Struktura (lotincha structura-tuzilish) – elementlarni nisbiy barqaror aloqasi, ularning o‘zaro birligi, joylashishlaridagi tartib, tizimni turg‘un tashkil qilinishi va uning ichki aloqadorligi.
Strukturalizm - struktura (g‘oyasi, asosi) tizimga falsafiy yondashish strukturalizm, deb ataladi. Bu sohani falsafiy taxlil qilishda Ferdinand de Sossyurning xizmatlari katta. XX asr falsafasida sotsial- gumanitar oqim.
Substansiya (lotincha substantia) – moxiyat.
Teologiya (yunoncha theos–xudo logos-ta’limot) – ilohiyat demakdir.
Teotsentirizm – borliqning markazida xudo turadi degan falsafiy oqim.
Tranessendental (lotincha transcendo-tashqariga chiqish) - eng umumiy, universal borliqdir.
Universalin (lotincha unversalin) – umumiy, har tomonlama)
Utilitarizm (lotincha utilitas) – foyda, ahamiyatli.
Falsifikatsiya (lotincha falsus-yolg‘on fasio-bajaraman) - yolg‘on gipotezani aniqlash uchun keltirilgan fikriy jarayon. Bu jarayonni birinchi bo‘lib Popper maydonga tashlaydi. U bu usul bilan fan va metafizika chegarasini aniqlashga harakat qiladi.
Fenomen (yunoncha phainomenon ) -ko‘rinish, zuhuriy.
Fenomenologiya -XX asr g‘arb falsafasining asosiy yo‘nalishlaridan biri, uning asoschisi Gusserl ong faoliyati bilan uning fanomenini aniqlash
Forma (lotincha forma) -Narsaning moxiyati va uning tushunishi)
Funksiya (lotincha funkctio) – bajarish.
Xaos (yunoncha chaos) – tartibsizlik.
Sivilizatsiya (lotincha civilis ) -fuqarolik, davlatchilik.
Evristika (yunoncha heurisko ) – topaman.
Eydos (yunoncha eidos-ko‘rinish, obraz) - g‘oyaning o‘zi, biroq aniq obrazda ko‘rinishi. Ekzistensializm (lotincha existentic) - yashash mavjudlik.
Ekologiya (yunoncha oikos-uy, logos-ta’limot) – muhofaza to‘g‘risidagi ta’limot
Ekogumanizm (yunoncha oikos-uy, homanus-inson) - atrof – muhitga insoniy munosabatda bo‘lish.