Falsafa asoslari


uchinchi — yangi qat’iy mulohazani zaruriy tarzda keltirib chiqa-


səhifə120/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   221
Falsafa asoslari

uchinchi — yangi qat’iy mulohazani zaruriy tarzda keltirib chiqa-
ruvchi xulosa chiqarish usulidir. 
Bunda dastls bki mulohazalardan 
biri, albatta, yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor mulohaza 
boladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan
235


umumiyroq bolmaydi. Shunga ko‘ra sillogizmni umumiylikka 
asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa boladi. Masalan, quyidagi 
mulohazalar berilgan bolsin:
Hamma baliqlar suvda yashaydi.
Sazan — baliq.
Bu mulohazalardan zaruriy ravishda — Sazanlar suvda yashay­
di, degan uchinchi mulohaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi 
oddiy qat’iy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat’iy 
sillogizm deyiladi.
Sillogizmning tarkibi 
xulosa asoslari (praemissae) va xulosa 
(conslusio)dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tu­
shunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi — S
— kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi — R — kat­
ta termin (terminus major) deb ataladi. Xulosa asoslari uchun 
umumiy bolgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha — M
- (terminus medius) o‘rta termin deb ataladi. Asoslarda katta 
terminni o‘z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni 
o‘z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi. Demak, asos- 
larning katta yoki kichik asos deb ajratilishi ularning qanday ket- 
ma-ketlikda kelishiga bogliq emas.
4
S — kichik termin;
M — o'rta termin;
R — katta termin.
0 ‘rta termin katta va kichik terminni boglovchi mantiqiy ele­
ment hisoblanadi.
Sillogizm aksiomasi
Aksiomalar isbot talab qilmaydigan, isbotsiz chin deb qabul 
qilingan nazariy mulohazalar bolib, ular vositasida boshqa fikr 
va mulohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulo- 
salashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi.
Sillogizm xulosasining asoslardan zaruriy keltirib chiqarilishi 
quyidagi qoidaga asoslanadi: «Agar bir buyum ikkinchi buyumda 
joylashgan bolsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumning 
ichida bolsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumning
236


ichida joylashgan bo‘ladi» yoki «Bir buyum ikkinchi buyumda 
joylashgan bolsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan 
tashqarida bolsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumdan 
tashqarida joylashgan boladi». Bu qoidani quyidagi shakllar yor­
damida ifodalash mumkin.
Bu qoida sillogizm aksiomasi mohiyatini terminlarning hajmi 
munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Demak, sillogizm ak- 
siomasining mohiyati quyidagicha: buyum va hodisalarning sinfi 
to‘g‘risida bildirilgan tasdiq yoki inkor fikr shu sinf tarkibidagi 
barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrimlari ham taal- 
luqli fikr hisoblanadi.
Masalan:
Hamma odamlar tirik mavjudotdir.
Hamma talabalar odamlardir.
Hamma talabalar tirik mavjudotdir.
Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan 
uning belgisi o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum, 
hodisa belgisining belgisi, shu buyum, hodisaning belgisidir; 
buyum, hodisa belgisiga zid bolgan narsalar buyum, hodisaning 
o‘ziga ham ziddir.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin