Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   146
marketing

 
 
 


69 
4-BOB. ISTE’MOLCHI VA BIZNES - XARIDORLAR XULQ-ATVORINI 
O‘RGANISH 
 
4.1. Iste’molchi xulq-atvori modeli. Iste’molchi xulq-atvoriga ta’sir etuvchi 
omillar 
Iste’molchilar har kuni turli xil iste’mol qilishlari uchun o’z qarorlarini qabul 
qilishga to’g’ri keladi va eng so’nggi iste’mol qarorini anglab yetish marketologlarning 
eng asosiy maqsadi hisoblanadi. Ko’p yirik kompaniyalar iste’molchilarni nima sotib 
olishi, qayerda sotib olishi, qachon sotib olishi, qanday miqdorda va nima uchun sotib 
olishlarini o’rganish maqsadida batafsil marketing tadqiqotlarini olib borishadi. Zero, 
iste’molchi qarorini anglab yetish unchalik ham oson ish emas, ba’zan 
iste’molchilarning o’zlari ham qarorlariga aynan nima ta’sir qilishini o’zlari ham 
tushuntirib bera olishmaydi. 
Marketing omillari uchta omildan iborat: tovar, narx va joy. Boshqalari esa o’z 
ichiga iqtisodiy, texnikaviy va ijtimoiy omillarni oladi.Bularning barchasi uning qora 
qutisiga kirib, xaridor munosabatini shakllantiradi. 
Marketologlar muammosi ushbu omillarni ikki qismdan iborat (xaridor 
xususiyatlari, xaridor qaror qabul qilish jaroyoni)ni qora qutisida qanday qilib 
munosabatga aylanishini tushunib yetishidir. Xaridor xususiyatlari uning yuqorida 
ta’kidlab o’tilgan omillarga bo’lgan munosabatiga hamda uning qaror qabul qilishi esa 
uning xulqiga ta’sir qiladi.
Biz birinchi bo’lib xaridor xulqiga ta’sir qilganligi sababli turli xil omillarga 
yaqindan nazar tashlab, keyinchalik qaroq qabul qilish jaroyiniga o’taylik. 
Iste’molchi xarid jarayoniga asosan milliy, shaxsiy, ijtimoiy va ruxiy omillar 
ta’sir qiladi. Ko’p hollarda marketologlar bu omillarga ta’sir eta olmaydilar,lekin ularni 
hisobga olish juda ham muhim. 
Milliy omillar iste’molchi xulqiga jiddiy va sezilarli ta’sir ko’rsatadi. 
Marketologlar xaridorlarning milliy va submilliy omillarini yaxshi anglab yetishlari 
lozim. 


70 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin