Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga iqtisodiy tarbiya berishning pedagogik asoslari. B.M.I.
1.2. Sharq mutafakirlarning pedagogik merosida iqtisodiy tarbiya muammolari. Buyuk allomalarimiz islom qonun qoidalarini asos qilgan holda yaratgan asarlarida e’tiborni insonnning boylikka, mol-mulkka bo‘lgan munosabatini shakllantirishda, inson iqtisodiy tafakkurini, iqtisodiy ta’lim-tarbiyani shakllantirishi asosiy dasturi sifatida o‘z asarlarida foydalanishgan. Inson hayotida moddiy ne‘matning, boylikning rolini tushunarli, sodda tilda tushuntirib berishga harakat qilishgan, xususan, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy,Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqa allomalarimiz yaratgan asarlaridagi g‘oyalar, iqtisodiy tarbiya nazariyasining manbalari, o‘rganish obektlari bo‘la oladi. Buyuk daho, Aristoteldan so‘ng “ikkinchi muallim” deb nom qozongan Abu Nasr Forobiy o‘z hayotida ta‘lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat bergan. Moddiy ehtiyojlarning ahamiyati kishilik jamiyati taraqqiyotida uning rolini ko‘rsatib, mulkchilik va mulkdor bo‘lish xosiyati, xarajat va taqsimot to‘g‘risida qator muhim fikrlarni bildirgan. Ilm olishning zaruriyati, ta’lim tarbiya berish metodlariga alohida diqqat qaratgan.
Buyuk allomalarimizdan Abu Rayhon Beruniyning mehnat va hunar to‘g‘risidagi qarashlari bugungi kun uchun ham ahamiyatini yuqotmagan. U yashagan davrda Xorazm va O‘rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va ma‘naviy hayotida kishilik ehtiyojlarini paydo bo‘lishi va uni qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg’unlashib ketadi. Uning fikriga ko‘ra kishilar o‘zlarining zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. U davlatning paydo bo‘lishini ham ehtiyojdan deb hisoblaydi. Barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi. Insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo‘lganligi bilan emas, balki uning mehnati bilan belgilanadi.
Har bir zamonning o‘ziga xos odatlari bor. Unga hamma rioya qilishi kerak, aks holda nizom va bir xillik yo‘qolsa, tartib ham yo‘q bo‘ladi. Beruniy so‘zlari bilan aytganda inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson mehnati bilan ulug‘. Kishilik jamiyatining asl tarixi ham mehnatdan boshlangan. Bilimlarni egallash va hunar o‘rganish uchun ham mehnat qilish zarur. U mehnatni turlarga ajratib, ularning har biri talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelgan deydi. U barcha insonlar uchun foydali mehnat muvofiq ravishda taqdirlanishi lozim deydi. Abu Rayxon Beruniy inson ehtiyojini faqat pul, mol-dunyo bilan emas, balki mehnat, izlanish, yaratish, qurish, bunyod qilish, ilm olish, bilish orqali qondirish lozimligini ta’kidlaydi.
Abu Ali ibn Sino o‘zining buyuk «Tib qonunlari» asarida iqtisodiy tarbiya haqida so‘z yuritib, bola tarbiyasida mehnatning ahamiyatiga alohida urg‘u beradi. Barcha boyliklar halol mehnat bilan orttirilishi, ota-onalar o‘z farzandlarini kasb-hunarga o‘rgatishi va undan olingan daromad orqali halol yashash kerakligini aytadi. “Agar oila boshlig‘i, deydi ibn Sino, tajribasizlik yoki nohaqlik qilsa, u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va uning oqibatida bundanda yomon natijalar kelib chiqadi”. Uning fikricha, bola tarbiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, oila baxtli bo‘ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi.
Mutafakkir Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” asarida bola tarbiyasi haqida to‘xtalib shunday yozadi: “Farzand qanchalik bilimli, aqlli-hushli bo‘lsa, iqtisodni yaxshi o‘zlashtirsa, ota-onaning yuzi shunchalik yorug‘ bo‘ladi”7.
U bola tarbiyasida otaning mas’uliyatiga alohida e’tibor beradi. “Kimning o‘g‘il-qizida bo‘lsa, - deb yozadi muallif, unga uning o‘zi mungli yig‘laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo‘ysa, bolada gunoh yo‘q, barcha gunoh oilaning o‘zida. O‘g‘il-qizning xulq-atvori yaramas bo‘lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo‘ladi. Ota bolalarini nazorat qilib, turli hunarlar o‘rgatsa, ular ulgaygach, o‘g‘il-qizim bor deb sevinadi”. Ulug‘ bobokolonimiz ta’kidlaganidek, farzandlarimizga kasb-hunar va zamonaviy bilimlarni o‘rgatishimiz kerak. Toki ular o‘zlari qiziqqan kasb va hunarni o‘rganib, hayotdan ta’lim olib, bilimdon bo‘lsinlar, chinakam insoniy go‘zallikka erishsinlar, boqimandalikka, yalqovlikka, o‘g‘irlik va harom-harish ishlarga o‘rganmasinlar. Ammo kasb-hunardan dunyoda faqat boylik va mol-dunyo to‘plash uchun emas ezgulik va vatan taraqqiyoti uchun foydalanish kerak.
Demak, boylik ham hunar egalariga va bilimdon tadbirkorlarga munosibdir. Bilimli boyligini ezgulik, bilimsiz esa yomonlik uchun sarflaydi. Insonning vazifasi yaxshilik yaratishdan iborat bo‘lishi zarur. Mutafakkir yaxshilik va ezgulik chinakam insonlarning olijanob fazilatidir, degan xulosaga keladi. U “Agar dunyoda yaxshi kishilar bo‘lmaganida edi, haqiqiy insoniylik ham bo‘lmas edi”, degan falsafiy xulosani e’tirof etadi.
Iqtisodiy tarbiya nazariyasida Temur va temuriylar davridagi iqtisodiy ta’lim-tarbiya ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi. Iqtisodiyotni barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo‘jaligi va ayniqsa, savdoda) muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bunga to‘g‘ri tanlab olingan iqtisodiy g‘oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi. Amir Temur davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o‘ziga xos maktab yaratdi. Sohibqiron davlatida devoni buzruk (Bosh vazir) dan tashqari har bir viloyatda devon deyiluvchi boshqarma bo‘lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig‘ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar, bozorlar, hammomlar, yo‘llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi. Halqning hulq-axloqi kuzatib turiladi. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan, suroq, tekshirish, taftish va tergov ishlari olib borishardi. Ayniqsa, toshu tarozu to‘g‘riligini odil baho, tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qa’tiy jazolangan, eng muhimi bu ish to‘ppa to‘g‘ri bozorda, halq, oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 % narx qo‘yish mumkin bo‘lgan.m Temur saltanatini idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat ko‘rsatgan shunday vazirlardan:
Birinchisiga - yer soliqlari, boj, o‘lpon soliq undirish hamda mirshablik yumushlarini boshqarish yuklatilgan. Bu vazir mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni hal qilgan, viloyatlarda olingan hosil, soliq o‘lponlarini taqsimlagan.
Ikkinchi vazir - sipox vazir hisoblanib, sipoxiylarning maoshlari va ular bilan bog‘liq ishlarni boshqargan.
Uchinchi vazir - esa egasiz qolgan, o‘lib ketgan kishiilar va qochoqlarga tegishli mollarni, kelib ketayotgan, savdogar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarib, ularning barchasidan tuplangan daromadlarni omonat tarzida saqlagan. Agar g‘oyib bo‘lganlar va vafot etganlarning mol-mulki bo‘lsa, ularni o‘z me’rosxo‘rlariga topshirgan.
To‘rtinchi vazir - saltanat ishlarini yurituvchi vazir bo‘lib, u saltanatdagi jami idoralarning kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan xarajat, hatto otxona va saroydagi boshqa jonzotlarga qilingan xarajatlardan ogoh bo‘lib borgan. Vazirlar devonbegiga bo‘ysungan. Temurning hislatlaridan biri shu ediki, u biror masalani hal etishdan oldin shu sohaning bilimdon olimlari bilan maslahatlashar, so‘ng asosiy qaror qabul qilar edi. Amir Temurning davlatni boshqarishda yana bir yo‘nalishi u vaqti-vaqti bilan so‘roq, tekshirish, taftish, tergov o‘tkazib turgan. O‘z amalini suiste’mol qilish, poraxo‘rlik, doimiy ichkilik, maishiy buzuqlik kabilar og‘ir gunoh hisoblanib, qattiq jazolangan. U bunday paytlarda o‘zini ham, o‘g‘il va nabiralarini ham, qarindosh urug‘larini ham ayab o‘tirmagan. U o‘z davlat ishlarida mustahkam, qat’iy, barqaror turgan. «Temur tuzuklarida» shunday deyilgan: Menga bo‘ysungan yangi davlatlarda xurmatga loyiq odamlarga hurmat ko‘rsatdim. Men payg‘ambar avlodlariga, qonun targ‘ibotchilariga, olimlar va keksalarga nisbatan buyuk hurmatda bo‘ldim, ularga nafaqa belgiladim. Bu mamlakatlarning badavlat kishilari mening og‘aynimdek, yetim-yesir va kambag‘allari esa bolalarimdek bo‘lib qoldi. Mag‘lub bo‘lgan mamlakat qo‘shinlari mening qo‘shinlarimga qo‘shilardi. Men bu mamlakatlarda halq hurmatini qozonishga harakat qildim. Shunga qaramasdan fuqaroni qo‘rqinch va umid orasida saqladim. Yaxshilarga ular qaysi millatdan bo‘lishlaridan qa’tiy nazar men yaxshilik qildim. G‘arazli kishilar va sotqinlar esa mening davlatimdan quvildi. Menga tobe mamlakatlarda adolat eshiklari ochiq edi. Mag‘lub bo‘lgan davlat hokimlarini o‘z vazifasida qoldirdim. Unga maqtovlar yog‘dirdim va shundan so‘ng ularning to‘g‘riligiga hamda sodiqligiga to‘la umid bog‘lardim. Biroq ba’zi qaysarlari shoshapisha o‘zini-o‘zi to‘rga tushirar edi. Bunday hollarda men uning o‘rniga adolatli odamni tayinlardim. Men o‘lkalardagi yo‘llarning xavfli bo‘lishini istamasdim. Shaharlarga va shahar maxallalariga maxsus odamlar qo‘ydirdim, ular xalqning va askarlarning xavfsizligi ustida ish olib borardi. U joyda sodir bo‘lgan barcha javobgarlik uning bo‘yniga tushardi. Yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash va qo‘nib o‘tishga manzilgoh qurdirdim; qulaylik yaratish uchun katta yo‘llarga soqchilar qo‘yildi. Soqchilar yo‘lovchilarning har bir narsasi uchun javobgar edilar. Shu sababdan sayyohatchilar va savdogarlar ulardan o‘z mollariga soqchnlik qilishni talab eta olardilar. Shubhali va niyati bo‘zuq kishilarning ayblashlari hamda tuhmatlari bilan fuqarolarga jazo berish qozilarga qat’iyan man etilgai edi. Ammo biror shaxsning gunohi to‘rtta dalil bilan isbot qilinsa, u kishiga qilgan aybiga qarab jazo berilar yoki jarima solinardi. Barcha ishlarda bu ishlar qaysi o‘lka haqiga taalluqli bo‘lmasin hokimlarning adolat tomonida qattiq turishlariga buyruq berilgan. Qashshoqlikni tugatish maqsadida boshpanalar tashkil qildimki, kambag‘allar ulardan nafaqa olib turdilar. Bundan tashqari, Temourning soliqlar haqidagi qoidasi juda muhim ahamiyatga egadir. Temur yozadi, “Soliq yig‘ishda xalqni og‘ir ahvolga solishdan yoki o‘lkani qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lish zarur. Negaki, xalqni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi, xazinaning bequvvatligi harbiy kuchlarning tarqoqlanishiga bu esa o‘z navbatida, hokimiyatning kuchsizlanishiga olib keladi”. Temur Islomga tayanib, musulmon dinining nufuz-e’tiboridan foydalandi va o‘z davlatini mustahkamlash maqsadida boshqa dinlardan ham foydalanishga intildi. Temur davrida yirik shaharda masjid va madrasalar qurilib, ularda diniy ta’limot asosida islom, aruz ilmi, bayon, mantiq, tarix, geografiya kabi gumanitar fanlardan tashqari falakiyot, tabbiyot kabi aniq fanlar ham o‘qitiladi. Ta’limda sharhlab o‘qish, mustaqil mutolaa, munozara,
suxbat usullari qo‘llanilgan. Talabalar arab, fors, turkiy tillarda yozilgan asarlarni shu usullarda o‘qib, o‘rganganlar. Jamiyatdagi o‘rnatilgan tartib-qoidalarga ko‘ra insonlarda iqtisodiy fikr yuritish tarzi shakllanadiki, u o‘z navbatida mamlakatni yanada rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy ta’lim-tarbiya masalalarida buyuk bobokalonlarimizdan A.Navoiy o‘ziga xos alohida o‘rin tutadi. Uning iqtisodiy g‘oyalari “Hamsa”, “Mahbub ul-qulub” va boshqa asarlarida o‘z ifodasini topgan. Uning fikricha, mehnat – jamiyatning asosiy belgisi, uni ishlab chiqaruvchilar rivojlantiradi8. Shuning uchun ularga ortiqcha soliqlar solinmasligi, savdosotiqning rivajlanishi uchun bozorshlarda mahsulotlar bahosi meyorida bo‘lishini ta‘minlash lozim. ―Shahar olib sotarlari, - deb yozgan edi Alisher Navoiy, xiyonatchi, o‘z foydasini ko‘zlagan holda qahatchilik tilaydi. Chunki qahatchilik bo‘lsa, uning ishi yurishadi, molini bekitib sotib, yuqori bahoda pullaydi, maqsadi elga ziyon yetkazish, orzusi arzon olib qimmatga sotishdir. U shoyini bo‘z deb kamsitadi, sotishda bo‘zni shoyi deb ataydi‖. A.Navoiy o‘zining Mahbub ul-qulub asarida jamiyatning rivojlanishida savdo-sotiq tijorat ishlarining ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Savdogar, - deb yozadi buyuk allomamiz, yolg‘iz foydani niyat qilmasligi, savdo qilib foyda topaman, mol va pul ko‘paytiraman deb ortiqchakema surmasligi, mol va pul ko‘paytiraman deb jonsarak bo‘lmasligi kerak, savdogar boj-xiroj berish o‘rniga o‘z molini yashirib, o‘z obro‘sini to‘kmasa yoki topgan-tutganini merosxo‘rlarisotib sovurishi uchun tuplab qo‘ymasa yoki biror yomon hodisa qo‘zg‘ash uchun sarflamasa, jamg‘arma yaxshi bo‘ladi. A.Navoiyning savdogarlar to‘g‘risidagi ushbu so‘zlari xuddi bugungi kundagi tijoratchilar uchun aytilgandek tuyuladi. Yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida qo‘yidagicha xulosa chiqarish
mumkin.
Birinchidan, savdo, bozor, tijorat, mahsulot ishlab chiqarish, muomala jarayoni (oldi-sotdi) iqtisodiyotni rivojlantirishda yetakchi ahamiyat kasb etadi, tovarlar taqchilligini tugatishga xizmat qiladi. Ikkinchidan, savdo-sotiq davlat byudjeti daromadining manbai, mamlakat iqtisodiy qudratining tayanchlaridan biridir. Zero, savdogarlar davlat xazinasiga boj-xiroj to‘lab turishlari bilan moliyaviy munosabatlarda muhim o‘rin tutadilar. Uchinchidan, ulug‘ shoir savdogarlarni insofga, diyonatga chaqiradi, ulardan faqat o‘zfoydasini ko‘zlab ish tutmasligini talab qiladi. Bu g‘oyalar yoshlarning iqtisodiy munosabatlar, savdo qonun qoidalarini o‘rganishda asosiy tarbiyaviy dastur bo‘lib xizmat qilishi zarur. Albatta bunday mulohazalar ma‘nosini o‘quv yurtlarini bitirib, iqtisodning turli tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadigan yosh mutaxassis-tadbirkorlarga tushuntirish foydadan holi bo‘lmaydi. A.Navoiy baho mahsulot yetishtirishga sarflangan mehnatga emas, balki talab – taklifga ham bog‘liq ekani haqida fikr yuritadi. Shu bilan yuirga, ayrim savdogarlar o‘z tashabbusi bilan narx-navoni haddan tashqari oshirib yuborganini qayd qiladi. Tovar-mahsulot narxni bunday oshirish sotuvchilarga nisbatan jazo choralarini ko‘rishni ko‘zda tutib, insof va adolat tarozisi bilan narxni tartibga solishni tavsiya qiladi. A.Navoiy mamlakat ichki bozorining rivojlanishi tashqi bozorga bog‘liqligini ko‘rsatib o‘tadi. Shu munosabat bilan shoirning Astroboddan Husayn Boyqaroga yo‘llagan xati diqqatga sazovordir. U xatda shunday yozilgan: ―Yana ulkim, devoniylarga hukm bo‘lsakim, atrofdin kelgan bozurgon (savdogar)larning jonidan rioyat qilsalar (ularning manfaatiga zarar yetkazilmasin). Navoiy ijodida mehnat, ayniqsa dehqan mehnati juda katta o‘rin egallaydi. Dehqonchilik jamiyat hayoti va rivojlanishining asosi, unga moddiy faravonlik va ma’naviy ulg‘ayishning asosiy manbai deb qaraladi. Fuqaroning, bugungi tirik mavjudodni rizqu-ro‘zini yaratuvchi ham dehqon. Shoh hazinasini inju va oltinga to‘lishi, boyligi ham uning mehnatidan deb biladi. Alisher Navoiy shariat tomonidan belgilangan soliqlarni to‘lab turishni hamham qarz ham farz deb biladi. Lekin ularning haddan ziyod bo‘lishi fuqaro naroziligiga olib kelishini, ayniqsa, gadoylarning ko‘payishi, ularning (barcha turi) jamiyat hamma uchun havf tug‘dirishini ko‘rsaldi va ogohlantirdi. Alisher Navoiy jamiyatning himoyasiz, kambag‘al, yashash va o‘qish, ijod qilish uchun imkoni bo‘lmagan qatlamlari uchun ortiqcha mulkini xayr-ehson qildi. Shu davr tarixchisi Mirhond so‘zi bilan aytganda, ―faqiru miskinlarga muruvvat va shavqat yuzasidan manfaat va dildorlik ko‘rsatdi‖ U bizga insoniylikni, axloq-odobning shunchalik ko‘p qirralarini tasvirlab beradiki, ular hozir ham avlodlarda odamiylik, ulug‘ xislatlarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Umuman, IX-XV asrlarda Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan tanishishda shu narsa ayon bo‘ladiki, o‘lkada ilm-fan, san’at, adabiyot va hunarmandchilikning rivojlanishi va buyuk allomalarimizning asarlari va faoliyatlari yoshlarning ta’lim-tarbiya berishda muhim rol o‘ynagan.
Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: “Har kimki ilm xikmatni o‘rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog‘ – salomatligi yaxshi bo‘lsin, yaxshi ahloq va odobi bo‘lsin, so‘zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo‘lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo‘lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to‘g‘risida bilimga ega bo‘lsin”. Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko‘rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog‘i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo‘lib yetishmaydi.
Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro‘zg‘or tutish masalalari xususida ham so‘z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O‘z kamchiliklarini tuzatishga qodir bologna ota – ona tarbiyachi bo‘lishi mumkin. Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g‘ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo‘lish unga nasixat qilishdir. Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o‘zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishdaasosiyomildebbiladi.
Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo‘lib kamol topmog‘i kerak. Buning uchun u tug‘ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog‘i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‘i shart. Shundagina ularning noo‘rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi.
Mirzo Ulug‘bekning oila muhiti sog‘lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo‘lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o‘rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa o‘qimishli ota – onalar o‘z farzandlarining haqiqiy inson bo‘lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim. Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo‘lib o‘sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o‘zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo‘lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o‘qtiradi.
Voiz Al – Koshifiyning o‘qtirishicha insonni ta’lim – tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobilyatni o‘stirish mumkin. Koshifiy o‘zining pedagogik qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirish masalasiga aloxida e’tibor beradi. Ota – onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muxit muxim o‘rin tutadi. Bola to‘g‘ri so‘zli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak.
Jaloliddin Davoniy ota –onaning bolani tarbiyalashdagi axamiyatiga keng to‘xtalgandi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq – odob qoidalarini muayyan bir kasbni egallashiga ko‘maklashishi ilm – fan va kasb – hunar egallashining moddiy asosi bo‘lmishoziq – ovqat, kiyim – kechak, kerakli buyum va jixozlarni yetkazib berish uchun jozibalik ko‘rsatishi kerak.
Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Muslixiddin Sadi Sheroziy fikricha, oila, bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U ma’suliyatli tarbiyachidir. Ota o‘z bolalarini tarbiyalashi, o‘qitishi, hunarga o‘rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak. Sadining pedagogik qarashicha bola qobiliyatli va kamqobiliyatli bo‘lishi mumkin. Qobiliyat o‘z – o‘zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak, tarbiya bo‘lmasa, boladagi qobiliyat so‘nadi, tarbiyani 3 asosiy – aqliy, nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga bo‘ladi. Adib Bolani tarbiyalash vazifasini ularning ota – onalariga, ya’ni oilaviy tarbiyaga kata e’tibor beradi. Sadi ota – onalarga xarakterini hisobga olgan holda axloqiy tarbiyani bolaning yoshligidan boshlashni tavsiya etadi, xarakter shakllangach, bolaga ta’sir etmaydi. XIX asr o‘zbek ijtimoiy va adabiy xayotning yirik vakillaribiri Komil Xorazimiy o‘z asarlarida ma’rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik g‘oyalarini olg‘a surdi.U ilm-ma’rifatning xalq, jamiyat farovonligiga, insonning axloq kamolatida tutgan o‘rni, axloqiy va nafosat tarbiyasini uzviy birligi xaqidagi pedagokik fikrlarini xam bayon etadi. Komil Xorazimiyning fikricha ilm-xunar, ilm-ma’rifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy ma’naviy xayotning rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik eskirmaydigan, eng go‘zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bo‘lganlar obro‘-e’tiborli komil insonlardir. Kamtarlik insonni turli noxushlikdan xijolatdansaqlaydi.
Shoir tarixshunos, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy tilga ko‘p erk bermaslikni maslaxat beradi. Uning ta’kidlashicha, ortqcha so‘zmonlik kishi boshiga olin o‘rniga qattiq tosh bo‘lib tegishi mumkin. Shoir yomon so‘zli, ozor beruvchi murodlar sifatini tasvirlab, kishilarni jumladan yoshlarni ular bilan hamsuxbat bo‘lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o‘z asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli bo‘lishga, jaxolatdan yiroq turishga da’vat etadi, uning fikiricha, adolat sharaf ko‘rki, osoyishtali, xushnutlikdir. U yoshlarni kamtarlik bilan muloqotda bo‘lishga, ularni hurmat qilib e’zozlashga chorlaydi. Munis Xorazmiyning asarlariga bayon etilgan ta’lim – tarbiyaga oid fikrlar faqat u yashagan davr uchun emas, balki xozirgi davr uchun ham qimmatlidir. Mohlar oyim Nodiraning inson va tabiatiga nisbatan qarashlariga faqat shaxsiy tuyg‘u emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy an’analarning roli haqidagi fikrlari ham namoyondir. Nodiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g‘oyalari-adolat, insof, xalq manfaati muxim o‘rinni egallaydi. Nodira xayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha, kimki tiriklik chog‘ida yaxshilik bunyod etgan bo‘ladi, o‘zining bu ezgu ishlari bilan o‘zidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi. Umuman, Nodira o‘z she’rlarida barkamol insonni ulug‘laydi. Ta’lim – tarbiyaga oid ko‘p foydali o‘gitlarni bayon etdi.
Muxammad Rizo Ogahiy o‘z ijodiy faoliyatini pedagogik qarashlarida nafosat tarbiyasi ham yuqori baholanadi. Ogahiy milliy an’analarimiz mexmondo‘stlikni go‘zal fazilatlardan biri hisoblaydi. Mehmonga chuqur xurmat bilan qarash, mehmon kutish, kuzatish odobi Ogahiy ijodidan o‘z ifodasini topdi, odamlarni bu fazilatni egallashga da’vat etdi. Ogahiyning ta’kidlashicha, insonga do‘st va dushmanni ajratib olish xayotda o‘z o‘rnini topib olishda g‘oyat muximdir. Uning fikricha to‘g‘ri so‘z kishilar xayotda qiyinchilik bilan yashasalarda, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar. Ogahiy ta’lim-tarbiya ilmlarni egallash va tilni bilishda xam muxim axamiyatga molik ekanligini ta’kidlaydi. Muxammad Rizo Ogaxiy o‘z ijodiy faoliyatida binobarin yoshlarni odamlarni xalq, vatan, jamiyat farovonligi yo‘lida xizmat qilishga da’vat etdi. U do‘stlikni mehmondo‘stlikni axloqiy go‘zallikni ulug‘ladi. Insonlarni ziyraklikka, to‘g‘ri so‘zli bo‘lishga chorlaydi. Ogahiyning bu fikr o‘gitlari hozir ham pedagogik qadriyat sifatida qimmatlidir. Berdimurod Berdaq Qaraqolpog‘iston xalq shoiri butun ijodi davomida xalqlar tengligi, insonparvarlik, vatanparvarlik, adolat haqidagi g‘oyalarini olg‘a suradi.
Berdaq insonning shaxsiy baxti xalq baxti bilan bog‘liq deb biladi. Uning ta’kidlashicha, har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o‘z shaxsiy manfaatini xalq manfaati bilan birlashtirishi, xalq baxti uchun kerak bo‘lsa jonini ham ayamasligi kerak. Berdaqning fikricha inson oliy axloqiy sifatlariga, chunonchi, beg‘arazlik, olijanoblik, vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik fazilatlariga ega bo‘lishi lozim. Berdaq yoshlarning aqliy tarbiyasida maktabning mavqyei katta ekanligini ta’kidlaydi. Maktabda bolani yaxshi xulqi atvorli qilib tarbyalash lozim. Uning fikricha maktabda dars beruvchi muallim o‘z xushmuomilaligi, pok qalbligi, haqgo‘yligi, o‘z fanini yaxshi puxta bilishi bilan bolalarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Berdaq oilaning bola tarbiyasida, muxim o‘rin tutishni aloxida ta’kidlaydi, oila muxitida ota – onalar bilan bolalar o‘rtasida o‘zaro hurmat bo‘lgandagina tarbiya yaxshi natijalarga erishishi mumkinligini aytadi. Berdaqning uqtirishicha, inson tug‘ilgan kundanoq tarbiyaga muxtojdir, uning ilk tarbiyachilari, albatta ota – onalardir. Berdaqning fikricha barcha odamlar insonparvar va adolatli bo‘lsa jamiyat gullab yashnaydi. Buning uchun esa, xalqqa ta’lim berish, unda ijobiy xulq-atvorni’tarbiyalash’lozim.
Markaziy Osiyo xalqlari ilm – fani va madaniyatini jaxon miqyosiga olib chiqqan Markaziy Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib xissa qo‘shgan ulug‘ siymolardan biri Mirzo Ulug‘bek. U avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarini egallashga da’vat etdi. Faqat rivojlangan fan va madaniyat inson tafakkurining komil topishini ta’minlashga ishondi. Allomaning takidlashicha, bolaning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o‘rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa, o‘qimishli ota – onalar o‘z farzandlarining xaqiqiy inson bo‘lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.
Mirzo Ulug‘bek o‘z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog‘lom, harbiy xunarni puxta egallagan, jasur, mard bo‘lib yetishuviga aloxida axamiyat beradi. Ulug‘bekning fikricha odam sog‘lom va baquvvat bo‘lishi uchun yoshlik chog‘idayoq jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi, ta’lim – tarbiyada poraxo‘rlik, qalloblik bo‘lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo‘lishi kerak.
Buyuk shoir va olim, fors – tojik mumtoz adabiyotning ulug‘ namoyondasi Nuriddin Abduraxmon Jomiy o‘zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o‘lmas me’ros qoldiradi. U o‘z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo‘lda yozilgan «Baxoriston» asarida ta’lim – tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi. Jomiy o‘z asarlarida yoshlarni ilmlarini egallashga da’vat etadi. U o‘z pedagogik qrashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so‘z bilan zulmkorlarga ma’sir etishga da’vat etadi. Ma’lumki, «iqtisod» so‘zining ma’nosi keng bo‘lib, chuqur mazmunga yega. Ko‘p urindi bu so‘z xalq ichida «tejamkorlik» so‘zining sinomini sifatida qo‘llaniladi. Tejamkorlik haqida so‘z ketganda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikki tushunamiz. “Iqtisod” tushunchasiga, mashhur o‘zbek muayamini Abdulla Avloniy quyidagicha ta’rif beradi: “Iqtisod deb pul va mol kabi na’matlarning qadrini bilmakka aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o‘rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o‘rni kelganda, so‘mni ayamas. Sahovatning ziddi bahillik o‘ldig‘i kabi iqtisodning ziddi isrovdur. Alloh. Taolo isrof qiluvchilarni suymas”.