Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə8/12
tarix26.11.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#136020
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Shermuxamedova Nozanin KURS ISHI тузатиш киритилди

Og'zaki masalalar. Arifmetik masalalarni tuzish va yechish bo’yicha olib borilgan ish bosqishlari keyingi bosqichga otishga zamin yaratadi. Bu og'zaki masalalar. Og’zaki masalalarni orgatishga shoshilishning hojati yo'q. Bolalar, qoida tariqasida, masala sxemasini osongina tushunib, unga taqlid qila boshlaydilar va ba'zan hayot haqiqatini buzadilar, masalaning asosi bo'lgan miqdoriy munosabatlar mantiqini tushunmaydilar.
Bajarilishi kerak bo'lgan harakatlarning ma'nosi yaxshi o'zlashtirilgach, bolalar o'zlarining tajribalariga asoslangan holda og’zaki masalalarni oson yechishlari mumkin. Turli mazmundagi masalalar atrof-muhit haqidagi bilimlarni aniqlashtirish va mustahkamlash, ularni aloqa va munosabatlar o'rnatishga, idrok etishga o'rgatish imkonini beradi.
Tarbiyachi bolalarga birinchi og'zaki masalalarni beradi: "Grafinda 5 stakan suv bor edi, Yorqin 1 stakan ichdi. Grafinda qancha suv qoldi?”, “Bayram uchun quruvchilar ko‘chaning bir tomonida 5 ta, ikkinchi tomonida 1 ta uy foydalanishga topshirildi. Quruvchilar bayramga nechta uyni topshirishdi?”, “Bolalar maktab yaqiniga 6 tup olma, 1 tup nok ko‘chati ekishdi. Bolalar jami nechta mevali daraxt ekdilar?” Ba'zi hollarda og'zaki masalalarni yechishda o'tish bosqichi sifatida quyidagi uslubdan foydalanish mumkin: tarbiyachi bolalarga masalani aytib beradi va ularni doiralar, kvadratlar yordamida vaziyatni tasvirlashni taklif qiladi.
Bolalarni og’zaki masalalarni yechishga tayorlashda bunday usuldan foydalanish mumkin: ularga masalani gapirib berish va uni doirachalar, kvadratlar yoki cho’t donalri yordamida illyutstratsyalashni taklif qilish kerak. Bolalarni masala shartini eslab qolishga o’rgatish lozim. Masala bilan bolalar birinchi mashg’ulotda tanishtiriladi. Ikkinchi va uchunchi mashg’ulotda bolalar masalaning mazmunini bilib oladilar. Bolalar masalada shart va savol borligini aniqlaydilar. Masala shartida kamida ikkita son bo’lishini alohida takidlash kerak: ularga miqdoriy o’zgarishlarning ma’nosi haqida tushuncha beriladi: predmaetlarning ikki gurihini birlashtirishdi (bir guruhini ikkinchi guruhiga qo’shishdi ), ular boridan ko’p bo’ldi, shuncha buyumni ajratishdi, kamaytirishdi — boridan kam qoldi.
Sherzod uchta koptok keltirdi, Hilola yana bitta koptok keltirdi. Sherzod bilan Hilola birgalikda nechta koptok keltirishdi?
Masalaning son ma’lumotlari orasidagi miqdoriy munosabatlarga bolalarning e’tiborini qaratish muhim: Sherzod bilan Hilola nechta koptok keltirishdi? Hilola nechta koptok keltirdi? Hilola yana bitta koptok keltrganidan keyin koptoklar ko’p bo’ladimi yoki kam bo’ladimi? Bizdagi koptoklar Hilolaning koptoklaridan ko’p bo’ldimi yoki kamaydimi? Nega?
Bolalar Hilola 1 ta koptok keltirganini, hamma koptoklar 4 ta, 4 birdan katta ekanini tushuntiradilar.
Tarbiyachi bunday deydi:

  • Men masala tuzdim, sizlar uni yechdingiz. Endi biz masalalar tuzish va ularni yechishni o’rganamiz. Men masalani bunday tuzdim: Sherzod qancha va Hilola qancha koptok keltirganini so’zlab berdim keyin Sherzod bilan Hilola birgalikda qancha koptok keltirganini so’radim. Siz, Sherzod bilan Hilola 4 ta bayroqcha keltirdi, deb javob berdingiz. Siz savolga to’g’ri javob berdingiz, masalani to’g’ri yechdingiz.

Bolalarga masalani bir marotaba aytganda eslab qolishga va qo'shimcha savollarni kutmasdan uni takrorlashga o'rgatish kerak. Bolalarga masalalarni tuzishni o'rgatish, tarbayachi sonli material miqdorini asoslaydi. Masalalarda bolalar hayotiy aloqalar bog'liqliklarni to'g'ri tushunib yetishi kerak.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin