Falsafa” fanidan o‘quv-uslubiy majmua barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun urganch – 2023


Germenevtika (yunoncha hermenurtike – tushuntiruvchi, izohlovchi) –



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə84/103
tarix15.10.2023
ölçüsü339,84 Kb.
#130237
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103
falsafa majmua 2023 (1)

Germenevtika (yunoncha hermenurtike – tushuntiruvchi, izohlovchi) – 1) matnlarni nazariy va amaliy tushuntirish; 2) matnlarning falsafiy tahlilini o‘rganish metodologiyasi bilan shug‘ullanuvchi falsafiy oqim.
Gilozoizm (yunoncha hele-modda, zoe-hayot) - hamma narsada jon bor, deguvchi falsafiy oqim.
Gipoteza (yunoncha hypothesis - taxmin) - hodisalarni tushuntirishda maydonga tashlangan ilmiy taxmin. Aksiomadan farqli o‘laroq gipoteza amaliyotda isbotlangandan so‘ng nazariyaga aylanadi.
Gnoseologiya (yunoncha gnosis-bilim, logos-ta’limot) – falsafiy bilish nazariyasi. g‘arbda epistemologiya (yunoncha epestema - bilim) atamasi ham ishlatiladi.
Gumanizm (lotincha humanus-insoniy) – inson qadriyatlarini ustuvor o‘rganadigan qarashlar tizimidir.
Deduksiya (lotincha deductio-keltirib chiqarish) – umumiy fikrlardan mantiqiy asosda xulosa chiqarish.
Deideologizatsiya – Marksning hamma narsani mafkuralashtirish, yagona mafkuraga bo‘ysundirish haqidagi ta’limotga qarshi XX asrda vujudga kelgan oqim bo‘lib, ilmiy, axloqiy, estetik prinsiplarni o‘ta mafkuralashtirishga qarshi chiqadi.
Dekonstruksiya - matnga nisbatan harakati va uni qayta jihozlashga qaratilgan alohida strategik munosabat. An’analarni buzmasdan qayta anglash usuli.
Demurg (yunoncha demurgos) – dunyo me’mori, arxitekturasi, tuzilishi, yaratuvchisi demakdir. Dunyoning ustasi, yaratuvchisi ma’nosida ham ishlatiladi.
Dialektika - 1)falsafiy munozara san’ati; 2) aynanlik, qarama-qarshilik va ziddiyatlar to‘g‘risidagi Gegel ta’limoti.
Dialog (yunoncha dialogos) – fikr almashish, ikki kishining suhbati, fikr almashuvi.
Diskurs (lotincha discursus-mulohaza, muhokama) – mantiqda ishlatiladigan atama bo‘lib, fikrlar ilgarigi bilimga asoslanib izchillik bilan davom ettiriladi kerak.
Zaruriy xulosa - deduktiv xulosaning boshqacha nomi. Unda hukmlardan muqarrar ravishda xulosa chiqariladi.

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin