik materiallar sarfi hisobga olinadi.
5. «Ishlar va xizmatlar» moddasida xoʼjalikning oʼzidagi avtomobil transporti va ot-ulov transporti, traktorlar bajargan transport ishlari hisobga olinadi.
Yerlarni oʼgʼitlash boʼyicha «Аgrokimyotaʼminot» birlashmalari va aviyaotryadlar bajargan ishlar ham «Ishlar va xizmatlar» moddasida aks ettiriladi.
Yil oxirida bajarilgan ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxi aniqlangandan soʼng reja tannarx haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi. Oʼsimlikchilik tarmogʼi uchun koʼrsatilgan elektr taʼminoti, suv taʼminoti, issiqlik taʼminoti, gaz taʼminoti xizmatlari ham shu moddada hisobga olinadi.
Chet tashkilotlarining transport va boshqa xil xizmatlari shartnoma qiymati boʼyicha baholanadi.
6. «Аsosiy vositalarni saqlash xarajatlari» moddasida bevosita oʼsimlikchilikda foydalanilayotgan asosiy vositalarni saqlash bilan bogʼliq boʼlgan xarajatlar hisobga olinadi. Bularga asosiy vositalarni saqlash, ulardan foydalanish xarajatlari, ularning amortizatsiya ajratmalari kiradi.Turli moslamalarning eskirishi, ularni tiklash uchun ketgan xarajatlar ham shu modda boʼyicha hisobga olinadi.
Oʼsimlikchilikda bunday asosiy vositalarga mahsulot yetishtirishda foydalaniladigan traktorlar, qishloq xoʼjalik mashinalari, asbob-uskunalar, issiqxonalar, parniklar, omborxona binolari, xoʼjalik ichidagi sugʼorish shahobchalari, koʼp yillik daraxtlar, yerlarning holatini yaxshilash boʼyicha qilinadigan noinventar kapital sarflar kiradi.
Mevaga kirgan daraxtlarni parvarishlash xarajatlari (amortizatsiya ajratmalardan tashqari) bu xarajatlar moddasiga kirmaydi.
Oʼsimlikchilikda foydalanilgan asosiy vositalarni saqlash xarajatlari ayrim ekin va tugallanmagan ishlab chiqarishlarga quyidagi tartibda oʼtkaziladi:
- maxsus asosiy vositalar (paxta terish mashinalari, kartoshka yigʼib-terib oladigan kombaynlar va shu kabilar)ni saqlash xarajatlari tegishli ekinlardan olinadigan mahsulotlar tannarxiga oʼtkaziladi;
- traktorlarni saqlash xarajatlari – ekin va ishlar uchun bajarilgan ish hajmi (shartli etalon gektar)ga mutanosib taqsimlanadi;
- qishloq xoʼjalik mashinalarini saqlash xarajatlari – ishlov berilgan ekinlar maydoniga mutanosib ravishda taqsimlab oʼtkaziladi;
- hosilni yigʼib-terib olishda foydalaniladigan asosiy vositalarni saqlash xarajatlari yigʼib-terib olingan ekinlar maydoniga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
- oʼgʼitlash mashinalarini saqlash xarajatlari – ekin maydonlariga solingan oʼgʼitlarning miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
- gʼalla va sabzavot mahsulotlari saqlanadigan binolarning xarajatlari tegishli ekinlarga, gʼalla va sabzavot mahsulotlari band qilgan maydonga mutanosib ravishda taqsimlanadi va hokazo.
7. «Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari» moddasida oʼsimlikchilik tarmogʼining brigadalarida va boshqa ishlab chiqarish boʼlishmalarida ishlab chiqarishni tashkil etish xarajatlari va xoʼjalikni boshqarish xarajatlarining tegishli qismi hisobga olinadi.
8. «Sugʼurta toʼlovlari» moddasida qishloq xoʼjalik ekinlari va meva beradigan yoshdagi koʼp yillik daraxtlar hosilining davlat majburiy sugʼurtasiga oid toʼlovlar hisobga olinadi.
Oʼsimlikchilik mahsulotlari yetishtirish bilan bogʼliq boʼlgan binolar, inshootlar, qishloq xoʼjalik mashinalari, qurilmalar, inventarlar va boshqa asosiy vositalarning sugʼurtasi boʼyicha toʼlovlar ham shu moddada hisobga olinadi. Bunday asosiy vositalar boʼyicha sugʼurta toʼlovlari oʼsimlikchilik turiga (oʼsimlikchilik guruhlariga) asosiy vositalarni saqlash xarajatlariga mutanosib ravishda taqsimlash yoʼli bilan olib boriladi.
9. «Boshqa xarajatlar» moddasida yuqoridagi moddalarda hisobga olinmagan, oʼsimlikchilikning barcha bevosita xarajatlari aks ettiriladi. Bu xarajatlarga tegishli ishlab chiqarish obʼektlarini ishga tushirish bilan bogʼliq boʼlgan sarflar, idish va qadoqlash xarajatlari (agar idish qiymati mahsulotning realizatsiya narxiga kiritilmasdan alohida toʼlansa) texnika tashviqoti va standartlashtirishga oid xarajatlar kiradi.



Yüklə 70,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin