jamlagan hikoyatlar soni 47 tani tashkil qiladi. Ulardan 40-,43-,46-hikoyatlar
manzuma shaklida yozilgan.
Bu bobdagi hikoyatlar ichida 20-hikoyatga o‘zbek xalq maqollarining eng
sara na’munasi bo‘lgan “Odobni beodobdan o‘rgan” naqli asos qilib olinadi.
Hikoyatda Luqmoni hakimdan “odobni kimdan o‘rganding?” – deb so‘raganlari va
uning “odobni beodobdan o‘rgandim, ularning harakatlaridagi menga maqul
bo‘lmagan narsalardan o‘zimni saqladim” deb javob beradi.
Shu hikoyatdan
ko‘rinib turiptki, Sa’diy zamona ahli odob-axloqi, sabrli insonlar saodati
vayolg‘onchilik, o‘g‘rilik kabi illatlar haqida ham o‘z xulosalarini keltirib o‘tgan.
Manzuma shaklida yozilgan hikoyatlar va yana bir qancha
baytlarda ifodalangan
o‘gitlar hazil tarzida aytiladi. Sa’diy Sheroziy haqida Sadriddin Ayniy fors-tojik
adabiyotining birinchi satirachisi,− deb baho berganida batamom haqli edi. Sa’diy
mohiyati jihatidan nosatirik bo‘lgan asarlarida ham qator satirik va yumoristik
hikoyatlarni joylab yuborgan edi. “Guliston”da ko‘plab latifa, hazil, nozik hajvlar
ishlatiladi. Sa’diy fors-tojik adabiyotida mazmundor hazil va shirin hajvlarning
ijodkoridir. “Sa’diyning hajv va hazillari ko‘proq ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan
hazillar edi”.
10
Uchinchi bob qanoatning fazilati to‘g‘risida bo‘lib, shayx Sa’diy qanoatni
insonga berilgan bebaho boyliklardan biri deb takidlaydi.
Qit’a:
Ey qanoat, Tavongar ayla meni,
Sendan ortiq jahonda ne’mat yo‘q.
Kunji sabr ixtiyori Luqmondur,
Kimdakim sabr yo‘qki, hikmat yo‘q. (133-bet.)
Bobning hajmiga qaralsa 29
ta hikoyat, masnaviy, qit’a va baytlar orqali
qanoatning foydalari, sabr,
shukrona, safarning foydalari, ta’ma qilishning ozori,
oz yemoqlik va hushfellik kabi insoniy xislat va illatlarning odam farzandlari
uchun nechog‘lik ahamiyatli ekanligi tasvirlanadi.
Hikoyatlar orasida Ardasher
10
С. Айний. Асарлар. 10том T. 1967., 169-бет.
Bobokon haqidagi 5-hikoyat alohida o‘ringa ega. Unda Ardasher Bobokon bir kuni
bir arab hakimidan: “Bir kunda qancha ovqat yeyish kerak? ” deb so‘rabdilar.
Hakim javob beribdi: “Yuz diram og‘irligicha yeyish kifoya.” Ular yana so‘radilar:
“Bu ovqat qancha quvvat beradi?”. Hakim javob beribdi: “Shu miqdor ovqat
yesang, u seni oyoqda ko‘taradi, ortiq yesang, sen u ovqatni ko‘tarasan”.
Hikoyatdan xulosa shuki, inson uchun yemoqlik
yashash uchun ehtiyojdir,
yemoqlik uchun yashash nodonlikdir.
Bayt:
Yemaklik, sog‘ o‘lub, “Allooh” demaklik,
Emas maqsad tiriklikdin, yemaklik. (137-bet.)
Baytga singdirilgan hikmat ham yuqoridagi hikoyatga hamohang bo‘lib, undan
keyingi hikoyat va she’riy janrlarda ham shu hikmat tadrijiy davom ettiriladi.
Bundan keyingi hikoyatda xurosonlik ikki darvesh haqida hikoya qilinib, ularning
biri oriq oz yeguvchi va ikkinchisi semiz ko‘ptanavul qilguvchi bo‘ladilar. Ular
safar chog‘ida josus gumon qilinib zindonga tashlanadi. Oradan ikki hafta o‘tgach
xabar olinsa ovqatsiz qolgan bu ikki darvishning zaif, ozg‘ini qolib, semizi esa jon
bergan edi. Buning boisi ozg‘in darveshning kam taomga ham sabr qilgani, semiz
darveshning esa har kunda uch marta taom yeganligi uchun ochlikka bardosh
berolmaganligi edi. Sa’diy bu fikrlariga izoh tariqasida muqaddas kitobimizning
Arrof surasi 31-oyatini keltiradi: “Yengiz va ichingiz va isrof etmangiz”.
To‘rtinchi bob Sukutning foydalari bayonidadir. Bu bobda
sukut saqlash, tini
tiyish, sir saqlash, nojo‘ya so‘zlamslik kabi axloqiy qoidalar haqida bayon qilinadi.
Ushbu bob asardagi eng kichik hajimli bob bo‘lib, 14 tahikoyat, 3 ta she’r, 7 ta
bayt, 2 ta fard, 3 ta qit’a, 4 ta masnaviy, 1 ta misra bor.
Bob so‘zga usta Sahboni Voil,
siriga sadoqatli, Sulton Mahmudning vaziri
Hasan Maymandi hikoyatlari bilan ajralib turadi. Hasan Maymandiga
bag‘ishlangan hikoyat podshohlar sirini saqlash va ularga sadoqat ko‘rsatish
to‘g‘risidadir. Hikoyatdan so‘ng keltirilgan baytda ham shu saboq takidlanadi:
Dostları ilə paylaş: