Fizika-texnika fakulteti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə8/9
tarix27.01.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#122645
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1) Umumtaʼlim maktablarining fizika kursida Mexanik harakat turlari. Harakatlarning mustaqillik qonuni

I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 10-sinfdagi, “fizika” fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
7-sinfda siz turli mexanik harakatlar bilan tanishgansiz. Ularni birgalikda eslaylik:
1. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat. Bunday harakatda jismning harakat trayektoriyasi to‘gri chiziqdan iborat bo‘ladi. Harakat tezligining kattaligi va yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Bosib o‘tilgan yo‘l s =vt formula bilan aniqlanadi.
2. To‘g‘ri chiziqli notekis harakat. Bunday harakatda jismning harakat trayektoriyasi to‘gri chiziqdan iborat bo‘ladi. Harakat tezligining kattaligi o‘zgaradi, lekin yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Bosib o‘tilgan yo‘l s = vo‘rt · t formula bilan aniqlanadi. Bunda vo‘rt – jismning o‘rtacha tezligi.
3. To‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan (sekinlanuvchan) harakat. Bunday harakatda jism harakat trayektoriyasi to‘gri chiziqdan iborat bo‘ladi. Harakat tezligining kattaligi bir tekisda ortib (kamayib) boradi, ya’ni teng vaqtlar ichida bir xil kattalikka ortadi (kamayadi), lekin yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Bosib o‘tilgan yo‘l s = vo· t ± formula bilan aniqlanadi (“+ˮ) ishora tekis tezlanuvchan, a > 0, (“ – ˮ) ishora tekis sekinlanuvchan (a < 0) bo‘l ganda qo‘yi ladi).4. Egri chiziqli tekis harakat. Egri chiziqli harakatning xususiy holi sifatida aylana bo‘ylab tekis harakatni olish mumkin. Bunday harakatda har doim tezlik yo‘nalishi uzluksiz o‘zgarib, trayektoriyaga urinma bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi.Harakatning asosiy parametrlari: v – chiziqli tezlik; ω – burchak tezlik; T – ayla nishlar davri; v – aylanishlar chastotasi; Syoy – yoy uzunligi; s – bosib o‘tilgan yo‘l.
Mexanik harakat - tashqi kuch taʼsirida jismning fazoda oʻz oʻrnini uzluksiz oʻzgartirishi. Mexanik harakat tushunchasi fazo, vaqt, harakatlanuvchi jism, muhit va jismga beriladigan kuch (yoki tezlik) ga bogʻliq. Jismning harakati boshqa biror jismga nisbatan belgilanadi.
Mexanikada Mexanik harakat kaysi jismga nisbatan tekshirilsa, ko-ordinatalar tizimi shu jism bilan bogʻlanadi. Klassik mexanikada moddiy nuqta mexanik harakat tizimining umumiy qonunlari I. Nyuton tomonidan taʼriflangan. Mexanik harakatning birinchi qonuni inersiya qonuni hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, yuqorida keltirilgan harakatlarda jism faqat bitta harakatda qatnashgan hollar o‘rganilgan. Hayotda ko‘pincha jismlar bir vaqtning o‘zida bir nechta harakatda qatnashadi. Masalan, daryo bo‘ylab harakatlanayotgan kema, poyezd vagoni ichida yurib ketayotgan odam, uchib ketayotgan samolyotdan tashlangan yuk va h.k. Bunda daryoda harakatlanadigan kema o‘z dvigatelining tortish kuchi tufayli bir yo‘nalishda v1 tezlik bilan harakatlansa, suv uni v2 tezlik bilan oqim yo‘nalishida harakatlantiradi.
Bu misollarda jismning ikkita harakatda qatnashayot ganligi ko‘rinib turibdi. Shunday savol tug‘iladi. Kemaga o‘z dvigatelining tortish kuchi tufayli berilgan v1 tezlik daryoning oqish tezligiga bog‘liqmi? Uchib ketayotgan samolyotdan tashlangan yukning tushish vaqti samolyot tezligiga bog‘liqmi? Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, kemaning tezligi suvning oqish tezligiga, samol yotdan tashlangan yukning tushish vaqti samolyot tezligiga bog‘liq emas! Bundan shunday xulosa kelib chiqadi.
Jism qatnashayotgan harakatlar mustaqil boʻlib, ularning harakat tezligi (tezlanishi) bir-biriga bogʻliq emas. Bunga harakatlarning mustaqillik prinsipi deyiladi.
Shunga koʻra istalgan murakkab harakatga, oddiy harakatlarning yigʻindisi deb qarash mumkin. Bu harakatlar bir-biriga ta'sir ko'rsatmaydi.
Agar ulardan biri oʻz harakatini oʻzgartirsa yoki butunlay toʻxtatsa, boshqasiga buning ta’siri bo'lmaydi. Aynan mana shu prinsip asosida biz oʻrganayotgan jarayondagi vektor kattaliklarni alohida tashkil etuvchilarga ajratamiz. Ularni koordinata oʻqlariga proyeksiyalash ham shu prinsipga asoslangan. Tezlik vektorlarini qo'shib natijaviy tezlikni chiqarish ham shu printsip asosida boʻladi. Shunga asosan bir nechta harakatda qatnashgan jism harakati uchun quyidagilarni yozamiz:

Ularga mos ravishda kattaliklarning x va y oʻqlariga boʻlgan proyeksiyalari quyidagicha boʻladi:


IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa: O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

XULOSA
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi.
Xulosa qilib Gettengen universitetining professori G.N.Lixtenberg aytganidek: “Kimda-kim men faqat fizikani bilaman desa, bilingki u fizikani ham bilmaydi”,-degan fikri juda qo‘l keladi. Haqiqiy bilimli inson, u olimmi, yoki o‘qituvchi o‘z bilimini tor doiradagina oshirmay, balki keng sohani qamrab olib amalga oshiradi. Bugungi talabalarimizga esa bu narsa biroz yetishmaydi. Ularning fikrlash doiralari ancha tor bo‘lib, ma’lum bir fanlar bo‘yicha cheklangan bilimlarga egadir va mustaqil fikrlash ko‘nikma va malakalari anchagina past darajada. O‘qituvchi va o‘quvchi – talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlab fizikani o’qitishning tizimini tadbiq qilishi ularning ixtiyorida bo‘lib, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgandir, bunda o‘qituvchi talaba – o‘quvchilarning bilim saviyasi, guruh saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologoyasi kerak bo‘ladi, bular o‘qituvchi va talaba – o‘quvchilarga bog‘liq.
Shu bilan bir qatorda o‘qitish jarayonini oldindan loyihalash zarur, bu jarayonda o‘quv predmetining o‘ziga xos tomonini, joy va sharoitini, O‘TV ni, eng asosiysi, o‘qituvchi – talabaning imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi tashkil eta olishini hisobga olish kerakdir, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o‘qituvchi – talabaning ta’limning markaziga olib chiqishi kerak.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin