Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


II BOB. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda arifmetik masalalarni yechishga o’rgatish ahamiyati



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə5/12
tarix26.11.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#136020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Shermuxamedova Nozanin KURS ISHI тузатиш киритилди

II BOB. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda arifmetik masalalarni yechishga o’rgatish ahamiyati
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarga arifmetik masalalarni tuzishga o’rgatish
Maktabgacha ta'lim tizimida matematika haqli ravishda juda katta o'rinni egallaydi. U bolaning aqlini charxlaydi va fikr yuritishda moslashuvchanlikni rivojlantiradi, mantiqiy fikrlashni o‘rgatadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik va umumiy aqliy rivojlanishi jarayonida ularni oddiy arifmetik masalalarni yechish va tuzishga o'rgatish muhim o'rin tutadi. Masalalarni yechishni o‘rganish o‘z-o‘zidan maqsad emas: arifmetik masalalar harakatlar ma’nosini ochishga yordam beradi va miqdorlarning bog‘liqligini topish qobiliyatini o‘rgatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Oddiy arifmetik masalalar tuzish arifmetik masalalarni yechishga o’rgatish bolalarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish vositalaridan biridir. Masalalar bilan ishlashda tahlil qilish va sintez qilish, umumlashtirish va konkretlashtirish, asosiyni ochib berish ko'nikmalari yaxshilanadi
Bolalarni arifmetik masalalar bilan tanishtirish tartibsiz (stixiyali) bo’lmasligi uchun maktabgacha yoshdagi bolalarga sodda arifmetik masalalarni to’g’ri tushunish va yechishga o’rgatishga ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga masalalar yechishning asosiy mamentlari ustida to’xtalib o’tamiz.
Bolalarni masalalarni yechishga o'rgatish Maktabgacha yoshdagi bolalarga matematik tasavvurlarni shakllantirish bo’yicha olib borilgan ta’lim faoliyatida berilgan bilim malakalariga suyangan holda yangi faoliyatga - hisoblashga o'tishga imkon beradi. Qo‘shish va ayirishni o‘rgatish birinchi sinfda matematika ishining asosiy vazifalaridan biridir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida asosan tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Bolalar arifmetik masalalarni tuzish va yechish orqali arifmetikani o‘rganadilar. Bu ish arifmetik amallarning ma'nosini tushunish va ularga ongli ravishda murojaat qilish, miqdorlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatish imkonini beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar oddiy masalalarni bir amalda (qo'shish, ayirish) kelib chiqadigan masalalarni yechadilar (qo'shilsa - ko'paydi, ayirilsa - kamroq bo'ldi). Bular yig'indini va qancha qolganligini topish uchun beriladigan masalalardir. Bolalarni qo‘shish hollari bilan tanishtiriladi, katta songa kichikroq son qo‘shilsa, avval 1, keyin 2, keyin esa 3 raqamini (qo‘shish va ayirish birinchi o'nlik ichida o‘rgatiladi)

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin