Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda iqtisodiy tarbiyani amalga oshirish yo‘llari



Yüklə 419 Kb.
səhifə8/13
tarix20.10.2022
ölçüsü419 Kb.
#118452
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga iqtisodiy tarbiya berishning pedagogik asoslari. B.M.I.

2.2. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda iqtisodiy tarbiyani amalga oshirish yo‘llari.
Iqtisodiy tarbiya shaxsning barkamol shakllanishining muhim shartidir. Yoshlarni iqtisodiy tarbiyalash pedagogikaning muammolaridan biri bòlib kelgan va shunday bòlib qolaveradi. Bozor iqtisodiyotiga òtayotgan bir sharoitda va keyingi rivojlanish jarayonida ham yoshlarda iqtisodiy tarbiyaning òrni beqiyos. Bu borada hukumatimiz tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiy tafakkur inson hayotining barcha bosqichlari - shaxsiy hayoti, kishilar bilan munosabati, uning xulq-atvorini qamrab olgan. Iqtisodiy tafakkur òsmirni hayotga boshqacha kòz bilan qarashga, ijtimoiy munosabatlar bilan yaqindan tanishishga olib keladi. Kishilarda bu holatlarga nisbatan kònikmalar hosil bòladi.
Iqtisodiy tafakkur shakllanishi iqtisodiyotdagi chigal muammolar yechimida yangicha yònalishlarni yuzaga keltiradi11. Shunday qilib maktablarda iqtisodiy tarbiyaning pedagogik jarayoni quyidagi sifat bosqichlariga ega bòlishi lozim.
davlatning iqtisodiy ahvolini juda yaxshi bilish;
turli mulk turlari va korxonalar faoliyatining iqtisodiy asoslarini bilish;
dalillarni xolisona baholash va mavjud iqtisodiy asoslarni tahlil etish uchun savodxonlik;
ishlab chiqarish va xójalik ishlarida, iqtisodiy munosabatlarda tashabbuskorlik.
Iqtisodiy tarbiya shartlari òquvchilardan savollar xilma - xilligini talab etadi. Ularga quyidagilar kiradi:
oilada va umumiy òrta ta’lim maktablarida iqtisodiy tarbiyaning boĝliqligi, uning maqbul bòlishi;
òquvchilar bilim olishida didaktik tamoyillarning roli;
maktabda òquv fanlarini òqitish jarayonida amaliy tajribalar xulosasi va shu bilan birgalikda ilmiy- texnologik taraqqiyotning tezlashuvida ilm - fanning rolini tushuntirish orqali òquvchilarni iqtisodiy tarbiyalash;
davlat va xususiy mulkni ehtiyot qilish, elektr energiya, gaz, òquv adabiyotlar, asbob-uskunalar, maktab binosi, uy jihozlari va hokozo;
moddiy zahiralardan tejab-tergab foydalanishning iqtisodiy jihatlarini tushuntirish;
òquvchilarga darsdan tashqari vaqtlarida iqtisodiy tarbiya berishni tashkil etish;
umumiy òrta ta’lim maktab òquvchilarini oliy òquv yurtlari va undan keyingi sharoitlar haqida kònikmalar hosil qilish uchun iqtisodiy fikrlashga òrgatish.
Yangi iqtisodiy tafakkur shakllanishida iqtisodiy tarbiyaning yangi bosqichlari, iqtisodiy soxada kadrlar tayyorlashni yanada yaxshilash yòllarini aniqlab olib, quyidagi yòllar bilan òquvchilarning iqtisodiy ta’lim tarbiyasini oshirish mumkin:
olingan nazariy bilimlar asosida amaliy ishlarini bajarish jarayonini tashkil etish;
kasbiy òqitish va har bir òquvchi malakasini oshirish uchun lozim bólgan iqtisodiy tayyorgarlik majburiyatlari;
ishlab chiqarish va mehnat xarakteri, iqtisodiy sohada kadrlarni óz sohalarini bilish darajasini aniqlash;
iqtisodiyot soxasida yangi bilimlarni egallash tizimi, yangi axborot texnologiyalarini egallash (ilmiy adabiyotlar va internet).
Òquvchilarning iqtisodiy tarbiyasidagi zarur shartlardan biri ularni iqtisodiy faoliyatga tayyorlashdir. Bu narsa òquvchida iqtisodiy hayotda faol ishtirok etish uchun imkoniyatlar yaratadi. Bu esa yoshlardan jamiyatimizning iqtisodiy manfaatlari negizini bilish, iqtisodiy bilimlardan samarali foydalanish, iahlab chiqarishni kengaytirish va atrof - muhit hamda moddiy zahiralardan oqilona foydalanishni talab etadi.
Iqtisodiy faoliyatga tayyorgarlik quyidagi asosiy komponentlarni òz ichiga oladi:
iqtisodiy talab va manfaat;
iqtisodiy umum ta’lim tayyorgarligi;
mehnatga, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga, atrof- muhit va vaqtga nisbatan iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish.
Iqtisodiy talablar bu jamiyat, ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar va boshqalar erishishga intilayotgan, hayotdagi moddiy farovonlik va iqtisodiy faoliyatning yangicha shakllaridir.
Umumta’lim iqtisodiy tayyorgarligi (iqtisodiy bilimlar tizimi, bilimlar, kónikma va tajribalar) insonni iqtisodiy faoliyatga tayyorlash tizimining muhim komponentlardan biridir. Shaxsiy tuzilishlarda esa u tajribaga suyanadi. Iqtisodiy ta’limning dolzarbligi umumiy va politexnik òrganishning shart - sharoitlaridan kelib chiqadi. Bunda ishlab chiqilgan mahsulot jamiyatdagi qonunchilik va ilm -fan tamoyillariga mos keladi. Shunday qilib iqtisodiy tarbiya iqtisodiyotning bir necha avlodlar tomonidan qayta ishlanishi lozim bólgan umumiy nazariy holatga asoslanadi.
Jamiyatning iqtisodiy hayoti boy va kòp qirralidir. U òz ichiga iqtisodiy faoliyat davomida kerak bòladigan muomala aylanma mablaĝlar, ishlab chiqarish, sotish va hokozolarni qamrab oladi. Iqtisodiy hayotning xarakteri va faoliyati, moddiy ashyolarning ishlab chiqarilishi bilan belgilanadi. Iqtisodiy hayotda jamiyatning barcha ishtirokchilari jumladan garchi ishlab chiqaruvchi bòlmasa- da òquvchilar ham ishtirok etadi. Iqtisodiy hayotda va faoliyatda ongli ishtirok etish insondan maxsus tayyorgarlikni talab etadi.
Iqtisodiy tarbiyani jamoasiz tasavvur etib bòlmaydi. Bolalarni mehnatga òrgatish uchun, avvalo ularni mehnatga òrgatish va ularning mehnatini turli yòllar bilan raĝbatlantirish lozim. Ularda jamoa bilan ishlash kònikmalarini hosil qilgan holda moddiy zahiralarni, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tejab-tergab foydalanishga òrgatish lozim.
Aynan mana shu munosabatlar hayotning muhim prinsplari sifatida iqtisodiy kategoriyalarning obektiv jamoaviylashuvini, jamoa bilan ishlash foydali ekanini bildiradi.
Xulosa òrnida shuni aytish mumkinki rivojlangan davlarlarda xususan hozirgi shiddat bilan taraqqiy etayotgan mustaqil Òzbekistonda iqtisodiy tarbiya masalasiga davlat mulkini ehtiyotlab saqlash va uni mustahkamlash nuqtaiy nazaridan yondashiladi va bu narsani birinchi vazifa sifatida uqtiriladi. Bu narsa uzoq yillar davomida iqtisodchilar, pedagoglar, filosoflar va texnologlarining iqtisodiy tarbiya masalasiga òzgacha yondashuvi, uning sabab va oqibatlariga diqqat e’tiborni qaratganini bildiradi. Iqtisodiy tarbiya orqali yoshlarni har tomonlama barkamol ahaxs sifatida kamol toptirish, ularni jahon hamjamiyatidagi munosib òrnini belgilash mumkin. Bugungi kunda umumiy ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘tiladigan barcha fanlar zamirida iqtisodiy tushunchalarni yoshlar ongiga singdirish orqali ularni hayotga tarbiyalab borish yo‘lga qo‘yilmoqda.Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarga singdirilishi lozim bo‘lgan tushunchalar nafaqat dars jarayonida balki darsan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda ham har xil o‘yinlarni o‘tkazish jarayonida o‘quvchilar ongiga singdirib boriladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki o‘quvchilarda iqtisodiy tarbiyani yuksaltirishda mehnatning o‘ziga xos ta’sir etish kuchi bor. Shuning uchun ham o‘quvchida iqtisodiy tarbiyani shakllantirishda mehnat tarbiyasi bilan integrasiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnat tarbiyasi bolalarda mehnat qilish istagi va intilishini tarkib toptirishi, ularni jamiyatimiz taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilishga amaliy tayyorlash lozim. Buning uchun bolalarda mehnatga muhabbat, mehnat ahliga chuqur hurmat hislarini tarbiyalash kerak. O‘quvchilarga turli darslar jarayonida va darsdan tashqari tadbirlarda mehnat tarbiyasi berish mumkin. Bizga ma’lumki, qadimdan ota – bobolarimizning kundalik hayotiga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin oshib borgan. Shu sabali ham ular yashash uchun kurashganlar. Bunda ota bobolarimiz o‘zlaridagi tabiiy ehtiyojni tabiat qonunlari doirasida qondirib borish jarayonlarida ayrim to‘siqlarga duch kelganlar. Misol uchun, bunday to‘siqlar qatoriga tabiatda yuz berib turadigan tabiiy ofatlar hamda hayvonlarning mavsumga qarab o‘z joylarini o‘zgartirib turishlari ularni yashash uchun kurashishgna undagan. Shuning uchun ham ularda tabiiy ehtiyoj bilan bir qatorda moddiy ehtiyojlari kuchayib borganligi sababli ham o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan ozuqalarni g‘amlash, saqlash, kerakli joylarga olib borish, tabiiy ofatlardan saqlanish vositalarini ixtiro qilgan. Ular sovuqdan saqlanishi uchun issiq pana joylar izlashi natijasida, g‘orlar, uylar, yasaganlar. Keyinchalik esa, uni isitish vositasi zarurligini sezib, quyosh taftini qumsaganlar. Xom ozuqalarini pishirish ehtiyojlari kuchaygan, natijada olov kashf qilgan
Boshlang‘ich ta’limda iqtisodiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish 1-sinfdan boshlab matematika darslarida amalga oshirsa maqsadga muofiq bo‘ladi. Chunki matematika darslari orqali hisoblash jarayonlarida iqtisodiy fikrlash qobiliyatlari rivojlantiriladi. Misol uchun: 1-sinf matematika darsida hisoblash orqali o‘quvchilarda iqtisodiy fikrlashni o‘stirish. Dars jarayonida o‘quvchilar diqqatini, fikrlash qobiliyatini o‘stirish barobarida ularni tejamkor bo‘lishga va tadbirkorlikka ham o‘rgatib boriladi. Ona tabiatni asrash, avaylash lozimligiga alohida ye’tibor qaratiladi. Undan tashqari maktabda olgan bilimlarini amalda qo‘llashga ham yo‘naltiriladi
Bugungi kunga qadar ko‘plab olimlar tomonidan yoshlarni barkamol shaxs qilib tarbiyalashda milliy-ma’naviy qadriyatlar muhim omil ekanligi e’tirof etilmoqda. Yoshlarning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan bir qator tadbirlar hamda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad shundan iboratki yoshlarda iqtisodiy tarbiyani yuksaltirish orqali gullab yashnab kelayotgan yurtimizning iqtisodiyotini yanada yuksaltirish va uning taraqqiyotiga hissa qo‘shishdan iboratdir.
Umuman olganda iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib ular bir-birini to‘ldiradi. Ularni biz o‘zimiz to‘liq anglab yetganimizdan keyin, o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlar berishimiz va shu orqali o‘quvchilarda iqtisodiy, bilim, iqtisodiy madaniyat, iqtisodiy dunyoqarashlar amalga oshiriladi. Iqtisodiy qonunlarni o‘rgatish orqali biz yoshlarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, qilayotgan sa’yi – harakatilari samarali bo‘lishga, tejashga, avaylab asrashga, o‘rgatib isrofgarchilikka yo‘l qo‘yishning oldini olamiz. Iqtisodiy bilimlar har doim kishilik jamiyatining rivojiga hissa qo‘shib kelganligi bois iqtisodiy tarbiyaga ehtiyoj bor. Bunda ota-onalarning ta’lim tarbiya jarayonida uzluksiz ishtirok etishi bolaning yetuk shaxs bo‘lib yetishishiga asosiy turtki bo‘ladi.



Yüklə 419 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin