kafedrasi katta o’qituvchisi.
So’z boshi
Respublikamiz oliy o’quv yurtlarining filologiya fakultetlari talabalari asosiy o’rganayotgan tillaridan tashqari yana bir chet tilini ham dastur asosida o’rganishlari kerak. 2-3-4- kurslarda o’rganiladigan ikkinchi tildan (nemis, ingliz, franzuz) darslik, qo’llanma yo’q. Sobiq ittifoq davrida chiqqan darsliklar hozirgi kun talabiga javob bermaydi. Darslar, mashg’ulotlar har bir o’qituvchi tomonidan tuzilgan ishlanmalar asosida o’qitilmoqda. Shuni inobatga olgan holda nemis tilini ikkinchi til sifatida o’rganuvchilar uchun shuningdek oliy o`quv yurtida I-II kurslarda nemis tilini o`qishni davom ettirayotganlarga darslik sifatida foydalanish uchun ham shu o’quv qo’llanmani tuzdik. Darslik uch qismdan iborat: birinchi qism 10 mavzuli leksika qismi, leksik va grammatik mashqlar savol javoblar, ikkinchi qism grammatika, uchinchi qism 4500 so’zli lug’at.
Darslikning boshlanishida 5 mavzuda qisqa fonetik tushuntirishlar berdik, keyin esa har bir mashg’ulotni fonetik mashqlar bilan boshlab, matnda uchraydigan so’zlarning talaffuzlarini takrorlash uchun kiritdik.
2004 yilda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida II kursda 180 soat mashg’ulot, va 8 ta leksik mavzu rejalashtirilgan, biz ham shu dasturdan II kursda o’tiladigan, 1-nemis tili mashg’uloti, 2- tarjimai hol, 3- bizning oilamiz, 4- mening ish kunim, 5- bizning uy, 6- ona shahrim, 7- yil fasllari, 8-sport mening hayotimda, shuningdek III kurs hisobidan univermagda va Germaniya mavzularini ham kiritdik. Har bir mavzudan oldin matnlarning o’qilishi og’ir bo’lgan so’z, ibora va gaplarini tarjimasi bilan, matndan keyin esa ayrim so’zlarni berib bordik. Talabalar nemis tilini o’zlari o’rganib olishlari uchun vaqt berib 4-mavzudan keyin qo’shimcha mavzular ham kirittik.
Har bir mavzu o’tilishi davomida o’qituvchi kichik- kichik diktantlar, yozma savol-javoblar o’tkazib tursa, mavzu oxirida esa bayon, tarjima, diktant va insholar yozdirsa talabalarning yozma nutqlarini o’stirishda katta yordam bo’ladi.
Kitobning grammatika qismini alohida berdik. Har bir mashg’ulotda nima rejalashtirilgan bo’lsa shu mavzularni oldik. Talabalar mavzuga dahldor bo’lgan grammatikani kitobning 2-qismidan o’rganishlari mumkin. Ammo bu mavzular grammatik darsliklarda kengroq berilgan.
Kitobning fonetika qismini biroz qisqartirdik, chunki har bir mavzudagi so’zlarni dars davomida tushuntirish yaxshiroq bo’ladi.
Darslikning ikkinchi qismiga ilova tarzida 18 ta matn kiritdik. Bu matnlar hammasi tilni o’zlashtirishda o’rganilishi kerak bo’lgan mavzulardir. Ulardan darsda yoki mustaqil ta’limda foydalanish mumkin.
Darslik nafaqat nemis tilini ikkinchi til sifatida o’rganayotgan xorijiy filologiya fakulteti talabalari uchun, balkim nemis tilini o’rganishni istaganlar, shuningdek tilni o’rganishni boshlagan barcha uchun ham foydadan xoli emas.
Dostları ilə paylaş: |