Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti



Yüklə 419 Kb.
səhifə10/13
tarix20.10.2022
ölçüsü419 Kb.
#118452
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga iqtisodiy tarbiya berishning pedagogik asoslari. B.M.I.

Umumiy Xulosa
Bugungi kunda mamlakatimiz shiddat bilan rivojlanib, xalqimiz o‘z oldiga
qo‘ygan ezgu va ulug‘ maqsadlarga erishishga intilmoqda. Bu maqsadlarga etish
uchun ota-bobolarimiz asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy,
ilmiy, adabiy qarashlarni ifoda etadigan ma’naviy meros, madaniy boyliklar,
bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlariga tayanamiz.Bu bebaho merosdan qanchalik yoshlarimizni ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda qudratli ma’rifiy salohiyatga ega bo‘lamiz. Bular yoshlarimizni milliy o‘zligini anglaydigan, shu bilan birga dunyoni chuqur o‘rgangan, zamon bilan hamnafas qadam tashlaydigan etuk insonlar bo‘lib etishishiga yordam beradi. Jamiyat rivojlana borgan sari, ko‘pgina tarbiya kategoriyalari kabi iqtisodiy tarbiya ham sekin-asta shakllanib borgan. Iqtisodiy tarbiya insoniyatning uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllandi. Bola o‘sib, ulg‘ayib borganidek, iqtisodiy tarbiya ham mustahkamlanib, yangi-yangi qirralarni kashf etadi. Iqtisodiy tarbiya kishining faoliyati va madaniyatini belgilovchi jarayon bo‘lib, u barcha xatoliklardan saqlaydi. Binobarin, bolaning huquqiy, axloqiy sifatlari ortib boradi. Iqtisodiy tarbiya odamning ma’naviy etukligini, mulkka bo‘lgan tejamkorlik hislari yuksakligini hamda tarbiyali ekanligini ko‘rsatadi. SHuning uchun iqtisodiy tarbiyasi yuksak bo‘lgan bola - el orasida e’zozli. Iqtisodiy tarbiya axloqiy tarbiya singari insoniy fazilatlarni, kishi qadrini oshiruvchi sifat. Bola o‘z hayoti, faoliyati jarayonida iqtisodiy odobga qanchalik intilsa, u shunchalik o‘z xato va kamchiliklarini tezroq tushunib etadi. Kishilik jamiyati taraqqiyoti negizi bir tarixiy bosqichdan boshqa bosqichga o‘tishining asosi moddiy ishlab chiqarish, ya’ni kishilarning yashamoqlari uchun zarur iste’mol ne’matlarini ishlab chiqarish ekanligini bugungi kunda hamma biladi. Har bir tarbiyachi xalqimizning asrlar davomida shakllangan o‘ziga xos odobi, urf-odatlari, qadriyatlari, insof, iymon, vijdon, diyonat, adolat, halollik va poklik kabi xislatlarni bolalarga o‘rgatib borishi shart. CHunki bugungi bola o‘zbek xalqining iqtisodiyotidan faxrlanishi, axloqli, iqtisodiy odobga ega bo‘lgan fuqarosi sifatida jahon xalqlari hurmatiga sazovor bo‘lishi lozim.
Iqtisodiy tarbiya tuzilishi asosan o‘zaro munosabat faoliyatdan tashkil
topgan. Faoliyat - bu insonning o‘rab turgan dunyoga bo‘lgan munosabati, o‘ziga
xos xususiyatlar, bir maqsadga qaratilgan hayot mazmunidagi o‘zgarishlar,
tuzatishlar kabilarni tashkil etadi. Inson faoliyatining asosiy ish turi mehnat bo‘lib,
u insonning ma’naviy va jismoniy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Mehnat
insonning muloqoti, o‘qishi va iqtisodiy faoliyatlari bilan chambarchas bog‘liq.
Mehnat asosida shaxsning iqtisodiy tarbiyasi rivojlanadi, aqliy va axloqiy kamoloti
ro‘yobga chiqadi. Binobarin, iqtisodiy ong va bilimlar rivojlanib boradi. Iqtisodiy ta’lim tarbiya orqali bola iqtisodiy madaniyatga erishadi. Hayotda, tajribada bilimli va bilimsizning iqtisodiy tarbiyasi barobar emasligini ko‘p uchratish mumkin. Bola qanchalik iqtisodiy munosabatlarda qiynalsa, u shunchalik iqtisodiy bilimlarni ko‘proq egallaydi. Bu holat bolaning yosh xususiyatiga bog‘liq.
Har bir mashgulot jarayonida bola tomonidan egallangan iqtisodiy bilim,
iqtisodiy qarashlar iqtisodiy tarbiya berishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Boshlang‘ich ta’lim bolalarini tarbiyalashda iqtisodga taalluqli tushunchalarni
shakllantirishda uning mazmuni, shakli va uslublarini takomillashtirish alohida rol
o‘ynaydi. Bu tarbiyachining bilim saviyasiga, pedagogik mahoratiga, o‘z kasbini
va bolani qanchalik sevishiga bog‘liq. Bolalarning mashg‘ulot jarayonida olgan
iqtisodiy bilimlari, ularning tushunishida, odamlar bilan bo‘ladigan o‘zaro
munosabatida namoyon bo‘ladi.



Yüklə 419 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin