BMI predmeti: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy tarbiyani shakllantirish jarayonining mazmuni, shakli va uslublari.
BMI ilmiy -amaliy ahamiyati:
Sharq mutafakirlarning iqtisodiyot to‘g‘risidagi fikr mulohazalari zamonaviy talabalarga muvofiq, yangicha izohlash bilan tartibga keltirish.
Boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarning iqtisodiy tarbiyasini takomillashtirishda xalq urf-odatlaridan va an’analaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari zamonaviy talablarga muvofiq yangicha izohlanadi.
O‘quvchilarda iqtisodiy tarbiyani shakllantirishda aniq fanlar ta’limi tizimining yangilangan mazmuni tanlab olish.
BMIning ilmiy yangiligi:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy tarbiya berish jarayonida foydalanadigan metod va vositalar, ta’limning tashkiliy shakllariga amaliy o‘zgarishlar kiritish orqali, o‘quvchilarda iqtisodiy tarbiya berish uchun nazariy tavsiyalar ishlab chiqish.
O‘quvchilarga iqtisodiy tarbiyani shakllantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida asoslab berilishi.
Boshlang‘ich talim o‘quvchilariga Sharq mutafakirlarning ilg‘or g‘oyalari , tarixiy tajriba ekanligi aniqlanib va nazariy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Boshlang‘ich talim o‘quvchilariga iqtisodiy tushunchalarni shallantirishga yo‘naltirilgan nazariy tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishini metodlari: Boshlang‘ich ta’limda iqtisodiy bilimlarni o‘rganishga oid adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish.
Bitiruv malakaviy ishini tuzulishi: kirish, ikki bob olti bo‘lim, xulosa,tavsiyalar va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I.bob.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy tarbiyani shakllantirishning asosiy vazifalari.
1.1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya berishning nazariy asoslari.
Iqtisodiy bilimlarni o‘rganish iqtisodiy jarayonlarning tub mohiyatini to‘g‘ri
tushunishda qo‘l keladi. Shuning uchun bunday bilimlarni yoshlikdan o‘zlashtirib
olish yaxshi samara beradi. Shu sababli mazkur bitiruv malakaviy ishida
insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosi bo‘lgan iqtisodiyot tushunchasini uning oldida turgan vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi
va iqtisodiy tarbiyaning vujudga kelishi borasida qisqacha to‘xtalib o‘tish zaruriyati bor.
Iqtisodiy tarbiya – shaxsni iqtisodiyot asoslari bilan tanishtirish, tejamkorlik,
mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob – kitob va shu
kabilar haqida fikrlay olish kabi qobiliyatni kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya – bu ta’lim oluvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish negizida mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to‘ldirish, kichik va o‘rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, inson mehnati bilan bunyod etilgan moddiy boyliklarni asrash, ularni ko‘paytirish qayg‘urish tuyg‘ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirishdir.
Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan doimiy boyitib kelingan3. Al-Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino asarlarida iqtisodiy tarbiya va uni bolalarga berish haqidagi muhim fikrlarni ko‘rish mumkin. Bolalarni ishbilarmonlik, tejamkorlikka o‘rgatish oiladan boshlanadi. O‘quvchilar maktabda turli fanlarni o‘qish jarayonida ham iqtisodiy bilimlarga ega bo‘ladilar. Davlatimizning moddiy va ma’naviy yuksalishi borasidagi iqtisodiy qonunlar bilan o‘quvchilar tabiiy fanlarni o‘rganishda tanishsa, jamiyatshunoslik darslarida xalq farovonligini yuqori darajaga ko‘tarishda iqtisodiy bilimlar zarur bo‘ladi degan fikrni pedagogika fanlari doktori professor Sh.Abdullayeva o‘zining ilmiy asarlarida berib o‘tgan. Shu bilan bir qatorda olima mehnat darslarining ham iqtisodiy tarbiya berishdagi o‘rniga ham to‘xtalib o‘tadi.
Bugungi kunda umumiy ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘tiladigan barcha fanlar zamirida iqtisodiy tushunchalarni yoshlar ongiga singdirish orqali ularni hayotga tarbiyalab borish yo‘lga qo‘yilmoqda. Boshlang‘ich ta’limning 1-4 sinflarida o‘quvchilarga singdirilishi lozim bo‘lgan tushunchalar nafaqat dars jarayonida balki darsdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda ham har xil o‘yinlarni o‘tkazish jarayonida o‘quvchilar ongiga singdirib boriladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki o‘quvchilarda iqtisodiy tarbiyani yuksaltirishda mehnatning o‘ziga xos ta’sir etish kuchi bor. Shuning uchun ham o‘quvchida iqtisodiy tarbiyani shakllantirishda mehnat tarbiyasi bilan integrasiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyot–yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, uy xo‘jaligini boshqarish degan ma’noni bildiradi. Iqtisodiyot – inson faoliyatining iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, uning natijalarini o‘zlashtirish, mavjud moddiy va mehnat imkoniyatlaridan foydalanish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarning muhim tomonidir. Iqtisodiy ta’lim – bu maxsus tayyorlangan kishilar (mutaxassis pedagoglar) rahbarligida amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, unda ta’lim oluvchiga iqtisodiy ta’lim berish, ya’ni iqtisodiyotning ma’lum tamoyillari, qonun-qoidalarini hamda kategoriyalarini tushuntirish va iqtisodiyotning ma’lum sohalari haqidagi bilimlarni o‘qitish amalga oshiriladi. Iqtisodiy ta’lim pedagogikasi iqtisodning umumiy asoslari haqida baxs yuritadi.
Iqtisodiy ta’limning asosiy maqsadi – o‘quvchi (talaba)ga iqtisodiy faoliyat subyekti sifatida qaralgan holda o‘quvchilarning kelajakdagi hayot faoliyatlarini oshirish va buning uchun iqtisodiy faoliyat tuzilishini o‘rganish, undagi o‘zining o‘rnini his etish, zamonaviy iqtisodiy xulq-atvor me’yorlarini iqtisodiy madaniyatni egallash, zamonaviy iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, mehnat vositalariga va natijalariga tejamkorlik munosabatini tarbiyalashdan iborat. Insoniyat hayoti va unung taraqqiyoti jarayonlarida fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, ma’naviyatga oid bilimlarni o‘rganib ularni o‘zlashtirib borishi natijasida o‘z maqsadlari sari olg‘a qadam tashlaydi. Inson o‘z umri davomida orzu qilib, unga erishib yaxshi kun kechirishlari uchun, ularga doimo oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli hayotiy ehtiyoj vositalari zarur.
Qachonki insonlar ushbu ehtiyojni qondirishda ma’lum qilish, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lsalar ular rial hayotda iqtisodiy va ma’naviy inqirozlarga duch kelmaydi. Bugungi kunda, butun dunyoda ma’naviy iqtisodiy inqirozlar kuzatilayotgan bir paytda, butun dunyo ahli, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning bu boradagi iqtisodiy siyosatini ma’qullab, uning “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori,4” deb nomlangan asarini o‘rganmoqda.
Iqtisodiy faoliyat nima degan savolga “Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ite’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi”- degan javobini berishimiz mumkin. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan. Shuning uchun qadimgi yunon olimlarining (Ksenafont, Platon, Arisotel asarlarida iqtisodiyot – xo‘jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Lekin hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xo‘jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot – yirik xususiy xo‘jalik, jamoa xo‘jaligi, xissadorlik jamiyatlari, davlat xo‘jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, qo‘shma korxonalar, davlatlar o‘rasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o‘ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi. Buning ustiga barcha resurslarimiz – pul mablag‘lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini toppish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu tushunchalarni bo‘lajak o‘qituvchilar, boshlang‘ich sinflarda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘quvchilarning o‘zi yaxshi anglab yetsa, uning asl mohiyatini o‘quvchilarga yetkazib berish oson kechadi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalar, shakllari qanday bo‘lishdan qatiy nazar ularning hammasi bir maqsadga bo‘ysungan, u ham bo‘lsa insoniyatning yashashi, ko‘payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir.
Inson ham tavar sotuvchi ham tavar oluvchi rolini bajaradi. Bu jarayonda ulardan bir qismi ishlab chiqaruvchi – ikkinchi qismi esa istemolchi, demak ishlab chiqaruvchi – istemolchilar mavjud. Insonlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, uy-ro‘zg‘or buyumlari, transport isitish va sovutish, uzatgich, yoritgich kabi bir qator vositalar kerak. Uning barchasi yashashi uchun kerak bo‘lganligi sababli biz ularni ehtiyojlar deb ataymiz.
Ehtiyojlar:
tabiiy ehtiyoj
moddi yehtiyoj
ma’naviy kabi ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlalakat, ayrim korxona va firma, oila
ixtiyorida to‘planib, ayni vaqtda mavjud bo‘lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat
ko‘rsatish, ularni iste’molchiga etkazib berishda hamda iste’mol jarayonlarida
foydalanish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar va barcha manbalar tushuniladi. Bizga ma’lumki, iqtisodga oid ehtiyojlar va ularga mos tavarlar doimo inson uchun qiziqarli manba bo‘lgan va unga erishish yo‘llari doimo inson tafakkurining birinchi bosqichlaridan o‘rin olgan. Misollarga murojat qilsak. Iqtisod ilk bobolar hayotidan boshlab, antik adabiyotlar Platon, Arisotel qadimgi Misr, Xiroy, Hind va Markaziy Osiyo olimlarining asarlaridan ham o‘rin olgan. Bunday buyuk insonlar o‘z asarlarida inson hayoti uchun zarur bo‘lgan xom oshyo buyumlari ishlab chiqarilgan tavarlar naqadar zarur ekanligini ko‘rsatibgina qolmasdan uni qo‘lga kiritish, undan foydalanish, ularga sayqal berib va kelgusi avlodga yetkazish texnologiyalarini ishlab chiqqanlar.
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oyid g‘oyalari 1482 yilda yozilgan “Vaqfiya” va 1500 yilda yozilgan “Mahbub Ul Qulub” asarlarida bayon etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga bo‘lib:
birinchi qismini ketgan xarajatga,
ikkinchi qismini o‘zining va oilasining ehtiyojlariga,
uchinchi qismini aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. A.Navoiy o‘z asarlarida inson mehnatiga alohida to‘xtalib o‘tadi. U biylikni har bir inson o‘zining halol mehnati bilan topishi shart deydi ya’ni shu narsani tasdiqlaydiki hech bir inson o‘zi uchun zarur bo‘lgan barcha istemol buyumlarini o‘zi yarataolmasligini, shuning uchun ham ular bir-biri bilan iqtisodiy aloqada, munosabatda bo‘lishlari obektiv zaruriyat ekanligini asoslab beradi.
Odamlar o‘z faoliyatlari jarayonida iqtisodiy manbaga va kuchga zarurat sezib, uni to‘plash paytida bo‘lganlar. Ular bir necha yo‘llarda ish olib borishlari shulardan biri. Merkantelizm odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda asosan tashqi savdoda-muomala jarayonida paydo bo‘ladi, ko‘payadi, savdoda band bo‘lgan mexnat unumli mexnat, boshqa mexnatlar esa unumsizdir, degan fikrni olg‘a suradi. Bunday fikrlarga qarshi A. Smit, U.Petti, D.Dekardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar o‘zlarining boshqacharoq fikrlarini bildiradi. Ular boylik faqatgina qishloq xo‘jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida ham yaratiladi degan xulosaga keladilar. Shuni aytish kerakki, A.Smitning “ko‘rinmas qurol” tamoili hozirgi kunda juda ko‘p tilga olinmoqda. U o‘zining “xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida” (1776)5 degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag‘bat shaxsiy manfaatdir deb ko‘rsatadi. Inson o‘z shaxsiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni foyda olishga intilib mehnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yaratadi, boshqalarga etkazib beradi, o‘z kapitalini ko‘paytiradi va shu intilishda o‘zi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadi deb tushuntiradi. U kapital, mehnat, tovar, ishchi kuni va boshqa resurslarining erkin harakatini ta’minlash tamoilini ilgari suradi. Ushbu maktabning “klassik” deb nom olishiga ularning quyidagi yutuqlari sabab bo‘ldi:
Birinchidan: A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni o‘rganishga ilmiy yondashuv
beradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvoffaqiyatli qo‘lladilar. Aynan
anashu usullar yordamida ular merkantilislarning boylikning mabasi savdo degan
g‘oyasini asossiz ekanligini isbotlashdi.
Ikkinchidan: iqtisodiyot to‘g‘risidagi barcha yig‘ilgan bilimlarni klassik maktab namoyondalari ma’lum bir ilmiy tizimga keltirdilar. Bu narsaga ular birinchi bo‘lib iqtisodiy tavarlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istemol o‘rtasidagi tizimli aloqani tadqiq etgani sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng yoshlarni har tomonlama kamol toptirishga qaratilgan ta’limiy-tarbiyaviy ishlar yo‘lga qo‘yila boshladi. Bir necha zamonlar o‘tishi bilan iqtisodiy tarbiyaga, ma’naviy tarbiyaga, ma’rifiy tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojlar turli darajada tus ola boshladi. Bugungi kunga kelib iqtisodga oid manbalar juda ko‘plab uchraydi. Ulardan foydalanishda esa o‘qituvchi uning asarlarini o‘rganib chiqsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuning uchun ham biz o‘zimizning ushbu bitiruv malakaviy ishlarda unga ko‘rsatib o‘tishni maqsadga muvofiq deb topdik. Bolalarga maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish muammosi ko‘pdan buyon pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda. Avvalo, iqtisodiy tarbiya haqida mukammal tushunchaga ega bo‘lmoq darkor. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o‘rin tutishini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o‘z ishiga pishiq bo‘lishi kerak. Shunda u o‘z mehnatining natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin.
Abu Nasr al-Farobiy insonga yashash uchun juda ko‘p narsalar kerakligi va ularni vujudga keltirish yo‘lida boshqa shaxslarga murojaat qilishni e’tirof etadi. Bu o‘rinda olim iqtisodiy aloqa zaruriyatini ko‘rsatib o‘tgan edi. Darhaqiqat, iqtisodiy aloqa o‘rnatish uchun odamlar, davlatlar, jamiyatlar integrasiya yo‘lida harakat qiladilar. Hozirgi paytda bu fikr nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini Evropa amaliyoti misolida ko‘rib turibmiz. Iqtisodiy integrasiya davlatlarga faqat boylik keltirayapti. Mazmuni olamcha bo‘lgan bu o‘gitlar ota-onalar tomonidan farzandlar ongiga singdirilayotgani xasislik alomatlari emas, balki turmush tajribasining durdona xulosasi, tejamkorlikka undashdir.
Tejamkorlik tarbiyasiga axloqiy tarbiyaning hisob-kitob bilan yashashga o‘rgatadigan muhim sohasi sanaladi. Ishlab chiqarish korxonasidami, ro‘zg‘ordami, tabiat bag‘ridami, qayerda bo‘lmasin, tejalgan ne’mat katta ijtimoiy ahamiyatga ega. Agar biz o‘zimizga berilgan rizqu ro‘zimizni tejamkorlik bilan iste’mol qilsak, jamiyatimiz boyligini tejagan bo‘lamiz. Jamiyat mulkini, boyligini tejab borsak, uning navfi har bir kishiga tegishi muqarrar. Demak, jamiyat mulkini tejash orqali o‘zimizdan tashqari jamiyatga ma’lum darajada foyda keltirgan bo‘lamiz. Ham shaxsiy, ham ijtimoiy mulkni barobar tejash esa bizdan dunyoqarashimiz va axloqimiz, turmush tarzimiz darajasini namoyon etadi.
Tejamkorlik jarayoni oila yoki davlatning moddiy qudratini mustahkamlashdan tashqari, odamlarni turmush kechirish me’yoriga amal qilishni ham vujudga keltiradi. Non, tuz, qog‘oz, yoqilg‘i, elektr quvvati, gaz, neft, ruda, mato, qo‘yingki, barcha ne’matlar-aziz. Ammo inson o‘zi yaratuvchi, o‘zi iste’molchi, o‘zi nazoratchi bo‘lganligi uchun ham, ularning hammasidan arzonroqdir. Shu sababli, avvalo, insonning o‘zini uning umri, kuchi, aql-zakovati, iste’dodi, kayfiyatini, mehnatga qobiliyatini asrash umrining uzaytirish tejamkorlikning eng hususiyatli tomoni hisoblanadi. Vaqt- inson ixtiyoridagi bebaho xazina. Uni faqat dunyoni o‘rganish va o‘zgartirishga, shaxsiy manfaati va el-yurt xizmatiga, mehnat samadorligini oshirish va mahsulot tannarxini arzonlashtirishga sarf etish hususiyati har bir kishida shakllanishi zarur bo‘lgan ulug‘vor fazilatdir. Tejamkorlik hususiyatlari kishilarda ularning majoziy xislatlariga muvofiq ravishda shakllanadi va xasislik, pishiqlik, sahiylik, xalollik tarzida ko‘zga tashlanadi. Xasis kishilar o‘z imkoniyatlarini tejashga doimo intiladilar, ammo o‘zgalarning va jamiyat manfaatini himoya qilishga moyil mo‘lmaydilar, undaylar shaxsiy manfaat, boyligini ko‘paytirish jazavasi bilan yonib, muruvvat va odamiylikni unutib yashaydilar. Bunday kishilar sarxil mevamiz
bozoriga, sutimizning qaymog‘i haridorga, nonimizning mazalisi, ko‘rpa to‘shakning yangisi, xonamizning chiroylisi mehmonga, o‘zimiz sifatsiz ne’matlarni tozalab yeb, labi uchgan idishlar ishlatsak ham, yashasak ham bo‘laveradi, deb tushunadilar. Bu bilan obro‘ orttirishga intiladilar. Ular "Topganingdan yetarlisini yeb-ichib, kiy, salomat, tetik, bearmon yasha», degan g‘oyaga qarshi ish tutib, farovonligimizning asl mazmuniga putur yetkazadilar: yashash va daromad qilishning vijdonga, tarbiyaga xilof usullarini qo‘llab, ba’zan ko‘pchilikning nafratiga duchor bo‘ladilar, o‘z xasisliklari, yasama xushomadlari, yolg‘on mulozamatlari bilan turmush kechirish, mehmon kuzatish va farzand tarbiyalash madaniyatiga dog‘ tushiradilar. Pishiqlik daromad va harajatni to‘g‘ri rejalashtirish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, xo‘jasizlikning oldini olish manbaidir. Ro‘zg‘orda yoki xo‘jalikda bor narsani qizg‘anmaslik, inson qadrini moddiy jihatdan rag‘batlantirib borish saxiylik alomatidir. Saxiylik kishilarda kamtarlik, soddalik, ko‘ngilchanlik, raxmdillik, samimiylik, mehmondo‘stlik, muhtojni qo‘llash, berilgan yordamni ta’na qilmaslik hususiyatlari ustun bo‘ladi. Saxiylik yuksak darajadagi insonparvarlikdir. Shu bilan birga saxiylik, tejamkorlik ruhi bilan sug‘orilmog‘i kerak. Yoshlarga daromad hajmini belgilash va harajatning me’yorini barqarorlashtirish, boshqacha aytganda, ne’mat yaratish va uni tasarruf etish rejasini ishlab chiqish va unga qat’iy amal qilish ko‘nikmasi singdirilishi darkor.
Demak, tejamkorlik tarbiyasining mazmuni, ta’sirchanligi va samarasi bilan bolalar dastlab o‘z oilalarida tanishadilar. Ota-onaning hal qiluvchi roli ana shu tanishuvdan boshlab yuzaga chiqadi va sekin-asta kuchaya boradi. Namuna ko‘rsatish, ishontirish, nasihat qilish, maslahat berish yo‘li bilan farzandlarni tejamkor bo‘lishga safarbar etish, ular faoliyatini doimo nazorat qilib borish, lozim bo‘lsa, isrofgarchilik qilganlari uchun jazolash va ota-onalarning tarbiyalay olish mahoratlariga bog‘liq. Tarbiyaviy ta’sir tarbiyalanuvchi shaxsida qisqa muddatli, uzoq muddatli, beqaror yoki turg‘un asorat hosil qilishi mumkin. Ta’sir qanchalik to‘g‘ri, asosli va kuchli bo‘lsa, farzandlarda tejamkorlikka moyillik, ishqibozlik shu qadar mustahkam shakllanadi.
Ota-onalar hovli va xonadonlarni tartibga solish, ovqat pishirish, kir yuvish va kiyim-kechakni yamash, ro‘zg‘or asboblari va uydagi jihozlarni ta’mirlash sohasida bolalar mehnatini tashkil etadilar. Bunda ota-ona yumushlarni bolalarga ularning jismoniy, aqliy, ruhiy imkoniyatlarini hisobga olgan xolda topshirishlari kerak. Matbuot, radio, televideniye xabarlari, o‘qituvchilar, tarbiyachilar tomonidan berilgan tejamkorlikka oid ma’lumotlar, ota-onalar hamda keksalarning bu to‘g‘ridagi maslahatlari, tanbehlari ham bolada mazkur tushunchaning kengayishiga ijobiy ta’sir etadi.
Darhaqiqat, tarbiyaning samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan oila, maktab, jamoatchilik va mehnat jamoalarining bahamjihat kuch-g‘ayrat sarflariga va o‘quvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablari bir xil bo‘lishiga bog‘liq. Maktab sharoitida iqtisodiy tarbiyaning xilma-xil vazifalari bir necha fan bo‘yicha darslarda amalga oshiriladi. Masalan, tabiiy fanlar, matematika, tarbiya, biologiya o‘quvchilarga iqtisodiy rivojlanish ichki kuchlarga e’tibor berishni o‘rgatadilar.
O‘zbekiston davlatining moddiy va ma’naviy o‘sish iqtisodiy qonuniyati bilan
o‘quvchilar shu tabiiy fanlar mazmunida tanishadilar6 .Jamiyashunoslik darslarida bolalar xalq farovonligini yuqori darajaga ko‘tarish uchun qanday iqtisodiy vazifalarni bajarilishi lozimligini o‘rganadilar. Kimyo, biologiya darslarida o‘qituvchilar yoshlarga mineral o‘g‘itning iqtisodiy ahamiyatini yaqqol misollar bilan ko‘rsatishadi. Yangi texnologiya nima va u sanoatga qanday joriy qilinadi. Matbuot, radio, televideniye xabarlari, o‘qituvchilar, tarbiyachilar tomonidan berilgan tejamkorlikka oid ma’lumotlar, ota-onalar hamda keksalarning bu to‘g‘ridagi maslahatlari, tanbehlari ham bolada mazkur tushunchaning kengayishiga ijobiy ta’sir etadi. Darhaqiqat, tarbiyaning samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan oila, maktab, jamoatchilik va mehnat jamoalarining bahamjihat kuch-g‘ayrat sarflariga va o‘quvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablari bir xil bo‘lishiga bog‘liq. Maktab sharoitida iqtisodiy tarbiyaning xilma-xil vazifalari bir necha fan bo‘yicha darslarda amalga oshiriladi. Masalan, tabiiy fanlar, matematika, fizika, kimyo, biologiya o‘quvchilarga iqtisodiy rivojlanish ichki kuchlarga e’tibor berishni o‘rgatadilar.
O‘zbekiston davlatining moddiy va ma’naviy o‘sish iqtisodiy qonuniyati bilan
o‘quvchilar shu tabiiy fanlar mazmunida tanishadilar. Jamiyatshunoslik darslarida bolalar xalq farovonligini yuqori darajaga ko‘tarish uchun qanday iqtisodiy vazifalarni bajarilishi lozimligini o‘rganadilar. Kimyo, biologiya darslarida o‘qituvchilar yoshlarga mineral o‘g‘itning iqtisodiy ahamiyatini yaqqol misollar bilan ko‘rsatishadi. Yangi texnologiya nima va u sanoatga qanday joriy qilinadi. Fan kashfiyotlari qay darajada iqtisodiy foyda keltirishi mumkin? Shunday savollarga bolalar o‘qituvchilar yordamida dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda javob topadilar. Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amalga oshiriladi. Bu darslar nechog‘lik qiziqarli va foydali tashkil etilsa,o‘quvchilar shunchalik iqtisodiy bilim va malaka oladilar. Bunday bilimlar o‘quvchilar kelajakda qaysi sohada ishlash yoki qayerda o‘qishlari mumkinligini mo‘ljallashlariga imkon beradi. O‘quvchilarga iqisodiy tarbiya berish bilan chambarchas olib borilishiga erishish zarur.
Iqtisodiy tarbiya uslublari xilmaxildir. Jumladan, suhbat, ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, sanoat shahobchalariga sayohat o‘tkazish, solishtirish, hisob-kitob qilish g‘oyatda ta’sirchan uslublar hisoblanadi. O‘quvchilarda iqtisod borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda darslarda va darsdan tashqari mashg‘ulotlardan unumli foydalanish mumkin. O‘quvchilarni nechog‘lik iqtisodiy tarbiya topganliklari o‘qituvchilar tomonidan kuzatib borilishi kerak. Tejamkorlik, ijodkorlik, mas’uliyat hissi tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, hisob-kitob mohirligi o‘quvchilar iqtisodiy tarbiyadan qanday saboq olayotganliklarini ko‘rsatuvchi muhim belgilardir.
Dostları ilə paylaş: |