Eksperiment (lotincha experimentum ) - tajriba, namuna.
Empirizm (yunoncha empeiria-tajriba) - Bilish jarayonida bevosita sezgi a’zolarimiz orqali tajribada olgan bilimlarni asosiy o‘ringa qo‘yuvchi falsafiy oqim.
Epistemologiya (yunoncha wepistema-bilim, ta’limot) - hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya (bilim nazariyasi) o‘rniga ishlatilatiladigan atama.
Estetika (yunoncha aisthetikos-hissiy) - insonning borliqqa qadriyatlar sifatida munosabatini va insonning badiiy faoliyatini o‘rganuvchi falsafiy ta’limot.
Etika (yunoncha ethos-odat) - falsafiy ta’limot bo‘lib, inson axloqining qonunlari, normalari va prinsiplari, axloqiy qadriyatlarni o‘rganadigan fan
1-variant
1. Falsafa nimadan bahs yuritadi? A. Jamiyatga bo’lgan qarashlar yig’indisi haqidagi fan.
B. YAxlit dunyo to’g’risidagi umumiy karashlar jami.
V. Dunyo, undagi inson o’rni, insonning dunyoga bo’lgan munosabati haqidagi eng umumiy nazariy qarashlar tizimi.
G. Ijtimoiy ong shakli, fanlarning uslubiy asosini o’rganadi.
2. Dunyoqarashning qadimgi turlari qaysi? A. Materialistik, idealistik, metafizik.
B. Sinfiy (partiyaviy), milliy, umuminsoniy.
V. Ilmiy, noilmiy, g’ayriilmiy.
G. Mifologik, diniy, falsafiy.
3. Falsafaning asosiy vazifasini nimadan iborat deb tushunasiz? A. Borliq va ongning eng umumiy qonunlarini o’rganish, to’g’ri xulosa chiqarish, kelajakni bashorat qilishdan.
B. Qadriyatlarni aniqlashdan va ulardan to’g’ri foydalanishdan.
V. Materialistik dunyoqarashni shakllantirish va idealizm, dinga qarshi faol kurashdan.
G. Akilli fikrlash madaniyatini tarbiyalashdan.
4. Falsafaning paydo bo’lgan joyi: A. Qadimgi Misr.
B. Qadimgi Xitoy, Hindiston, Bobil (Vaviloniya).
V. Qadimgi Mesopotamiya, Vizantiya.
G. Qadimgi O’rta Osiyo.
5. “Olam yonib, so’nib turuvchi olovdan iborat”, degan fikrni aytgan faylasuf kim? A. Fales.
B. Pifagor.
V. Geraklit.
G. Farg’oniy.