Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tan-fayllar.org
2.5. Dehqonchilikning ayrim tarmoqlarida xarajatlarni hisobga olishning xususiyatlari Dehqonchilik tarmogʼi don, texnik ekinlar, ozuqa yetishtirish, meva, sabzavot va kartoshka yetishtirishlarni qamrab oladi. Bu sohalarning har birida sugʼoriladigan yoki lalmi yerlar, himoyalangan yer boʼlishidan qatʼi nazar, unda urugʼchilik ishlab chiqarishi tashkil etilishi mumkin. Bularning barchasi buxgalteriya hisobini tashkil etishda albatta oʼz aksini topadi.
Don ekinlari urugʼchiligida xarajatlar va mahsulotlarning chiqishi urugʼchilik, ekinlar va reproduktsiyalar boʼgʼinlari boʼyicha mufassalashtirib tuziladi. Bunda xarajatlar belgilangan moddalar boʼyicha hisobga olinadi.
Urugʼchilikdagi urugʼlik don yetishtirish bilan bevosita bogʼliq qoʼshimcha xarajatlar alohida hisoblanadi va toʼgʼridan-toʼgʼri tegishli oliy reproduktsiyalar: super-elita, elita, birinchi va boshqa reproduktsiyalarga oʼtkaziladi. Bunday xarajatlarga nav va turlarni begona oʼtlardan tozalash hamda yagonalash, sinovdan oʼtkazish, yigʼishtirish uchun qoʼshimcha xarajatlar – boshqa navlar yigʼishtirilgandan soʼng kombaynlarni tozalash, urugʼlarni tozalash va saralash, saqlash xarajatlari va xoʼjalik ishlab chiqarish ekinzorlarida tovar don yetishtirishda sarflashiga toʼgʼri kelmaydigan xarajatlar kiradi.
Mevachilikda xarajatlarni hisobga olish xususiyatlari. Ixtisoslashgan mevachilik xoʼjaliklari, shuningdek tegishli tarmoqlararo mevachilik korxonalari xarajatlar hisobini har bir yetishtirilayotgan ekin boʼyicha yuritadilar. Ixtisoslashmagan bu tarmoq yordamchi ahamiyatga ega boʼlgan xoʼjaliklarda mevachilik ekinlar guruhlari (poʼchoqli urugʼlilar, danaklilar, mevazorlar, yongʼoq mevalilar va shu kabilar) boʼyicha yoki umuman tarmoq boʼyicha yuritiladi.
Yil oxirida bogʼdorchilik xarajatlari schyotlarida tugallanmagan ishlab chiqarish boʼyicha hosil yigʼib olingandan keyingi ishlar: shoxlarni qirqish, poyalarni koʼmish, oʼgʼit solish kabilar hamda urugʼdan koʼkartirilgan koʼchatlar, qalamchalar, yerda oʼstirishga qoldirilgan bir yillik va ikki yillik koʼchatlar qiymatiga teng xarajatlar qoladi.
Mevachilikda xarajatlarning asosiy qismini tovar ishlovini berish (mevalarni navlarga ajratish, saralash, idishlarga joylash, yashiklarni taxlash va shu kabilar) xarajatlari egallashi tufayli har bir ekinlar guruhi boʼyicha ikkita analitik schyot ochish maqsadga muvofiqdir: «mevalarni oʼstirish xarajatlari» va «mahsulotga tovar ishlovini berish xarajatlari». Ikkinchi analitik schyotdagi xarajatlar asosiy mahsulot tannarxiga toʼliq oʼtkaziladi; birinchisidagi esa asosiy va qoʼshimcha mahsulotlar oʼrtasida taqsimlanadi.
Yangi koʼchatzorlar barpo qilishda foydalaniladigan oʼz xoʼjaligida yetkazilgan ekish materiallari koʼchat, urugʼdan undirilgan, parxish qilingan va shu kabilar haqiqiy tannarxda baholanadi. Mevali koʼchatzorlarni rekonstruktsiya qilish xarajatlari (eski koʼchatlarni zichlashtirish va yosh koʼchatlarni oʼstirish hisobiga gektardagi daraxtlar sonini koʼpaytirish) kapital quyilmalar hisobiga ayni bir vaqtda asosiy vositalar qiymatini oshirib yoziladi.
Yem-xashak ekinlar boʼyicha xarajatlar hisobi ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan xoʼjaliklarda turlicha yuritiladi. Ixtisoslashmagan xoʼjaliklarda yem-xashak ekinlarining bir necha yetakchi turi ajratilib, qolganlarida hisob alohida ekin guruhlari: bir yillik, koʼp yillik yem-xashak va poliz ekinlari boʼyicha yuritiladi.
Yem-xashak yetishtirishga ixtisoslashgan, korxonalarda xarajatlar asosiy yem-xashak ekinlari boʼyicha yuritiladi. Masalan, sepilgan koʼp yillik oʼtlar guruhida: beda, sebarga, yaltirbosh, ajriqbosh, erkak oʼt, dukkakli va boshoqli don ekinlarining aralashmalari. Sepilgan bir yillik oʼtlar guruhida: suli, sudan oʼti, sorgo va boshqalar.
Urugʼchilik xoʼjaliklarida yem-xashak ekinlari xarajati va urugʼlik tannarxini hisoblash alohida ekinlar hamda ularning biologik navlari boʼyicha yuritiladi.
Pichanzor va tabiiy yaylovlarga qilingan xarajatlar hamda undan olinadigan mahsulotlarni toʼgʼri hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Bu obʼektlar boʼyicha barcha xarajatlar analitik hisobda tabiiy va madaniylashgan yerlar boʼyicha qatʼiy chegaralanishi lozim. Madaniy pichanzor va yaylovlar barpo qilish hamda ularni yaxshilash (chimzorni haydash, diskli borona yurgizish, oʼtlar ekish va shu kabilar) dehqonchilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibida hisobga olinib, madaniy yaylov va pichanzorlar xarajati obʼektlari schyotiga yaylov oborotiga koʼra foydalanish yoʼllari boʼyicha taqsimlanadi. Pichanzor va yaylovga taalluqli joriy xarajatlar (oziqlantirish, yaylovlardagi ozuqaga yaroqsiz qoldiqlarni oʼrish, suv taʼminoti va sugʼorish xarajatlari, toʼsiqlarni joriy taʼmirlash)ga kelganda ular pichanzor va yaylovning joriy yil xarajati obʼektiga toʼliq oʼtkaziladi. Umumishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlash orqali oʼtkazilgan tegishli qismi ham shu yerga yoziladi. Pichanzorlar va yaylovlarni yuzaki yaxshilash xarajatlari ham joriy yil xarajati obʼektiga toʼliq tarzda yoziladi.
Pichanzor va yaylov mahsulotlarining chiqishini toʼgʼri hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Mollar oʼtlatib boqiladigan madaniy yaylovlar, dala va oʼtzorlarning hosildorligi oʼrish usulida maxsus hisob maydonlarida oʼtlarni sinov uchun oʼrib, har bir oʼrimdan keyin qolgan oʼtzorni hisobga olib aniqlanadi.
Yopiq yerdagi sabzavotchilik xarajatlarini hisobga olish. Yopiq yerda sabzavot yetishtirish xarajatlari ixtisoslashgan xoʼjaliklarda inshoot turlari (qishki issiqxonalar, oyna va shaffof plyonka qoplangan bahorgi issiqxonalar, kichik koʼlamdagi plyonka bilan qoplangan joylar, isitilgan yerlar, gidroponika) va ulardagi har bir ekin boʼyicha alohida, ixtisoslashmagan xoʼjaliklarda – har bir inshoot boʼyicha alohida hisobga olinadi.
Yopiq yerda sabzavot yetishtirishning oʼziga xos xususiyatlari tufayli dehqonchilikdagi xarajat moddalarining namunaviy nomenklaturasiga «issiqlik taʼminoti» va «suv taʼminoti» moddalari kiritiladi. Bularda tegishli issiqlik energiyasi va suv inshootlariga qarash uchun sarflangan mablagʼlar hisobga olinadi.
Ixtisoslashmagan xoʼjaliklarda inshootlar boʼyicha umumlashtirilgan hisobda aks ettirilgan xarajatlarni ekinlar boʼyicha chegaralash faqat yil oxirida tannarxni hisoblash vaqtida har bir ekinga foydalanilgan inshootni kvadrat metr-kun yoki rom-kunlarga mutanosib taqsimlash yoʼli bilan amalga oshiriladi.
Ixtisoslashgan xoʼjaliklarda ekinlar uchun ochilgan schyotlarga oʼtkazish mumkin boʼlgan barcha xarajatlar, shu yerga toʼgʼridan-toʼgʼri yoziladi: mehnatga haq toʼlash, koʼchat, urugʼlik, oʼgʼit, tuproqqa oziq boʼladigan aralashmalar qiymati va shu kabilar. Ekinlar schyotiga bevosita oʼtkazish mumkin boʼlmagan xarajatlar (asosiy vositalar amortizatsiyasi, joriy taʼmirlash, sugʼurta toʼlovlari, elektr, issiqlik, suv taʼminoti va boshqalar) ekinlar boʼyicha xarajatlar obʼekti schyotiga foydalanilgan kvadrat metr-kunlarga mutanosib taqsimlanadi. Issiqxonalarda asosiy va zich ekinlar bir vaqtda oʼtkazilganda xarajatlar ular oʼrtasida foydalanilgan kvadrat metr-kunlardagi maydon va vaqtga mutanosib taqsimlanadi. Issiqxona va parniklardagi tuproqni almashtirish xarajatlari undan foydalanish muddatiga mutanosib tarzda mahsulot qiymatiga oʼtkazilishi mumkin.
Xulosa O’zbekiston Respublikasida Qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’i
Dehqonchilik xo’jaligi bo’lib, unda asosiy vazifa ekinlarni yetishtirishning ilmiy asoslangan jadal tehanogiyalari negizida don, sabzavod, meva va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko’paytirishdan iborat.
Jahon Dehqonchilikda sug’oriladigan jami yerlar maydoni 271,4 mln ni tashkil etadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng umuman mamlakat qishloq xo’jaligida, shu bilan bir qatorda Dehqon xo’jaligida ham chuqur islohotlarni amalga oshirish davri boshlandi. Respublika Qishloq xo’jaligida Dehqonchilik yetakchi o’rinda turadi. Uning qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti hajmidagi hissasi 60-65 %. Dehqonchilikda agrotehnikani ilg’or usullarini qo’llash ekinlarning hosildor navlarini yaratish, navlarni mutassil almashtirish va navlarni almashtirish, o’g’itlardan samarali foydalanish, o’simliklar himoyasi hizmatini yo’lga qo’yish, ekin maydonlari Tarkiblarinki o’zgartirish tufayli yuqori natijalarga erishildi. Dehqonchilikda G’o’za maydonlari qisqartirildi, aholini oziq-ovqat bilan taminlashni tubdan yaxshilash uchun Respublikada don ekinlari maydoni ko’paytirildi va Respublikaning G’alla mustaqilligi taminlandi. Respublika dehqonchiligida tehnika ekinlari (g’o’za, tamaki, qand lavlagi), don ekinlari (bug’doy, sholi, arpa, makkajo’xori, dukkakli don ekinlari), sabzavod, kartoshka, poliz ekinlari, Yem-xashak ekinlari, bog’dorchilik o’z ahamiyatiga ko’ra yetakchi o’rinlarda turadi.