Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Shavkat Mirziyoyev Miromonovich



Yüklə 419 Kb.
səhifə2/13
tarix20.10.2022
ölçüsü419 Kb.
#118452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga iqtisodiy tarbiya berishning pedagogik asoslari. B.M.I.

Shavkat Mirziyoyev Miromonovich


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda ta’lim sohasida Prezidentimiz
tashabbusi bilan Davlatimizda olib borilyotgan barcha ishlarning maqsadi
vatanimizning kelajagi bo‘lgan barkamol avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonini
zamonaviy talablar darajasiga olib chiqish, ularning mustaqil fikrlashga, bilim
olishga, ajdodlarimizning boy ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy merosini qadrlashga
o‘rgatish hamda ta’limning uzliksizligini ta’minlashdan iboratdir. Jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqiy va ma’naviy o‘zgarishlar ta’lim tizimi oldiga ham yangicha talab va vazifalar qo‘ydi. «Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri1»da yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash vazifasi, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoyev “Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta'lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashini ta'minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning o‘zi taqozo etmoqda”, deya ta’kidlashlari ham bejiz emas. Biz ko‘p hollarda o‘quvchini daryo o‘rtasida turib, suv izlayotgan shaxsga o‘xshatamiz. Mamlakatimizda yoshlar ta’lim va tarbiyasiga nihoyatda katta ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuning yangi tahririda ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilindi. Yurtimizda xalqimizning ko‘p asrlik ezgu orzulari ro‘yobga chiqayotgan bugungi kunda madaniy va ma’rifiy sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dolzarb vazifalardan biri “Yoshlar bilan ishlash masalalari alohida e’tiborni talab qiladi.
Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanligini hamisha yodda tutishimiz Binobarin, “Mustaqil fikr yuritadigan, to‘g‘ri va halol, jasur avlodni tarbiyalash davrimizning dolzarb muammolaridandir. Ha, bunday yoshlar kamolotida, albatta, badiiy adabiyot, xususan, bolalar adabiyoti katta rol o‘ynaydi. Chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari alla, qo‘shiq, maqol, masal, topishmoq, tez aytish, ertak eshitib, o‘qib kamol topadilar. Bu janrlar vositasida ularning qalblari nurga to‘ladi, hayotga intilish, qiziqish hislari jo‘sh uradi. Ma’naviy tomondan ham yuksala boradilar. Xususan, kitobxonlikka mehr uyg‘otish, bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan jarayondir. Shuning uchun ham respublikamizda ushbu jarayonga katta ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa bolalarga atalmish vaqtli matbuot, bolalar kitobi, kitobxonlikka mehr uyg‘otish orqali o‘tkazish, ta’lim – tarbiya berishda alohida o‘rinni egallaydi. Yurtboshimiz “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir, biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”. 2 - deb alohida ta’kidlab o‘tganlar. Yuqorida qayd etilgan fikrlardan shuni ko‘rishimiz mumkinki, hozirgi kunning dolzarb maslalalaridan biri iqtisodiy tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdir. Shunday ekan bugungi yoshlarni tarbiyalash jarayonida ular ongiga va qalbiga ota-bobolarimizdan bizlargacha yetib kelgan ulkan boy ma’naviy me’rosidan foydalanib yoshlar ongiga iqtisodiy tushunchalarni singdirish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy tushunchalarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘rgatishdan maqsad, ularni iqtisodga oid bilimlar bilan qurollantirish. Bunday bilimlar orqali ona Vatan iqtisodiy kuchga ega bo‘ladi. Yurtimizning har bir fuqorasi o‘quvchilar yurt tinchligi va uning iqtisodiy’ rivoji uchun hissa qo‘shsa taraqqiyot o‘z-o‘zidan olg‘a siljiydi. Fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilar ongiga va qalbiga iqtisodiy tushunchalarni singdirish orqali ularda iqtisodiy bilimlar o‘quvchilarga shaklllantiriladi. Buni amalga oshirish uchun esa birinchi navbatda yoshlarga iqtisodiy bilimlarni berish va u orqali iqtisodiy muomila madaniyatini yo‘lga qo‘yish kerak. Bu esa biz tomondan olib boirilayotgan bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini bildiradi.

Yüklə 419 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin