Noosfera (yunoncha noos – aql) - aqlning hukmronligi ta’minlangan doira soha (sfera)
Ontologiya (yunoncha on–mohiyat, logos-ta’limot) borliq to‘g‘risidagi ta’limot
Pantaizm (yunoncha ran-hamma, theos-xudo) - tabiatning hammasi xudo, degan fikrga moslangan ta’lmiot.
Paradigma (yunoncha paradigma – misol, namuna) - ilmiy nazariyaning namunasi, uning to‘g‘risidagi ta’limot
Paradoks (yunoncha paradoxoc-kutilmagan) - ajablanarli fikr.
Pozitivizm (lotincha positivus ) – ijobiy.
Postmodernizm -XX asrdagi falsafiy ta’limot bo‘lib, ijtimoiy hayotni axloq, qonunlar, qadriyatlarni buzmagan holda qayta ko‘rib chiqish usuli, ko‘p fikrlilik usuli
Postpozitivizm (lotinch. Post-so‘nggi, keyingi, przitivizm-ijobmy) - fan falsafasiga asos solgan oqim. (Fan falsafasiga asos solgan oqim).
Pragmatizm (yunoncha rgagma-ish, harakat)- inson faoliyati, uning amaliyotini asosiy o‘ringa qo‘yuvchi falsafiy ta’limot.
Prinsip (lotincha principin..- asos, boshlanish) - nazariyaning asosiy holatidir.
Providensializm (lotincha providentia-taqdir) - tarixiy jarayonlar azaldan belgilangan taqdir asosida davom etadi, degan qarash
Progress (lotincha progressus) – rivojlanishning olg‘a qarab ketishi.
Reduksiya (lotincha reductio) - orqaga , boshlangan joyiga qaytish.
Relyativizm (lotincha– relotivus) – nisbiylik.
Sillogizm (yunoncha syllogismoc) - deduktiv xulosa chiqarish turi
Simvolizm (yunoncha sumbolon ramziy) - borliqni belgilar, ramzlarda ifodalash. Simvollar nazariyasi.
Sinergetika (yunoncha synergeia - hamkorlik) -o‘z o‘zini tashkil etishning umumiy qonuniyatlarini va prinsiplarini asos qilib olgan fanlararo yo‘nalish. Bu ta’limot asrimizning 70-yillarida paydo bo‘ldi.
Sofist – donolik o‘qituvchisi. Sofistlar qadimgi YUnonistonda, birinchi ma’rifatparvarlar desa bo‘ladi, Ular til, ritorika, mantiq ilmiga katta e’tibor berdilar. Biroq ular nisbiylikni mutloqlashtirganlar.