yolg‘on bolishi mumkin. Tarkibidagi hamma oddiy mulohazalar
chin bolsa, birlashtiruvchi mulohaza ham chin boladi. Boshqa
hamma holatlarda esa yolg‘on boladi. Masalan, «Yolg‘on gapirish
va o‘g‘irlik qilish jinoyatdir» mulohazasidagi birinchi oddiy gap
«Yolg‘on gapirish jinoyatdir» chin bolmaganligi uchun bu mulo
haza chin bolmaydi.
Ayiruvchi mulohaza
deb «уо», «yoki», «yoxud» mantiqiy
boglovchilar vositasida boglangan oddiy mulohazalarga aytila-
di. Bu boglovchilar ikki oddiy mulohaza, bir qancha predikatlar
yoki bir qancha subyektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan:
«Nodira ingliz tilini yoki nemis tilini yoki ispan tilini o'rganadi».
«Konsertda birinchi yoki ikkinchi qatorda o‘tiramiz». Ayiruv
chi (dizyunktiv) mulohazalar oddiy va qat’iy turlarga bolinadi.
Oddiy ayiruvchi mulohaza tarkibidagi mulohazalardan biri yoki
hammasi chin bolishi mumkin, qat’iy ayiruvchi mulohazada esa
tarkibidagi mulohazalardan faqat bittasi chin boladi. Masalan:
«A.Avloniy shoir yoki dramaturgdir». Bu — oddiy ayiruvchi mu
lohaza. «Abdullayev musobaqada yo yutadi, yo yutmaydi». Bu
— qat’iy ayiruvchi mulohaza. Oddiy dizyunksiya
«v»,
qat’iy di-
zyunksiya «V» belgisi bilan ifodalanadi. Oddiy dizyunktiv mu
lohaza p v q formulasi bilan, qat’iy dizyunktiv mulohaza p v q
formulasi bilan belgilanadi.
p
q
Pvq
p y q
Yüklə
Dostları ilə paylaş: