Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga iqtisodiy tarbiya berishning pedagogik asoslari. B.M.I.
2.3. Kichik yoshdagi o‘quvchilarga iqtisodiy tarbiyani berishda oila maktab hamkorligi. Tarbiya jarayoni ishtirokchilari say-harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi12" konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, ma‘naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma‘lum dasturilamal bo‘ldi. Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan ta‘lim va tarbiya to‘g‘risidagi qator meyoriy hujjatlar, jumladan, O‘zbekiston Respubli-kasining yangi tahrirdagi "Ta‘lim to‘g‘risida"gi qonuni, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o‘quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishni taqozo etadi.
Yosh avlodni ma‘naviy-ahloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an‘analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiya ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta‘minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish "Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi" Konsepsiyasining asosiy maqsadidir. O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar "Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi" yo‘nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o‘quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab, hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir Oila shaxs uchun uning ijtimoiylashuv jarayoni ro‘y beradigan, uning ahloki, dunyoqarashi asoslari va hokazolar tarkib topadigan dastlabki va nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jamoadir. Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta‘sir ko‘rsatishga qodirdir va odatda ta‘sir ko‘rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta‘sir ko‘rsatishining chuqur o‘ziga hosligi bilan uyg‘unlashib ketadi. Bu esa, uni oliy darajada ta‘sirchan qilibgina
qolmay, shu bilan birga shahsni shakllantirish jarayonining zarur bo‘g‘iniga ham aylantiradi. Oilaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati shaxslar va ota-onalarning o‘ziga hos hususiyatlari: qon-qarindoshligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi, obro‘liligi va hokazolar bilan ta‘minlanadi. O‘z farzandining barcha zaif va kuchli tomonlarini yo‘rgakdagi chog‘idan biladigan, uning qalbidagi eng kichik harakatni ham sezadigan va tushunadigan, unga ta‘sir etishni biladigan onadan va otadan yahshirok kim ham ularni ezgulikka, mehnatsevarlikka,do‘stlikka, muhabbatga o‘rgata oladi! Psixologik-pedagogik tadqiqot ma‘lumotlari ba‘zan shaxs imkoniyatlari tog‘risidagi barqaror tasavvurlarni o‘zgartirib yuboradi. Masalan, ych yoshlik bolalar olimlar bir necha yil muqaddam tahmin qilganlariga nisbatan ancha chuqur idrok etish qobiliyatiga ega, uch yoshli shaxs hozir faqat olti yoshli bolalar qilgan va qilmagan narsalarni bilishi va qilishi mumkinligi kichkintoyni yurishdan oldin so‘zlashishga, ona tili bilan deyarli baravar chet tilida gapirishga o‘rganishi mumkinligi va hokazolar ma‘lum bo‘ldi. Bunday bilimlarning yo‘qligi oilaviy tarbiyada ko‘plab xatolarga olib keladi, guruh rahbari ota-onalar bilan ishlashda buni hisobga olmay iloji yo‘q. Bu jihatdan ota-onalarning shaxslarni tarbiyalashdagi quyidagi qiyinchiliklari va hatolarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Ota-onalarning o‘z farzandlari bilan muomalasida e‘tiborning yetishmasligi. Ya‘ni ular o‘zlari, ishlari haqida kam so‘zlab beradilar, farzandlarining o‘quv bilim yurti talabalar jamoasining hayoti haqida, shaxsining qiziqishlari, uning jamoat ishlariga aralashadigan, va hokazolarga juda kam e‘tibor qaratadilar. Muomalaning yetishmasligi farzandlarning ota-onadan uzoqlashishiga olib keladi, kattalarni shaxsga yanada faolroq ta‘sir ko‘rsatish imkoniyatidan mahrum etadi.
Shaxslarni mehnat jarayonlariga jalb etish orqali ularning mehnat tarbiyasini shakllantirish. Bu borada farzandlarni mehnatga jalb qila bilmaslik, ona o‘z ishga ko‘milib, bolalarni oilaviy ishlardan, turar-joylardagi yumushlarda va hokazolardan ozod etish oqibatida shaxsda iste‘molchilik kayfiyati, tayyoriga ayyorlik holatlari doimiy ko‘nikmaga, odatga aylanadi. Buning natijasida ular mehnatga mensimay munosabatda bo‘ladilar.
Ota-onalar turmushida uchrab turadigan salbiy holatlarning mavjudligi o‘quv muassasasining pedagogik kuch-g‘ayratini yo‘qqa chiqaradi.
Ota-onalar tarbiyaviy ta‘sirining izchil emasligi – onda-sonda o‘qishini tekshirish, birornojo‘ya ishi uchun jazolashi va hokazolar ahloqiy immunitet hosil bo‘lishiga yordam bermaydi. Oilaviy tarbiyaning asosi sifatida taqiqlashlar sistemasi – ijobiy namuna asosida tarbiyalay bilmaslik, shaxs hayotini u har doim turli hatti harakatni mashq qiladigan tarzda tashkil eta olmaslik natijasidir. Bu sistema shaxsning kattalar hohishiga salbiy munosabatini tug‘diradi, mustaqil shaxs kamolati susaytiradi.
Harakatlarning o‘quv bilim yurti bilan muvofiqlashtirilmaganligi yoki u bilan hamkorhamnafas bo‘lmaslik. Tarbiyalanuvchida pedagogga, o‘quv bilim yurtiga ishonchsizlik paydo bo‘ladi va o‘sib boradi, bu esa, uning kamchiliklarini tuzatishni qiyinlashtiradi, pedagogic jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi.
Ayrim ota-onalarning shaxslar ulg‘ayib borishi bilan tarbiyaviy faollikni susaytirib yuborishlari, bu esa, shaxslarning ota-onalardan uzoqlashuviga, o‘quv bilim yurtiga qiziqishi pasayishiga va hokazolarga olib keladi.
Inson o‘z hayotida iqtisodiyot bilan doimiy munosabatda bo‘ladi. Oilada iqtisodiy tarbiya zamirida ham mehnatsevarlikni tarbiyalash yotadi. Bolalar o‘z mehnati natijalarini ko‘rgandagina o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanayotganini anglab etadi, mustaqil faoliyat yuritishni o‘rganadi, ularda tadbirkorlik va ishbilarmonlik xislatlari tarkib topadi. Oilada yo‘lga qo‘yiladigan bolalar mehnati hovli va xonalarni tartibli saqlash, kiyim-kechaklarni asrab-avvaylash, uy jihozlarini ta’mirlash, ro‘zg‘or yumushlariga yordam berish kabilar ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ota-onalar bolalarni mehnat faoliyatini kuzatib borib, ularga zarur o‘rinda maslahat beradilar. Ayniksa, bola-yoshlarda oilada ham, ta’lim muassasalarida ham tejamkorlikka rioya qilishga o‘rgatish katta ahamiyatga ega.
Bugungi bolalar qaerda yashashidan qat’iy nazar, doimiy ravishda ijtimoiy,
siyosiy, ekologik, ilmiy, texnikaviy va industrial sohalardagi o‘zgarishlar bilan
to‘qnash kelishlariga to‘g‘ri keladi. Bolaning rivojlanishi va o‘sishi uzluksiz
davom etadigan jarayondir. Bu davrda uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk bor
olamni atrofidagi ashyo va buyumlar orqali anglab, undan o‘zicha ma’no topishga
intilishi, qiziqish va hissiyotlari rivojlanishini kuzatamiz.
Ahloqiy tushunchalar manbai bo‘lib ularning ta’lim –tarbiyasi bilan
shug‘ullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari ham bo‘lishi mumkin.
Ahloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, shu bilan
birga kattalarning ayniqsa onalarning maqtovi va tanqidlari orqali o‘tadi va
mustahkamlanadi. Bola doimo baho, ayniqsa maqtov olishga harakat qiladi. Bu
baho va maqtovlarning bola shaxsidagi muvaffaqiyatga erishishga harakat
hususiyatining rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy hayoti, hamda kasb
tanlashida ahamiyati juda katta.
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda
bolalarga iqtisodiy bilimlarni berish va ularda iqtisodiy faoliyatni yurita olish
kunikma, malakalarni shakllantirish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich ta’lim tarbiya yoshidagi bolalar iqtisodiyot to‘g‘risida boshlang‘ich
tushunchalar olib, oila farovonligi mamlakat iqtisodiyoti bilan chambarchas
bog‘liqligini anglaydilar. Bolalarga odob-axloq doirasini tushunish, ko‘pchilikni
o‘ylash va unga bo‘ysunish, oila sha’niga dog‘ tushirmaslik, oila mulkini himoya
qilish kabi fazilatlar shakllantiriladi.
Iqtisodiy tarbiya ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilayotgan iqtisodiy
ta’lim bilan chambarchas xolda olib boriladi. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda
oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilik o‘rtasidagi mustahkam xamkorlikka
tayanish ijobiy natijalarni kafolatlaydi. Iqtisodiy ta’lim bolalarga xo‘jalik yuritish
tizimi (oila byudjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy
boyliklarni asrash, kupaytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va
hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik
jarayon. Iqtisodiy tarbiyaning asosiy maqsadi – yosh avlodga iqtisodiy faoliyat
sub’ekti sifatida karalgan xolda yosh avlodning kelajakdagi xayot faoliyatlarini
oshirish va buning uchun iqtisodiy faoliyat tuzilishini o‘rganish, undagi o‘zining
o‘rnini xis etish, zamonaviy iqtisodiy xulq-atvor me’yorlarini iqtisodiy
madaniyatni egallash, zamonaviy iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, mehnat
vositalariga va natijalariga tejamkorlik munosabatini tarbiyalashdan iborat.
Bugungi kunda mamlakatimiz shiddat bilan rivojlanib, xalqimiz o‘z oldiga
qo‘ygan ezgu va ulug‘ maqsadlarga erishishga intilmoqda. Bu maqsadlarga etish
uchun ota-bobolarimiz asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy,
ilmiy, adabiy qarashlarni ifoda etadigan ma’naviy meros, madaniy boyliklar,
bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlariga tayanamiz. Bu bebaho merosdan qanchalik
yoshlarimizni ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda,
jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda qudratli ma’rifiy
salohiyatga ega bo‘lamiz. Bular yoshlarimizni milliy o‘zligini anglaydigan, shu
bilan birga dunyoni chuqur o‘rgangan, zamon bilan hamnafas qadam tashlaydigan
etuk insonlar bo‘lib etishishiga yordam beradi.
Boshlang‘ich ta’limda iqtisodiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish 1-sinfdan boshlab matematika darslarida amalga oshirsa maqsadga muofiq bo‘ladi. Chunki matematika darslari orqali hisoblash jarayonlarida iqtisodiy fikrlash qobiliyatlari rivojlantiriladi. Misol uchun: 1-sinf matematika darsida hisoblash orqali o‘quvchilarda iqtisodiy fikrlashni o‘stirish. Dars jarayonida o‘quvchilar diqqatini, fikrlash qobiliyatini o‘stirish barobarida ularni tejamkor bo‘lishga va tadbirkorlikka ham o‘rgatib boriladi Ona tabiatni asrash, avaylash lozimligiga alohida ye’tibor qaratiladi. Undan tashqari maktabda olgan bilimlarini amalda qo‘llashga ham yo‘naltiriladi
Bola shaxsini kamolga yetkazish uchun kurashda oiladagi tarbiyaviy jarayonni pedagogik madaniyat asosida tashkil yeta olish juda muhimdir. Pedagogik madaniyat nima? Pedagogik madaniyat – bolani klassik va zamonaviy pedagogik bilimlarni bilgan holda zamon talabi asosida tarbiyalashdir. Ota-onada pedagogik madaniyat o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi, balki unga tarbiya bilan jiddiy shug‘ullanish, izlanish, o‘qish, tajriba orttirish orqali yerishiladi. Oilada bola tarbiyasini rejimdan boshlash, rejimni bolaning yoshiga qarab belgilash lozim; rejimga o‘rgangan bolada tartiblilik, intizomlilik xislatlari tabiiy ravishda rivojlanadi; shuningdek, uni tozalikka o‘rgatish kerak. Bu tarbiyaviy omillarni amalga oshirishda bolaning jismoniy rivojlanishiga, chiniqishiga ham ye’tibor, berib borishi lozim. Bola tilga kira boshlashi bilan nisbatan murakkab tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish kerak. Bola ozoda, intizomli, odobli qilib tarbiyalansa-yu, zamonaviy sotsial-psixologik va taraqqiyot talablari hisobga olinmasa, uning kelajagiga, baxtiga zomin bo‘lib qolish mumkin. Shuning uchun ota-ona ijtimoiy tarbiya muassasalari bilan hamkorlikda bolalarning kasb-hunarni, kompyuter savodxonligini, tillarni, badiiy adabiyotni, ilmni o‘rganishga sportga intilishini rag‘batlantirishlari zarur.Ota-ona sinchkov psixolog, nozik didli pedagog, bolaning kelajagini yaratuvchi bashoratgo‘y bo‘lishi lozim. Agar ota-ona boladagi iste’dod kurtaklarini o‘z vaqtida sezib, ularning rivojlanishiga sharoit yaratib bera olsa, bola shaxsining kamol topishiga katta yo‘l ochadi.Ma’lumki, “iqtisod” so‘zining ma’nosi keng bo‘lib, chuqur mazmunga yega. Ko‘p urindi bu so‘z xalq ichida “tejamkorlik” so‘zining sinomini sifatida qo‘llaniladi. Tejamkorlik haqida so‘z ketganda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikki tushunamiz.“Iqtisod” tushunchasiga, mashhur o‘zbek muayamini Abdulla Avloniy quyidagicha ta’rif beradi: “Iqtisod deb pul va mol kabi na’matlarning qadrini bilmakka aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o‘rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o‘rni kelganda, so‘mni ayamas. Sahovatning ziddi bahillik o‘ldig‘i kabi iqtisodning ziddi isrovdur. Alloh. Taolo isrof qiluvchilarni suymas”. Ota-bobolarimizning o‘z farzandlarini tejamkor bo‘lishga undaganlarini xalq og‘zaki ijodi misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan, tejamkorlik mavzui xalq maqollarida ham o‘z aksini topgan. Zero, bu maqollar yuz yillar davomida avloddan-avlodga o‘tib, xalqning dilida saqlanib kelgan. Maqollar kishilarning tarixiy tajribasi sifatida ko‘pgina sinovlardan o‘tib shakllanadi va chuqur ma’no kasb yetadi. Mana ularning ayrimlari: “Tejagan-birga birni qo‘shar, tejamagan birini ham boy berar”, “Pul topish uchun kuch-quvvat kerak, tejash uchun fahmu-farosat”, “O‘zingnikini bir bor tejamang, xalqnikini ming bor teja”, “Tejamligu rasomadlik-aka-uka, to‘g‘riligu halollik-opa-singil”, “Tejamkor-olqish olar, isrofgar koyishga qolar” va hokazo.
Ota-onalar bolalarining halol, rostgo‘y va sofdillikka odatlanib borishlarini diqqat bilan kuzatib borishlari kerak. Ular hech narsani boladan atayin yashirmasliklari va shu bilan birga uning ko‘z o‘ngida yotgan bo‘lsa ham, so‘roqsiz olmaslikka o‘rgatishlari zarur. Havas keltiradigan har xil narsalarni atayin bolaning ko‘z o‘ngicha qo‘yib, uni ana shu narsalarga beparvolik bilan, suhlik qilmay qarashga o‘rgatish lozim. Bola faqat o‘z xonadonidagi buyumlarinigina ehtiyot qilib qolmay, balki boshqa kishilarning buyumlarini ayniqsa, ko‘pchilik foydalanadigan buyumlarni ham yehtiyot qiladigan bo‘lishi lozim.Tejab-tergab ish ko‘rish odatlarini bolada mumkin qadar ertaroq tarbiyalamoq kerak. Odat mashq qilish bilan hosil bo‘ladi. shu yo‘l bilan bolada buyumlarni tejab-tergab turish istagini doimo rag‘batlantirib turish kerak.
Umuman olganda iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib ular bir-birini to‘ldiradi. Ularni biz o‘zimiz to‘liq anglab yetganimizdan keyin, o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlar berishimiz va shu orqali o‘quvchilarda iqtisodiy, bilim, iqtisodiy madaniyat, iqtisodiy dunyoqarashlar amalga oshiriladi. Iqtisodiy qonunlarni o‘rgatish orqali biz yoshlarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, qilayotgan sa’yi – harakatilari samarali bo‘lishga, tejamhga, avaylab asrashga, o‘rgatib isrofgarchilikka yo‘l qo‘yishning oldini olamiz. Iqtisodiy bilimlar har doim kishilik jamiyatining rivojiga hissa qo‘shib kelganligi bois iqtisodiy tarbiyaga yehtiyoj bor. Bunda ota-onalarning ta’lim tarbiya jarayonida uzluksiz ishtirok yetishi bolaning yetuk shaxs bo‘lib yetishishiga asosiy turtki bo‘ladi.