Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Partizanlar turli nomlarga ega edilar: bolgarlar va serblarda



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə61/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Partizanlar turli nomlarga ega edilar: bolgarlar va serblarda gayduklar (piyodalar. Janubiy slavyan xalqlarining XV-XIX asrlarda usmonli turk istilochilariga qarshi qurolli kurashi qatnashchilari), Gretsiyada-kleftlar (о‘g‘rilar.Gretsiyada XVII-XIX asrlarda turk hukmronligi va yunon zamindorlariga qarshi kurashgan dehqon-partizanlarning nomi), Dalmatsiyada-uskoklar (Dalmatsiyada XV- XVII asrlarda turk istilochilariga qarshi qurolli kurashi qatnashchilari) va h.zo. Partizanlarning qahramonona kurashi Bolqondagi barcha xalqlarning turklar hukmronligi davridagi xalq qо‘shiqlarida yaqqol aks ettirildi. Ammo partizanlik har holda Turkiya hukmronligiga qarshi kurashning yetarli emas edi, u tarqoq va parokanda edi. Turkiya ma’murlari partizanlarning chiqishlariga qarshi kurashning о‘zlariga xos terroristik usullarini qidirib topdilar.
Partizanlar Bolqon yarim orolidagi turklar hokimiyatini о‘z kuchlari bilan tugata olmadilar. Turklar zulmiga qarshi mazlum xalqlar tomonidan olib borilgan kurashning yana bir formasi ayrim joylarda, kо‘pincha eng yirik shahar punktlarida tez-tez fitnalar va qо‘zg‘olon kо‘tarishga bо‘lgan urinishlardan iborat bо‘ldi. Odatda bu fit­nalar va qо‘zg‘olonlar Yevropadagi biror davlatning madadiga umid bog‘lar edi. Avstriya qо‘shinlarining madadidan umidvor bо‘lgan 1594 yilgi Banata serblarining qо‘zg‘oloni ana shunday eng dastlabki qо‘zg‘olon-fitnalardan biri bо‘ldi.
1598 yilda Ikkinchi Bolqon saltanatining poytaxti Tirnovoda turklarga qarshi katta qо‘zg‘o­lon bо‘lib о‘tdi. Bu qо‘zg‘olonga Tirnovo mitropoliti (Rimning bosh shaharlari ma’muriy markazlarida joylashgan xristian cherkovi yepiskoplariga beriladigan unvon) Dionisiy va boshqa ayrim mashhur bolgar boyarlari boshchilik qildilar. Qо‘zg‘olon qо‘shni Transilvaniya va Valaxiya feodallari tomoni­dan madad olishni mо‘ljalab kо‘tarilgan edi. Ammo 1594 yilgi Banata qо‘zg‘oloni ham, 1598 yilgi Tirnovo qо‘zg‘oloni ham yetar­li tayyorlanmagan bо‘lib, muvaffaqiyatsiz tugadi.
XVII asrning boshlarida ayrim turk qо‘shinlariga talafot yetkazgan serblar va chernogoriyaliklar (1603 yildagi Kris shahri rayonidagi serblar qо‘zg‘oloni, 1604 yilgi chernogoriyaliklar harakati) ba’zi muvaffaqiyatlarni qо‘lga kiritdi,
Turklarga qarshi kurash jarayonida slavyan mamlakatlarining vatanparvarlari bir dindagi va qarindosh bо‘lgan xalq ruslar madadiga kо‘proq umid bog‘lay boshladilar. XVI va XVII asrlarda rus davlati qudratining о‘sishi bu umidni ayniqsa rag‘batlantirardi. Bolgarlarda va Bolqondagi boshqa xalqlarda ruslar jafo chekayotgan Bolqon xalqlariga madad kо‘rsatadilar va ularni turk zulmidan ozod qiladilar, degan qat’iy ishonch oshib bordi. Bolqondagi mazlum xalqlar orasida «dyado Ivan» (ya’ni Ivan bobo) haqida afsona vujudga keldi. Bu obrazda ular о‘zlarini turklarning og‘ir zulmidan ozod qiladigan rus xalqi va kuchli Rus davlatini mujassamlashtirgan edilar.
Milliy zulm, mazlum millatlarni doimo bostirib turish rejimi juda katta Turkiya imperiyasining aslida zaif ekanini va beqarorligini kо‘rsatardi. Turkiya imperiyasining siyosiy tuzumi, idora qilish tizimining о‘zi ham uning ziddiyatlar va ichidan zaifligini XVI asrdayoq namoyon etgan edi.
Fuqarolarining butun hayot-mamotini о‘z qо‘lida tutib turgan sulton mustabid hokimiyati Sulaymon I ning taxt vorislari vaqtida saroydagi har xil feodal guruhlarning fitnachilik quroliga aylandi. Yangi sulton taxtga о‘tirar ekan, toji-taxtga da’vo qiluvchi raqiblari qolmasin uchun о‘zining barcha aka-ukalarini qirib tashlardi. Saroyda fitna avjiga chiqib ketar va odatda bu fitnalarda yanicharlar ham ishtirok qilardi. Masalan, sulton Murod III (1574-1595) taxtga chiqib, 5 nafar ukasini qatl ettiradi, sulton Muhammad III ham taxtga chiqishi bilan 19 nafar aka-uka va qarindoshlarini qatl ettirgan.
Tinmay davom etgan urushlar juda katta xarajatlarni talab etardi. Armiya xarajatlarining oshib ketishi xazinaning bо‘shab qolishiga olib keldi. Natijada, juda kо‘p marotaba yanicharlarning qurolli qо‘zg‘olonlari bо‘lib о‘tdi. Bu holatdan bir-biriga qarama-qarshi bо‘lgan feodal guruhlar foydalandi. Faqat 1617-1623 yillarning о‘zida yanicharlarning isyonlari natijasida 4 marotaba sultonlar almashdi. Juda kо‘p haramxonalari, behisob xizmatkorlari, juda katta soqchi otryadlari bо‘lgan sulton saroyiga ham ozmuncha mablag‘ sarf bо‘lmas edi. Turkiya imperiyasidagi mamlakatlarda soliqlar hamisha oshib borar, ammo aholining ishlab chiqaruvchi quchlari esa juda sekin taraqqiy etardi.
Turklar XV asrda va XVI asrning birinchi yarmida bir qancha g‘alabalarga erishgandan keyin, XVI asrning oxiridan boshlab, ayiiqsa XVII asrda о‘zlari katta-katta mag‘lubiyatlarga uchray boshladilar va bu mag‘lubiyatlar XVII asr oxiri-XVIII asr boshlarida Turkiya imperiyasi hududining anchagina torayib qolishiga sabab bо‘ldi.
Yevropaliklar bilan bо‘lgan urushlarda turklar birinchi marta 1571 yilda Lepanto yonida katta mag‘lubiyatga uchradilar. Bu yerda turklar­ning juda katta flotini Ispaniya, Venetsiya va Rim papasining birlashgan flota tor-mor qilgan edi (birlashgan flotning boshlig‘i Filipp II ning ukasi shahzoda Don-Xuan Avstriyskiy edi). Bundan keyin Turkiya venetsiyaliklardan Kipr orolini tortib olgan edi. Ammo shunday bо‘lsa ham, bu mag‘lubiyat mamlakatning ichki ahvoliga qattiq ta’sir qildi, XVI asrning 80-90 yillarida Turkiya keskin ijtimoiy-siyosiy inqirozni boshidan kechirdi. Mamlakatda davlat soliqlarining ortishi va feodal tо‘lovlarining kо‘paytirilishi munosabati bilan dehqonlarning bir necha qо‘zg‘oloni bо‘lib о‘tdi.
1591 yil ayniqsa «olag‘ovurli» yil bо‘ldi, bu yili kо‘pchilik viloyatlar sulton Murod III ga (1574—1595) qarshi bosh kо‘tardilar. Muhammad III podsholik qilgan davrda (1595—1603) doim xalq qо‘zg‘olonlari, sipohiylar va yaiicharlarpipg g‘alayonlari bо‘lib turdi. Pirovard natijada saroyda bо‘lib о‘tgan tо‘ntarish oqibatida sultonning о‘zi ham о‘ldirildi.
XVII asr boshlarida Turkiya Eronga qarshi kurashda bir qator talafotlar kо‘rdi. Eron shohi Abbos I Ozarbayjonni, Armanistonni, Sharqiy Gruziyani, Kurdistonni, shuningdek, Mosul va Bag‘dod shaharlari bilan Mesopotamiyani bosib oldi. 1619 yilda Istambul sulhiga binoan, Turk sultoni Kavkaz va Mesopotamiyadagi deyarli hamma yerlarining qо‘ldan ketganligini tan olishga majbur bо‘ldi. Bu yerlarning bir qismi 1639 yilda qaytarib olindi. Ammo bunga Turkiyaning о‘zi kuchayganligi bilan emas, balki kо‘proq Eronning zaiflashganligi sabab bо‘ldi.
Rossiya bilan Turkiya о‘rtasida bi­rinchi marta tо‘qnashuv XVI asrning ikkinchi yarmida bо‘l­gan edi. Sulton hukumati Azovni bosib olganidan keyin Astraxanni ham bosib olmoqchi edi. Sulton hukumati bu yerdan Kaspiy dengizi bо‘ylab Eronga qarshi qо‘shin tortib borishni mо‘ljallagan edi. Ammo hujum qilgan turklarning qamaliga Astraxan bardosh berdi (1568 yil). Turklar katta talafotlar berib chekinishga majbur bо‘ldilar.
XVII asrning birinchi yarmida Usmoniylar olib borgan urushlar natijasi uning harbiy quvvati zaiflashganligini kо‘rsatadi.
1606 yili Sitvatorokeda uzoq davom etgan avstro-turkiya urushi tinchlik shartnomasi imzolanishi bilan tugadi. Bu shartnomaga kо‘ra, Turkiya Avstriyani nafaqat 1547 yildan beri davom etib kelayotgan 30 ming dukatlik (dukat.ital.dukato- G‘arbiy Yevropaning bir qancha mamlakatlarida muomalada bо‘lgan kumush va oltin tanga) yillik xirojdan ozod qildi, uni teng huquqli xristian davlati sifatida tan oldi.
Turk feodallari Eron bilan uzoq urush olib bordi. XVII asr boshlarida Eron shohi Abbos turklardan Kavkaz ortidagi kо‘pgina hududlarni va Iroqni tortib oldi. Lekin tez orada sulton Murod IV (1623-1640) harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Tо‘rt yil davom etgan urushdan sо‘ng 1639 yili Qasri Shirinda ular о‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga kо‘ra, Iroq, Bag‘dod bilan birga, yana Turkiyaga о‘tdi, bundan tashqari, G‘arbiy Gruziya, G‘arbiy Armaniston va Kurdistonning bir qismi ham Turkiyada qoldi.

GLOSSARIY




Avarlar- katta qabila uyushmasi bo’lib, unda turk tilida so’zlashuvchi qabilalar asosiy rol oynagan.Avarlar VI asrda Osiyodan Markaziy Yevropaga bostirib kirib, Dunay sohilida Pannoniya hoqonligini tuzganlar.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin