Filologiyasi fakulteti qarshiyeva feruza zafar qizi bitiruv malakaviy ishi


Asardagi aforizmlarning g’oyaviy-badiiy xususiyatlari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix06.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#122035
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
“mahbub ul-qulub” va “guliston” asarlaridagi aforizmlarning bmi

2.2. Asardagi aforizmlarning g’oyaviy-badiiy xususiyatlari 
Sa’diy o‘zidan keyingi fors tojik adabiyotiga eng kuchli ta’sir ko‘rsatgan 
zabardast so‘z san‘atkoridir. «Umuman, butun Sharqda Sa’diy nomi juda ko‘p tilga 
olinib turadi. Shoirlar, faylasuflar va olimlargina emas, oddiy xalq namoyandalari 
ham o‘z fikrlarining to‘g‘riligini isbotlash uchun bu so‘z ustodining ajoyib 
asarlaridan dalil keltiradilar. Dono shoirning purhikmat jumlalari sakkiz asrdan 
beri majlislarga, kishilar nutqiga oro berib, ongiga ta‘sir ko‘rsatib kelmoqda»
11
Xalq hayotini yaxshi bilgan Sa’diy ko‘plab xalq maqol-matallari,
obrazli iboralarini asarlariga olib kiradi. O‘z navbatida, bu donishmand insonning 
o‘zi ham ko‘plab hikmatlar ijod etganki, ular xalq og‘zaki ijodi tarkibiga singib 
ketgan: ulardan qaysi biri 
xalqqa tegishli-yu, qaysi biri Sa’diydan 
o‘zlashtirilganligini ajratib bo‘lmaydi:
11
SH.Shomuhamedov 


Kimki befoyda umrin o‘tkazdi, 
Hech narsa olmasdan oltin ketkazdi.
Sevinma dushmanim olmish deb ajal,
Bir kuni senga ham gal keladi, gal.
Birlashsa chumoli ittifoq bo‘lib,
Arslon terisini olajak shilib.
12

Sa’diyni hayot muallimi deydilar. Chunki shoirning pandu nasihatlari, maqol 
va hikmatga aylanib ketgan chuqur mazmunli fikrlari, falsafiy xulosalari hayotiy: u 
dunyo kezib, hayotni har tomonlama o‘rganib, inson umrining mohiyati, fe’l-
atvorining turfa qirralarini uzoq yillar mobaynida teran nigoh bilan kuzatib,
ohorli va chuqur mazmunli badiiy umumlashmalar qiladi— ularning xalq 
maqollariday, hikmatli so‘zlarday jaranglashining sababi shunda:
To mard suxan nagufta boshad,
Aybu xunarash nuhufta boshad.
Har besha gumon mabar, ki xolist,
Shoyad, ki palang xufta boshad! 
Mazmuni: «To kishi so‘zga og‘iz ochmay turib, uning nuqsoning fazilatini 
bilib bo'lmaydi. Shunga o‘xshab, to‘qayni sokin ko‘rib, uni tinch deb o‘ylama, ajab 
emaski, bir ovloqda yo‘lbars uxlab yotgan bo‘lsa!»
Yoki:
Gurbai miskin agar par doshti,
Tuxmi gunjishk az jahon bardoshti.
In du shoxi gov agar xar doshti,
Hech kasro peshi xud nagzoshti. 
Mazmuni: «Bechora mushukning agar qanoti bo‘lsa, dunyoda
chumchuqning urug‘ini quritar, ho‘kizdagi ikki shox eshakda bo‘lganida hech 
kimni yaqiniga yo‘latmas edi».
Pand-nasihat, hikmat Sa’diy asarlarining qat-qatiga singib ketgan. U 
hayotiy voqea-hodisalarni turli shakllarda ifodalab, ko‘rgan-kechirganlari 
12
SH.SH 


yuzasidan xulosa chiqaradi va kishilarni insoniy kamolotga da’vat etadi, umr
yo‘llaridan qoqilmaslik, adashmaslikka, o‘tkinchi hayotning qadriga yetishga,
bir-birini avaylashga chaqiradi, halol mehnat qilib, osoyishta yashashning 
ahamiyatini tushuntiradi, ilmu hunarning afzalliklarini uqtiradi.
Xech narsa hayotning o‘rnini bosolmagani singari, hayot haqqoniyatiga 
asoslangan asarlarning umri ham boqiy bo‘ladi. Ayni jihatdan, shoir she’riy 
yo‘lda yozilgan nasihatlarining har bir hujayrasidan hayot nafasi ufurib turadi. 
Bu she’rlarning qon tomiri turmushning qaynoq vujudiga ulangan.
Hayotning o‘zi ustozlik qilgan kishi chinakam donishmand bo‘ladi. Chunki 
hayot saboqlari hamisha jonli va aniq bo'ladi. Buning ustiga, hayot degan
ustozning dunyoning jild-jild kitoblariga kirmay qolgan usul va tajribalari
ham ko‘p. Yillar davomida jild-jild kitoblardan ololmagan sabog‘ingni hayot bir 
lahzada miyangga joylab qo‘yishi mumkin.
Kitobiy ilmlar xotiradan o‘chib ketishi mumkin, lekin hayot saboqlari sira 
esdan chiqmaydi. Sa’diy hikmatlari hayotdan olingani uchun ham asrlar davomida 
o‘z qimmatini yo‘qotmay kelayapti va to yer yuzida inson avlodi yashar ekan, 
ularning ahamiyati zarracha kamaymaydi, bil’aks, ortib boraveradi. Zero, 
insonning tabiiy va ma’naviy intilishlari hamma davrlar va jamiyatlarda ham 
deyarli bir xil.
Bu she’rlar o‘z zamonining barcha ilmlarini egallagan alloma, dunyo kezgan 
donishmand, olam va odam mohiyati ustida bir umr tafakkur yuritgan 
mutafakkirning o‘y-fikrlari, falsafiy umumlashmalari, hayotiy xulosalari. Dunyoni
mukammal, hayotni to‘kis, insonni barkamol ko‘rishni istagan bani bashar taqdiri 
uchun mas’ul zotning orzu-armonlari, umid-iztiroblari.
Sa’diy asarlarining tili sodda, uslubi lo‘nda, xalqona so‘zlar va obrazli 
ifodalarga boy, tashbehu timsollari hayotiy, she’riy san’atlarni mahorat bilan
qo‘llaydi, shaklan go‘zal, mazmunan teran, badiiy yuksak bu asarlarga o‘xshatib 
yozishga uringanlar ko‘p, lekin hech kim Sa’diy darajasiga ko‘tarilolmagan. 
Shuning uchun ham fors-tojik adabiyotshunoslari uning uslubini «sahli 
mumtane’», ya’ni «oson u, imkoni yo‘q» deb ta’riflaganlar. 


Biz “Gukiston”ning tarkibiy tuzilishi va g‘oyaviy mundarijasi hamda sarda 
aforizmlarning o‘rnini tahlil qilish asnosda quyidagi xulosalarga keldik: 
1. ning “yaratilgan didaktik asarlarning ilk namunalaridan hisoblanadi. 
2. Asar muqaddima, sakkiz asosiy qism va xotimadan iborat bo‘lib, 
muqaddima an’anaviy hamd va na’tdan tashqari, buyuk mutafakkirning o‘z 
o‘tmishiga nazar tashlab, unga tanqidiy va tahliliy yondashuvlari bayonidan 
ham iborat. 
3. Ushbu asar balog‘at bo‘sag‘asida turgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan 
adashmaslik uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. 
4. Asarning uchinchi qismi 127 tanbehdan iborat bo‘lib, ular o‘z g‘aoyaviy 
mohiyati va badiiy funksiyasiga ko‘ra hikmatli so‘z, ya’ni aforizm 
xarakteriga ega. Ushbu aforizmlar nasriy, ba’zan she’riy parchalar shaklida 
bitilgan. She’riy parchalar orasida fard, ruboiy janrlarida bitilgan aforizmlar 
ham uchraydi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin