Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga iqtisodiy tarbiya berishning pedagogik asoslari. B.M.I.
II.bob. Kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarga ta’lim jarayonida va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda iqtisodiy ta’lim tarbiya berish usullari. 2.1. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bir emas bir necha o‘quv predmeti bo‘yicha o‘quvchilarga to‘rt yil davomida bilim beradi. Shuning uchun iqtisodga oid tushunchalarni mazkur o‘quv predmetlari tarkibiga singdirish, ya’ni, integrasiyalashgan tarzda taqdim etish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrasiyalashgan darslar mazmunini ishlab chiqish, integrasiyalashgan o‘quv materiallarini taqdim etishning eng ma’qul shakli, metod va vositalarini tanlay olish, integrasiyalashgan darslarni didaktik jihozlashga o‘rgatish lozim. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi nafaqat ta’lim jarayonini uyushtira olishi, balki, pedagog mahoratini doimo oshirish, ijodiy izlanish, o‘quvchilarning ichki dunyosini, ularning intilish, motiv va ehtiyojlarini tushunish, o‘quvchi shaxsini to‘laqonli rivojlantirish, o‘quvchilarni egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatish kabi sifatlarga ega bo‘lishi lozim. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga dars jarayonida o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng iqtisodiy jihatdan qanday muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritganligi, ya’ni qanday yangi korxonalar barpo etilganligi, qo‘shma korxonalarda qanday mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi, kasb-hunar va ularning turli-tumanligi, davlat mulki, xususiy mulk, sotuvchi, xaridor, tadbirkorlik, tadbirkorlar qanday insonlar ekanligi, soliq, raqobat, reklama, daromad, talab va taklif, qimmatbaho qag‘ozlar haqida tushuncha berishda turli ma’lumotlardan foydalanish, ular asosida bolalarbop, ixcham matnlar, mashqlar, masalalar, o‘yinlar, test savollari, boshqotirmalar tayyorlash hamda ularni, o‘quv-biluv jarayonigatatbiq etish yo‘llarini o‘rgatish ko‘zlangan maqsadga erishishda yaxshi natijalarga olib keladi. Iqtisodiy bilimlarni u yoki bu o‘quv predmeti mazmuniga singdirib, integrasiyalashgan tarzda taqdim etishda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga o‘z ish faoliyatida shaxsni bosqichma-bosqich rivojlantirish nazariyasiga amal qilish hamda o‘quvchilarni ta’lim jarayonini subyektiga aylantiradigan texnologiyalardan foydalanishga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, pedagogik hamkorlik, ya’ni o‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligi mazkur texnologiyalarning bir bo‘lagi hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchi ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshirish nuqtai nazardan o‘zaro munosabatga kirishadi. O‘quvchilar o‘rtasida esa dialogli munosabatlar vujudga keladi. Mazkur munosabatlar natijasida o‘quvchilar mustaqil ravishda bilim olishni, o‘zgalarning fikrini hurmat qilishni o‘rganadilar. Shuningdek, o‘z-o‘zini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda mustaqillik, ijodkorlik, o‘ziga ishonch, o‘ziga o‘ziga tanqidiy qarash, o‘zini xaqqoniy baholay olish kabi sifatlar paydo bo‘ladi. Demak, 4-sinf o‘quvchilarida iqtisodiy bilimdonlik, iqtisodiy ong, iqtisodiy madaniyatni tarkib toptirishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy savodxonligi, bilim va mahorati hamda o‘quv-biluv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalana olish malakasi alohida o‘rin egallaydi. Ta’lim mazmuni davlat va jamiyat taraqqiyoti talablariga ko‘ra, pedagogik texnologiyalarning so‘ngi yutuqlari asosida belgilanadi, rivojlantiriladi. Boshlang‘ich ta’limning 4-sinflarida iqtisodiy tilimlarni singdirishda barcha fanlardagi tushunchalarni yashash joyi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda milliy qadriyatlarga tayanib olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Boshlang‘ich ta’limda iqtisodiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishdan oldin bizning fikrimizcha 1-sinfdan boshlab uni matematika darslarida amalga oshirsa maqsadga muofiq bo‘ladi. Chunki matematika darslari orqali hisoblash jarayonlarida iqtisodiy fikrlash qobiliyatlari rivojlantiriladi.
Misol uchun: 1-sinf matematika darsida hisoblash orqali o‘quvchilarda iqtisodiy fikrlashni o‘stirish.
Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarning og‘zaki hisoblash malakalarini
rivojlantirish,.
Tarbiyaviy maqsadi: Bolalarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash. Ularga yekologik tarbiya berish. Olgan bilim va ko‘nikmalarini amalda yerkin qo‘llashga o‘rgatish
Rivojlantiruvchi maqsad: mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirish ,mehnat bilan topilgan narsaning qadriga yetishga, tadbirkorlik va tejamkorlikka o‘rgatish.
Dars turi: Musobaqa.
Dars uslubi: Savol-javob, bahs-munozara.
Darsning jihozi: Test topshiriqlari, turli rasmli kartochkalar, jadvallar.
Darsning borishi: «Aqliy hujum» usulida o‘quvchilarning og‘zaki matematik hisoblash malakalari o‘stiriladi. Shuningdek, «Kim oshdi?» savdosi, «Bilimingizni sinab ko‘ring» kabi texnik vositalari asosidagi test materiallariga javoblari aniqlanadi.Fikrlashga chorlovchi savollar beriladi: Bitta tuxumning bahosi qancha?
Ikkitasiniki-chi? Bitta daftar 50 so‘m bo‘lsa, 2 tasi necha so‘m?
Men bir son o‘yladim. O‘ylagan sonimdan 2 ni ayirsam, 5 qoldi. Men qaysi sonni o‘ylaganman?
Yangi mavzu ustida ishlash.
O‘qituvchi: - Bolalar, o‘tgan mavzular bo‘yicha olgan bilimlarimizni
mustahkamlash uchun bugungi darsimizni qatorlararo musobaqa usulida o‘tamiz.
Yendi yesa o‘z qatoringizning sardorini tanlang va guruhlaringiz bilan kengashing.
2 ga bo‘linib «Bilimdonlar» va «Zukkolar» guruhi o‘zaro bellashuvni
boshlaydilar.
- Shartlarni rasmli kartochka asosida bajarilishiga qarab baholab boraman:
Qaysi guruh qatnashchilari ko‘p ball to‘plasa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi.
To‘plangan ballarni jamlab turish guruh sardorlari zimmasiga yuklanadi.
1-shart.Doskaga topshiriq aks yetgan jadval ilinadi.»Berilgan sonlarni 2 tadan kamaytiring»
1.»Bilimdonlar»
4
2
7
12
13
9
6
2. «Topqirlar»
10
11
7
5
13
2
3
3. «Zukkolar»
9
7
5
2
3
8
12
2-shart bo‘yicha guruhlar to‘plagan ballari aniqlanadi. 2-shart. «Misollardagi
yashiringan soni toping»
.1. «Bilimdonlar» guruhi uchun
p:7=7 64:x=9 8*f=24
49:7=7 64:7=9 8*3=25
«Topqirlar» guruhiga
7*5=^ r:6=8 70:^=7
7*5=35 48:6=8 70:10=7
«Zukkolar» guruhi uchun
48:6=f 40:G=8 72=8*f
48:6= 40:5=8 72=8*9
O‘qituvchi tomonidan 2-shart bo‘yicha guruhlar to‘plagan ballari e’lon qilinadi2-shart ham bajarilgach, «Quvnoq daqiqa» o‘tkaziladi. Bu jarayonda badantarbiya mashqlari musiqa jo‘rligida bajariladi.
3-shart: «Noma’lum hadni top» Uchala guruhga ham bir xil misol berish mumkin. Ular bir-birlarini varag‘ini ko‘rmaydilar.
1. «Bilimdonlar»
Ko‘paytuvchi
1
3
3
6
4
5
7
Ko‘paytuvchi
8
7
7
2
5
7
4
Ko‘paytma
2. «Topqirlar»
Ko‘paytuvchi
2
4
7
3
6
1
7
Ko‘paytuvchi
3
8
4
5
5
9
4
Ko‘paytma
3. «Zukkolar»
Ko‘paytuvchi
6
2
5
3
5
1
8
Ko‘paytuvchi
2
7
5
7
6
9
4
Ko‘paytma
guruhlarni olqishlash uchun raqs yoki ashula ijro yetiladi.
4-shart.guruh sardorlari o‘zaro bellashadilar.
Sardorlarga 5 tadan savol beriladi. «Bilimdonlar» guruhi sardoriga:
Yoshingiz nechada? Sinf rahbaringizning ismi va sharifi?
Siz 11 yoshdasiz, akangiz 15 yoshda. Akangiz sizdan necha yosh katta?
28 va 3 sonlarining ayirmasi -juftmi yoki toq?
Kattalarga salom bermagan bolani kim deb ataymiz?
«Topqirlar» guruhining sardoriga:
Hozir siz 11 yoshdasiz, 8-sinfga o‘tganda necha yoshda bo‘lasiz?
«Rost» so‘zining teskarisi.
Santimetr so‘zini qisqartirib qanday yozamiz?
5.Bir haftada necha kun bor? «
Zukkolar» guruhining sardoriga:
Qishdan so‘ng qaysi fasl keladi?
Sinfda o‘g‘il bolalar ko‘pmi yoki qizlar?
O‘quvchilar maqollar aytadilar:
Yetti o‘lchab, bir kes.
Odobli bola - yelga manzur.
Mehnat-mehnatning tagi rohat.
Til bilgan-el biladi.
Sog‘liging - boyliging.
O‘ylab qilingan ish barchaga manzur bo‘ladi.
Yurtiga sodiq farzand o‘z Vatanini, xalqini, tilini doimo hurmat qiladi.
Sog‘lom kishi eng boy kishi hisoblanadi. Ular maqollar mazmunini izohlab, tushuntirib beradilar.Dars jarayonida o‘quvchilar diqqatini, fikrlash qobiliyatini o‘stirish barobarida ularni tejamkor bo‘lishga va tadbirkorlikka ham o‘rgatib boriladi. Ona tabiatni asrash, avaylash lozimligiga alohida e’tibor qaratiladi. Undan tashqari maktabda olgan bilimlarini amalda qo‘llashga ham yo‘naltiriladi.
Uyga vazifa: Qo‘shish va ayirishga doir misol va masalalar tuzib kelish.