Ideal (yunoncha idea-g‘oya) – yuksak g‘oyaga intilish. Idealizatsiya umumlashtirsh shakli. Biroq ilmiy idealizatsiyada hodisalarni o‘ta bo‘yab, haddan tashqari oshirib ko‘rsatishni farq qilish kerak (kundalik hayotda ikkinchi ma’nosi ishlatiladi).
Izamorfizm (yunoncha isos-teng, o‘xshash, morfe-shakl) –ikki to‘plam o‘rtasidagi elementlarning mos kelishi.
Imperativ (lotincha imperativus-buyruq) - qat’iy qoidalar. Kantning qat’iy imperativi – inson axloqining qat’iy qoidalari ma’nosida ishlatiladi.
Induksiya (lotincha inductio-keltirib chiqarish)- xulosa chiqarishning asosiy usullari va tadqiqot metodlaridan biri. Bilim juz’iy muhokamalardan umumiy qoidalarga qarab harakat qiladi.
Industrial jamiyat - jamiyatning murakkab rivojlanish bosqichi bo‘lish, unda ilmiy-texnik faoliyat, mashina ishlab chiqarish va mehnat intizomi, ijtimoiy bozor, tizimdi xo‘jalik asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu jamiyatda ishlab chiqarish vositalari, yirik sanoat asosiy o‘ringa chiqadi.
Intensiya (lotincha intentio-intilish) –ongning ma’lum predmetga yo‘naltirilganligi.
Interpretatsiya (lotincha interpretatio-vositachilik) – Til belgilarining ob’ekt bilan mos kelishini taxlil qiladi. SHundagina so‘z bilan faktlar birlikni tashkil etadi, uni reallashtirish esa interpretatsiya asosida boradi.
Intuitsiya (lotincha intueri-diqqat bilan qarash) - hodisalarni bir butun tarzda bevosita voqea asosida olingan bilim asosida bilish. Unga turli hisoblash asosida emas, balki aqlning kuchi bilan boradi. Hissiy intuitsiyada, aqliy holatdan qat’iy nazar obrazlar his-tuyg‘ularda ifodalanadi. Intellektual intuitsiyada hodisaning mohiyati tez va oson anglanadi.
Informatsiya jamiyati – elektronika va krmpyuterlarga asoslangan jamiyat Informatsiya hayotning turli tarmog‘iga kirib borib, butun ijtimoiy hayotda o‘zgarish hosil qiladi. YAngi ijtimoiy munosabatlar, yangi sotsial guruhlar va yangi oilalarni, shuningdek, ishlab chiqarish va iste’molning yangi shakllarini vujudga keltiradi. Inson va uning intellekti jamiyatning rivojlanishi asosiga aylanadi.