Na har so‘zki bilur, so‘zlayur ilimli kas,
Ki shoh sirig‘a o‘z boshin o‘ynamoq yarams.
Asarning beshinchi bobini Sa’diy ishq va yoshlik ta’rifu-xislatiga
bag‘ishlaydi. Bu bobda 20 ta ibratli hikoyat keltirilgan bo‘lib,
dastlabki hikoyat
Sulton Mahmudning husnda boshqa farzandlaridan ziyoda bo‘lmagan Ayozga
bo‘gan muhabbat haqida so‘z yuritiladi. Shu tariqa bob mehr-muhabbatga doir
hikoyat va pandlar bilan davom etadi.
Qit’a:
Kimiki, kimsaya munkir ko‘z ila qilsa nazar,
Agarchi surati Yusuf erur qabih der.
Va agar muhabbat ila boqsa dev orazig‘a,
Ani farishta kabi husni ko‘p malih der.(120-bet.)
Bobda bunday qit’alar soni 29 tani tashkil qiladi. Bundan tashqari bayt,
masnaviy, misra, ruboiy, fard kabi janrlarda ikoyatlarda ilgari surilgan g‘oyalar
ixcham ifoda bilan keltiriladi.
Bob nomida aytilganidek ishq, mehr-muhabbatga,
go‘zallik va oqillikning, muloyim fe’llikni va shirin so‘z bo‘lish, muhabbatli
insonlarga vafodor bo‘lish kabi o‘gitlar keltiriladi.
Bayt:
Hamma hammol erur o‘z aybig‘a,
O‘zga aybiga urmangiz ta’na.
Bobning so‘ngida keltirilgan bu
baytda har insonda kamchilik, ayblar
bo‘lishi mukin, ammo o‘zidan boshqalarning kamchiliklarni ta’na qilmaslik
lozimligi aytiladi. So‘nggi hikoyat hikoyati manzuma shaklida beriladi. Unda ishq
ahlining o‘z yoriga muhabbati jon dardidan ustun bo‘lmog‘i lozimligi aytiladi:
Hikoyati manzum [20]
Javone xushravish farxunda erdi,
Ki bir pokiza ro‘g‘a banda erdi.
Eshittim o‘yla bir daryoyi a’zam,
Aning girdobiga tushti ikov ham.
Qo‘lin olmoqqa malloh bo‘ldi paydo,
Ki o‘lmasunbu holatda mabodo.
Dedi mavj o‘rtasida ushbu minvol:
“Meni qo‘yg‘il, u yorimning qo‘lini ol”.
Bu demakda jahon sho‘r o‘ldi anga,
Eshittilarki dedi jon chiqarg‘a.
Eshitma ishq so‘zin yolg‘onchi tutti,
Ki qottig‘liqda yorini unutti.
Bu yanglig‘ qildi yoron zindagonliq,
Eshit pishgan kishidan qadrdonliq.
Chu Sa’diy rasmu fanni ishqibozi,
Chunon bilg‘ayki Bag‘dod ichra tozi.
Diloromingg‘a dilni band qilg‘il,
Ko‘zungni jumlai olamdin uzgil.
Agar Layli va Manun bor o‘lardi,
Bu daftardin hadisi ishq yozardi.
Bu hikoyati manzumda ishq va oshiqlikning go‘zal tasviri keltiriladi. Har bir
Keying bob zaiflik keksalikka bag‘ishlangan. Bobning
dastlabki hikoyasida
Shomda Bani Umayya jome’ masjiddida bo‘lgan bir voqea tasviri bilan
boshlanadi. Hikoyada yuz ellikyoshga kirgan mo‘ysafidning jon berar chog‘ida
ham hayotga muhabbat va umid bilan qarayotganligi va umid har doim inson
qalbini yorituvchi nur ekanligi tariflanadi.
Bob kitobdagi eng kam hajimli bob hisoblanib, undagi hikoyatlar soni 9 ta,
ruboiy, fard, qit’a, hikmat kabi janrlarda pandlar keltiriladi. Bu pandlarning Shayx
Sa’diy tomonidan turli hayotiy voqealardan chiqarilgan xulosalar shakida
hikoyatlardan so‘ng, ularga dalil tarzida keltiriladi.
She’r:
Tokay go‘dakliging, soching o‘zgartti qarilik,
Basdur zamonning o‘zgaratuvi nazir uchun.
Qit’a:
Qariding, tashla go‘daklikning shiorin,
Yigitga bir yigitlik koru borin. (222-bet.)
Sa’diyning bu bobdagi
asosi hikmati
shuki, har bir damni g‘animat ekanligi,
yoshlikda
yashlikning qadrini bilib, shijoat bilan bilm olish va mehnat qilish
lozimligidir. Keksaygan davringda esa ilmu-donishga to‘la bo‘lki, boshqalarga
ibrat va hikmat bo‘lib yo‘l ko‘rsat. Yoshikning shijoati qarilikda bo‘lmaydi har
birini o‘z shiori bilan bezagin.
“Guliston” asarining yettinchi bobi tarbiya va uning ta’siriga bag‘ishlangan
hikmatlar bilan boyitilgan. Bobning eng yaxshi hikoyatlaridan biri uchinchi
hikoyat hisoblanadi. Bu hikoyatda podshohzodalar tarbiyasi va ularning oddiy xalq
bolalaridan
farqli ravishda, qattiqqo‘llik bilan tarbiyalagan ustoz haqidagi voqea
keltiriladi. Hikoyat so‘nggida keltirilgan qit’aga butun hikoyatning mazmun-
mohiyati singdirilgan.
Qit’a:
Agar yuz ayb kelsa kambag‘aldin,
Yuzdan birini yo‘ldoshlari bilmas.
Agarda bir yomon ish kelsa shahdin,
Shahardin shuhra topmay turolmas.
Qit’a mazmunida shoh va oddiy xalqning qilmishiga bo‘lgan e’tibor, ularning
mavqeyiga qarab boshqalarning bahosi qanday bo‘lishi aytiladi. Shohning
farzandi qilgan gunoh u podshohzoda bo‘lganligi bois ham oddiy ayb sanalmaydi.
Ular hukmdorga xos qilib bolalikdan tarbiyalanmog‘i lozimligi uqtiriladi.
Asarning sakkizinchi bobi suhbat odobi va qoidalariga bag‘ishlanadi. Bu
bobning boshqa boblardan farqli jihatlaridan biri
bobda hikoyatar deyarli
keltirilmaydi. Ijodkorning so‘nggi ibratli o‘gitlari hikmatlar, tarbiyatlar, pandlar va
nasihatlar shaklida keltiriladi. Ularga suhbat odobidan tashqari ijodkorning ko‘plab
hayotiy xulosalari kiritiladi.
Nasihat: Ikki narsa aqlg‘a maholdur – biri rizqi maqsum (taqsimlangan
rizq)dan ziyoda yemoq va yana biri vaqti muayyandin avval o‘lmoq.
Qit’a:
Istasang rizq yoki istamasang,
Yetkaradur Xudoyi azza va jalla.
Sher yoki palang og‘zidasan,
Yemayurlar, magarki ro‘zi ajal.
Bu nasihat va qit’aning mazmunida taqdirda bori bari Allohdan eknligi
takidlangan. Bu kabi nasihatlar bobning asosini tashkil qiladi. Bobda turli xil
axloqiy va hayotiy masalalar haqida hikmatlar va hatto mutoyiba, latifa, tazarrular
mavjud. Shu boisdan bu bobni aforizmlardan tashkil topgan deb qarash mumkin.
Asarning so‘nggi ya’ni, xotima qismida shoir o‘z asarini takrorlanmas
uslubda yozganligini va Allohning inoyati bilan tugatganligini aytadi.
Xulosa
o‘rnida shuni aytish mumkinki, asar kompozitsiyasi izchillik bilan tuzilgan bo‘lib,
ijodkorning badiiy va g‘oyaviy mahorati asar boblariga qo‘yilgan nomlarning
o‘zida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Shayx Sa’diy o‘zining pand va o‘gitlarini
tadrijiy ravishta boblarga singdirib yuborgan.
Dostları ilə paylaş: