Bodrichlar, obodritlar – qadim zamonlarda Drava va Varna daryolari oralig’ida yashagan polab slavyanlariga oid shimoliy qabilalarning eng kuchlisi.
Boyarlar – Rossiya va Ruminiyada feodal jamiyatining oliy tabaqasi; Rossiya XV asrda saroydagi yuqori martaba bo’lib, bu martaba boyarlar dumasida ishtirok etish huquqini berardi.
Boyarlar dumasi – X asrdan XVIII asrning boshlarigacha Rus davlatida knyaz huzuridagi (1547-yildan podsho huzuridagi) oliy kengash.
Buyuk Polsha- Polsha davlatining negizi bo’lgan viloyatning tarixiy nomi. IX-X asrlarda Poznan, Gnezno,Kalish shaharlari bilan Varta daryosining havzasi Buyuk Polsha tarkibiga kirgan.
Byurgerlar – G’arbiy Yevropa o’rta asr shaharlarining aholisi iqtisodiy negizi sex hunarmandchiligi va savdodan iborat bo’lgan shahar uyushmasi.
Varvarlar qirolliklari – V- VI asrlarda G’arbiy Rim imperiyasining hududida germanlar zabt etishi natijasida quyidagi varvarlar qirolliklari:1)Galliyada; franklar; a)janubda – vesgotlarning Tuluza qirolligi; b)janubi –sharqda – Burgundiya qirolligi:2) Ispaniyada – vestgotlar qirolligi”3) Shimoli Afrikada – vandallar qirolligi 4) Italiyada – Ostgot qirolligi va so’ngra Langobard qirolligi; 5) Britaniyada – Anglosakslar qirolligi vujudga keldi.
Varfolomey tuni –1572-yil 24-avgustda muqqadas Varfolomey bayramiga o’tar kechasi katoliklar tomonidan gugenotlarning ommaviy qirg’in qilinishi. Varfolomey tunini Karl IX davrida mamlakatga aslida hukmronlik qilgan qirolning onasi Yekaterina Medichi hamda Gizlar boshchiligidagi katoliklar partiyasi uyushtirgan edi.
Vassallik – G’arbiy Yevropada o’rta asrlarda eng ko’p tarqalgan bir feodalning ikkinchi bir feodalga shaxsan qaramligidan iborat munosabatlar tizimi.
Velflar - O’rta asrlarda Germaniya tarixida muhim rol oynagan nemis knyazlarining sulolasi. Velflar VIII-IX asrlardayoq Shvabiya va Burgundiyada katta yerlarga ega edi. XI-XII asrlarda Bavariya, Braunshveyg, Saksoniyani bosib olib, yanada kuchaydi . XII –asrda Velflar bilan ularga qarshi turuvchi Gegenshtaufenlar xonadoni boshliq bo’lgan knyazlar guruhi o’rtasida Germaniyada ustunlik qilish uchun kurash boshlandi. Velflar xonadonidan bo’lgan Genrix Levning kuchayishi German kinyazlarini Fredrix I Gogenshtaufen (Barbarrossa) ni qo’llab quvatlashga undadi, natijada Velflar o’z yerlarini katta qismidan mahrum bo’ldilar va bu yerlar yirik feodallar o’rtasida taqsimlab olingan (1180). Velflar bilan Gogenshtaufenlar kurashining ta’siri Italiyaga ham yoyildi. Velflardan biri Otton IV- Genrix Lev (Sher) ning o’g’li imperator bo’ldi(1209-1218).