Fizika-texnika fakulteti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə3/9
tarix27.01.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#122645
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1) Umumtaʼlim maktablarining fizika kursida Mexanik harakat turlari. Harakatlarning mustaqillik qonuni

Kurs ishining maqsadi: Umumtaʼlim maktablarining fizika kursida “Mexanik harakat turlari. Harakatlarning mustaqillik qonuni” mavzusini oʻqitishda interfaol taʼlim metodlaridan foydalanishga o‘rgatish.
Kurs ishining vazifasi:

  • zamonaviy interfaol metodlarning fizika fanini o‘qitishda qo‘llanilishini o‘rganish;

  • fizika o‘qitish usullari bilan tanishish;

  • “Tok kuchi va tok zichligi. Elektr tokining ta’sirlari” mavzusini o‘rgatishda interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyatini o‘rgatish.

Kurs ishining dolzarbligi: Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.
Kurs ishining tuzulishi: Ushbu kurs ishi 40 ta sahifa, kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

I. BOB. FIZIKA FANINI OQITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Ta’lim sifatini oshirishda innovatsion texnologiyalarini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari.
Ta’lim tizimiga kirib kelayotgan yangilanishlar uning mazmunini, tuzilishini, usullarini qayta koʻrib chiqish, mukammallashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Jumladan umumiy oʻrta ta’lim sohasi ham bundan mustasno emas.
Hozirgi davr bolasi dunyoqarashi keng, erkin fikirlovchi voqelikka adekvat-toʻg’ri baho bera oluvchi, oʻtkir zehinli, mustahkam irodali, qisqa qilib aytganda yuksak intelluktual kuchga ega boʻlmog’i lozim. Buning uchun esa ta’lim tizimiga yangi innovatsiyalarni ta’sis etish zarur va shartdir. Oʻquvchi (sust) tinglovchi-ob’yekt boʻlmay, ta’lim jarayonining (faol) ishtirokchisi- sub’yektiga aylanishi zarur boʻladi.
Ushbu jarayonda integratsiyalarning roli qanday? Avvalambor integratsiya tushunchasining mohiyatini koʻrib chiqaylik. Psixologik-pedagogik nuqtai nazardan qaraganda integratsiya ijtimoiy-psixologik aspekt boʻlib, biror bir yangilikni ijtimoiy sohaga tezkorlik bilan tadbiq etish va ta’lim jarayonini jadallashtirish demakdir.
Innovatsiyalar esa faoliyat jarayonida turli ijtimoiy-psixologik toʻsiqlarni yengish uchun shartsharoit yaratib boradi. Ushbu jarayonda maqsadi, vazifasi va qiziqishlari turlicha boʻlgan ijtimoiy guruhlar ishtirok etadi. Motivatsiyalar xarakterining tipi ham innovatsion faoliyat mazmuniga va sifatiga ta’sir oʻtkazadi. Bundan tashqari innovatsiyalarni tatbiq etish jarayonida ustanovkalar, shaxsning yoʻnalishi va ma’naviy axloqiy sifatlari ham ma’lum darajada ahamiyat kasb etadi.
Oʻquvchilarni yangiliklar qabul qilish va unda ishtirok etishga tayyorgarligini shakllantirish, yangilikni qabul qilish qobiliyatini oʻstirish maqsadida, bilish jarayonini aktivlashtiruvchi ijtimoiy-psixologik usullardan foydalanish lozim. Bunday usullarga psixologik treninglar, rolli oʻyinlar va boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Hozirgi kunda ta’lim tizimiga kiritilayotgan yangi pedagogik texnologiya jarayoni ham innovatsiyalar va integratsiyalarning yorqin misolidir.
Qoʻyilayotgan identiv maqsadlar, nazorat topshiriqlarni aniq fe’llarda ifodalanishi oʻquvchi aqliy faoliyatining rejasini yaqqol koʻrsatadi, oʻz-oʻzini boshqarishning yoʻnalishini belgilaydi.
Bu innovatsion faollikning aniq koʻrinishiga misol boʻla oladi. Aqliy faoliyatni jonlantirishda ushbu yoʻnalish maqsadlarni belgilashga yordam beradi. Maqsadning aniqligi esa, faoliyatning sermahsulligidir. Qachonki faoliyat oʻzining ijobiy natijalarini berar ekan bu ayni muddaodir. Ammo ushbu jarayonni tashkil etishda oʻquvchilar oʻquv faoliyatiga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillar turkumi mavjuddir:
• bilim maskanlarida zamonaviy texnik vositalar va asboblarning mavjudligi;
• turli xil toʻgarak, sektsiya, bilim uylari faoliyat koʻrsatishi va ularda qatnashish imkoniyatining borligi;
• oila muhitida yaratilgan moddiy va ma’naviy shart-sharoitlar hamda shaxslarning ruhiy rag’batlanishi yoʻlga qoʻyilganligi;
• shaxslar bilan oʻzaro muloqotlar oʻrnatilishining uzluksizligi va oilada shaxslararo iliq psixologik muhitning hukm surishi;
• turli televizion viktorinalar, bahslar, tortishuvlar, zukkolik, ijodkorlik, tezkorlik boʻyicha musobaqalar uyshtirilishi va ularda qatnashish (ishtirok etish) imkoniyati yaratilganligi;
• ortiqcha informatsiya, xabarlar koʻlamini kamaytirish (masalan, videolar, avtomat oʻyinlar);
• yoshlarni roʻzg’or ishlari bilan band qilib qoʻyish, oila muhitida mehnatning shaxslararo oqilona taqsimlanmasligi va shaxsni qat’iy uymush bilan shug’ullanishga majbur etilganligi;
• hozirgi davrda ayrim kasblarning nufuzini kamayib ketayotganligi talabalarning oʻquv motivlariga kuchli ta’sir qilayotganligi;
• oʻg’il va qizlarda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg’ularining beqarorligi va ularning shakllanishining orqada qolishi;
• yoshlar oʻrtasida borliqqa, jamiyatga, shaxslararo munosabatga, isrofgarchilikka, fidoyillika nisbatan loqaydlikning mavjudligi va boshqalar.
Shunday ekan, yuqoridagi ijobiy omillarni kuchaytirish, salbiy omillar ta’sirini kamaytirish va yoʻqotish chora tadbirlarini belgilab borish va integratsion jarayonda innovatsion omillarga alohida e’tibor berish, psixologik asoslarini oʻrganish hamda tahlil qilib borish ijobiy natija beradi.
Mustaqil fikr-mulohaza insonda mavjud bilimlarni, fikr va voqelikka boʻlgan munosabatlarning erkin yuzaga chiqarilishidir. Albatda, ushbu jarayon oʻz oʻzidan roʻyobga chiqmaydi, ayniqsa ta’lim-tarbiyada.
Ma’lumki ta’lim-oʻqituvchi va oʻquvchi orasida oʻrnatiladigan pedagogik munosabatlar majmuidir. Ana shu munosabatlarda oʻzaro ishonch, talab va tartib muhimdir, ya’ni bilimlar ortib boradi, intellekt mukamallashadi.
Oʻquvchilarda yutuqlarning asosi bolalalr bilan oʻtkaziladigan dars jarayonining sifati bilan belgilanadi. Bunda ilg’or pedagogik texnologiya katta ahamiyatga egadir. Oʻquvchilarning qiziquvchan boshqarishga moyil boʻladilar. Shuning uchun oʻqituvchi oʻquvchilarni mustaqil fikirlash, mushohada qilish, xulosa chiqarishga oʻrgatishi lozim. Oʻquvchi shaxsiga qaratilgan ta’lim, oʻquvchining faolligini oshirish, mustaqil, ijobiy fikrlashga oʻrgatish, mustaqilligini, erkinligini ta’min etish, qiziqishlari asosida (motivatsiya) ish yuritish, ichki imkoniyatlarini ishga solish oʻz qiziqishlari orqali qoʻshimcha ta’lim olishga yoʻllash, oʻz- oʻzini rivojlantirishni oʻz ichiga oladi.
Ta’lim- tarbiyada zamonaviy oʻqitish uslublari deganda yangi interfaol usullar nazarda tutiladi.
Interfaol – lotincha “inter” soʻzidan olingan boʻlib “orasida, oʻrtasida ” degan ma’noni anglatadi, ya’ni oʻquvchi va oʻqituvchi oʻrtasida ta’limni oʻzlashtirish munosabarlarini kuchaytirish, faollashtirish kerak, deganidir. Bu uslublar bilan ishlash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Oʻquvchilarni mustaqil fikirlashga undaydi, ayniqsa, 6-9– sinflarda juda yaxshi samara beradi. Buning uchun sinf kichik guruhlarga ajratiladi. Guruhlar 3-7 oʻquvchidan iborat boʻlishi kerak. Oʻquvchilar sonini koʻpaytirish guruhlarda ishlash jarayonini qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, guruhlar tartibini oʻzgartirib turish zarur. Guruhlarda oʻg’il va qiz bollalar aralash holda boʻlishi lozim .
Endi interfaol metodlarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi oʻrni oʻrni va imkoniyatlari haqida fikr yuritamiz. Interfaol metod ta’lim jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasidagi faollikni oshirish orqali ularning oʻzaro harakati, ta’siri ostida bilimlarni oʻzlashtirishni kafolatlash, shaxshiy sifatlarni rivojlantirishga hizmat qiladi. Ushbu usullarni qoʻllash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari – baxs munozaralar oʻtkazish oʻquv materialini erkin bayon etish mustaqil oʻqish ‘oʻrganish’ seminarlar oʻtkazish, kichik guruh katta guruh sinf jamoasi boʻlib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish yozma ishlar bajarish va boshqalardan iborat. Interfaol ta’lim oʻz xusussiyatiga koʻra didaktik oʻyinlar orqali, evristik (fikirlash, izlash,topish) sexbat- dars jarayonini loyihalash orqali muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali kreativ – ijodkorlik asosida axborot komunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini oʻz ichiga oladi.
Maktab ta’limida oʻquvchilarning yosh xususuyatlari savodxonlik darajalari shaxsiy tabiatlariga koʻra didaktik oʻyinlar keng qoʻllanmoqda. Didaktik oʻyinlar oʻquvchi faoliyatini faollashtiradi va jadallashtiradi. Ular oʻquvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni roʻyobga chiqarish va rivojlantirishning amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
Didaktik oʻyinlarning asosiy turlari : intelektual (aqliy) va harakatli hamda aralash oʻyinlardan iborat . Bular oʻquvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mexnat kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
Didaktik oʻyinlar oʻquvchilarni ta’lim va tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Oʻquvchilarni yangi mavzularni oʻzlashtirib olishlariga katta yordam beradi. Bu uslub oʻquvchilarni oʻylashga, erkin fakir yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa oʻquvchilarda atrof – muxitni, hayotni bilishga qiziqish ortadi. Uchragan qiyinchilik, toʻsiqlarni qanday yengish va tanqidiy fikirlash koʻnikmalarni shakillantiradi. Ta’lim tarbiya jarayonida oʻquvchilarda qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan biror kasbga moyilliklarini koʻrsatadigan didktik oʻyinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Didaktik oʻyinlar nazariy, amaliy, jismoniy, roll, ishchanlik va boshqa yoʻnalishdagi turlarga ajratiladi. Ular oʻquvchilarda tahlil qilish fikirlash hissoblash sinash yasash oʻlchash kuzatish, hulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq oʻstirish, til oʻrgatish, yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi, mustahkamlaydi. Oʻquvchilarda didaktik oʻyinlarning ”Zinama- zina”, “ Lola sayli ”, ”Boʻg’irsoqni qutqaring ”, “Oʻyla, izla, top” , “Qoʻriqchini aldap oʻt”, “Qizil shapkachaga yordam”, “Choʻqqini zabt et”, “Oyga uchamiz ”, “Sexrli daraxt”, “Uchar yulduzlar”, “Bayroqchaga yeting” kabilaridan foydalanish darslarda koʻproq muvofaqiyatga erishiladi. Oʻyinchilar bu oʻyinlar orqali darsni yaxshi oʻzlashtiradi.
Didaktik oʻyin turlarini tanlashda quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi. Masalan:
- ishtirokchi oʻquvchilarni tarkibi boʻyicha oʻg’il bolalar, qiz bolalar yoki aralash guruhlar uchun oʻyinlar ;
- ishtirokchilarning soni boʻyicha yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflar aro va ommaviy tarzdagi oʻyinlar – oʻyin jarayoni boʻyicha fikirlash topag’onlik harakatlarga asoslangan musobaqa va boshqalarga yoʻnaltirilgan oʻyinlar oʻquvchilar uchun qiziqarli boʻladi.
Didaktik oʻyinli dasr shakillaridan biri nechtasini misol qilib keltirishimiz mumkin. Masalan:
- ishchanlik oʻyini darsni – bu mavzu boʻyicha masalalarni hal etish jarayonida oʻquvchilarning faol ishtirok etishida yangi bilimlarni oʻzlashtirish mashqi;
- rolli oʻyin darsi bu mavzu boʻyicha masalalarni oʻrganishda oʻquvchilarga oldindan ma’lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu rollarni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarini mustahkamlash;
-teatrlashtirilgan dars – mavzu bilan bog’liq sahna koʻrinishlarini tashkil etish orqali dars mavzusi boʻyicha chuqur aniq ma’lumotlar berish;
- “kim ochdi savdosi” darsi oʻquv fani ayrim boʻlimi boʻyicha bilimlarni har bir oʻquvchi qanchalik koʻproq bilishini namoyish etish yana shunday qiziqarli usullardan biri “Klaster” dir.
Bundan biror mavzu yoki matn tanlanib, tinglovchining diqqatini qaratish maqsadida u markaz atrofida joylashtiriladi.
Ma’lumki oʻquvchilar oʻquvchilardaga maktab ta’limida o‘yin metodi asosiy o‘rinni egallaydi. O‘yin ularning eng sevimli mashg‘uloti bo‘lib, ular har qanday mashg‘ulotni o‘yin bilan uyg‘unlashtirishga harakat qiladilar.
Shunday ekan o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatidan ularning sevimli mashg‘uloti - o‘yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muofiq foydalanish bilan ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Farzandlarimiz mustahkam bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari uchun, albatta, ularni kichik yoshdanoq har bir fanga qiziqtirish zarur. Bunda o‘qituvchi mahorati nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Oʻquvchilarda o‘qituvchisi oʻquvchilarlarning yoshi va psixologik xususiyatlarini puxta o‘rgangan holda ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish ustida tinimsiz izlanishi, o‘zidagi bor bilimini mahorat bilan ishga solishi zarur.
Oʻquvchilardalarda o‘quvchilarning psixologik holatini yaxshilash, ularni turli zo‘riqishlardan asrash, bilimlarini turli o‘yinlar orqali mustahkamlab borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda o‘quvchilarni ziyraklikka, chaqqonlikka hamda fikrni to‘g‘ri va aniq ifoda etishga qaratilgan o‘yinlardan foydalanish mumkin. Shu bilan birga, tanlangan o‘yinning o‘tilayotgan mavzuga mos kelishi, qulayligi, ko‘zlangan natijaga olib kelishi ham muhimdir. Bu esa o‘qituvchining kasbiy mahoratiga, maqsadni to‘g‘ri belgilay olishiga ham bog‘liq.
Maktab ta’limida motivlar hosil qilishda didaktik o‘yinlarning o‘rni beqiyosdir. O‘yinsiz tom ma’nodagi aqliy rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. O‘yin o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg’otadigan uchqundir. O‘yin - boshlang’ich sinf o‘quvchilarida ma’lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar - o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan qo‘llaniladigan usul. O‘yin - o’quvchilar hayotining uzviy qismidir. O‘yin orqali o’quvchilar atrof - muhit, tabiat hodisalari, manzaralari, buyumlar, o‘simliklar, hayvonlar dunyosi bilan tanishadi.
Yuqorida aytilgan fikrlarga hamohang fanlarni o’qitishda qo‘llasa bo‘ladigan, o‘quvchilarni topqirlikka, ziyraklikka va fikrlashga undaydigan, ularning ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan o‘yinli usullarni keltiramiz.
« U kim? Bu nima? »
Stol ustiga bir qancha predmetlar terib qo‘yiladi, o‘qituvchi shu predmetlardan birortasini ta’riflaydi, o‘quvchilar shu belgilar asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar. Bu o‘yinning afzallik tomoni shundaki, undan dars davomida o‘quvchilar diqqatini jamlash, qo‘llariga dam berish maqsadida yoki yangi tovushlar bilan tanishtirish, ona tili darslarida yangi mavzuni bayon qilish jarayonida ham foydalanish mumkin. Bu o‘yin o‘quvchilarda ziyraklikka, sinchikovlikka sifatlarini va mustaqil fikrlash malakalarini shakllantirishga imkon beradi. Bundan tashqari, bu o‘yindan dam olish daqiqalarida ham unumli foydalanish mumkin.
1-variant: U shar shaklida. Uni katta-katta sportchilarimiz ham stadionlarda o‘ynaydilar. Yosh o’quvchilarlar ham uni sevib o‘ynaydilar. (Javob: «Koptok»)
2-variant: U barcha o‘quvchilar o‘rtog‘idir. Onalarimiz ham, otalarimiz ham uni juda yaxshi ko‘radilar. (Javob: «Kitob»)
3-variant: U shunday narsaki, bizga vitaminlarga boy mevalar beradi. Xohlasak stol yoki stul ham bo‘lishi mumkin. (Javob: «Daraxt»)
Interfaol metodlarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Misol uchun quyidagilar:

  • Adashgan zanjirlar usuli boshlang‘ich sinflarda biror bir ketma-ketlikni tiklash uchun qo‘llanadi. Bunda o‘qituvchi biror mavzu, tushuncha, algoritmga oid ketma– ketlikni alohida – alohida va tartibsiz qo‘yadi. O‘quvchilar tartibsiz joylashgan so‘zlarga mantiqiy bog‘langan zanjirni tuzishlari kerak.

  • Bahs – munozarada o‘quvchilar bilan biror muammoni yechish yo‘lini qidirishda foydalaniladi, masalan: masala yechish, o‘lchash ishlarini bajarish, yechimning qulay usulini topish va hokazo. Sinfni to‘rtliklarga bo‘lish va guruhda ishlash mumkin.

  • Muammoli savollar sinfda muammoli vaziyatni yaratish, bir muammoni mustaqil o‘quvchilar tomonidan yechilishiga erishish uchun qo‘llanadi. Muammoli savol va topshiriq o‘qituvchi tomonidan aniq aytiladi, doskaga yoziladi,yechimni juft-juft bo‘lib qidirish taklif qilinadi. Har bir guruh javobi eshitiladi va umumlashtirib yagona yechimga kelinadi. Dars vaqtining taqsimlanishi, ishni tashkil qilish qoidalari oldindan o‘quvchilar bilan kelishilgan holda rejalashtirib olinadi va sinf doskasiga yozib qo‘yiladi: O‘zaro hurmat. Faollik. O‘zgalar fikrini tanqid qilmaslik.

  • Kichik guruhlarga bo‘lish metodi – bu o‘qituvchi tajribasi, mahorati, ijodiy yondashuviga ko‘ra turli xil metodlar asosida qo‘llanishi mumkin. Guruhlarga bo‘lishda sinf o‘quvchilarini ranjitmaslik, kamsitmaslik, ularni estetik did nuqtai nazaridan, kelishmovchiliksiz, guruhlarga bo‘lishga harakat qilinadi. Bu maqsadda turli xil o‘yinlar asosida yoki masalan: rangli qog‘ozdan osongina guruhlarga ajratib oladi. Masalan: Oq rang 1-guruh Yashil rang 2 –guruh Ko‘k rang 3 –guruh Guruhda ishlash uchun taklif qilish mumkin bo‘lgan eng samarali usullaridan biri mavzu yuzasidan savol va javob berishga undash, undan ham samaraliroq usul esa, o‘tilgan mavzuga oid mustaqil savol tuzishga undashdir.

  • Klaster metodi ham o‘quvchilarga ixtiyoriy mavzular xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Bunda o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Klaster metodi o‘quvchilarning tushunchalar orasidagi bog‘liqlikni aniqlashga, mavzuga oid hamma tushunchalarni eslashga o‘rgatadi. Metodni amalga oshirish uchun doska o‘rtasiga asosiy so‘z yoki gap yozib qo‘yiladi. O‘quvchilarga shu so‘z bilan bog‘liq hamma so‘z va so‘z birikmalarini eslab doskaga yozish taklif qilinadi. Klaster metodi - Vaqt birliklari, Tenglama, Masala turlari va boshqalarga oid bo‘lishi mumkin.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin