Guliston davlat universiteti


Tayanch tushuncha va iboralar



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə25/58
tarix30.08.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#128787
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Tayanch tushuncha va iboralar: Dramatik tasvir, dramatizm, “Anor”, “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Tomoshabog‘”, “Asror bobo” hikoyalari, voqelik tasviri va yozuvchi mahorati, tasvir ob’ekti va h.k.
Identiv o‘quv maqsadlari:
1.1. A.Qahhor hikoyalarida dramatizm qay darajada aks etganligini bilib oladi
1.2. A.Qahhor hikoyalaridagi dramatik tasvirni boshqa adiblar hikoyalariga solishtirish orqali o‘rganadi.
1.3. Adib mahoratini boshqa ijodkorlar mahorati bilan solishtiradi.
Mavzuning bayoni:
Ma’lumki, hikoya proza janri ichida eng kichigi va ixchami hisoblanadi. Unda berilgan tasvir lo‘nda, aniq bo‘lishi, unda ifodalanayotgan voqea ham, odamlar qiyofasi ham o‘quvchi nazarida to‘liq gavdalanishi lozim. Shuning uchun hikoya janridagi asarlarga nisbatan “tasvirlab beradi”, “ifoda etadi” degan so‘zlarga nisbatan “ko‘rsatadi” degan so‘z ko‘proq mos tushadi. Demak, bu janrdagi asarlarda o‘quvchiga ko‘rsatib berish xususiyati etakchilik qilar ekan, qaysidir darajada u drama janri bilan yaqinlashib ketgandek bo‘ladi. Ikki janr o‘rtasidagi bunday yaqinlik endi e’tirof etilayotgani yo‘q. Bir vaqtlar A.Qahhor o‘ziga bu sohada ustoz deb bilgan A.P.Chexov ham, dramatik asarga xos xususiyatlar hikoyaga ham xos ekanligini qayta-qayta ta’kidlagan ekan. Yana bir mashhur rus hikoyanavisi S.Antonov esa hikoyani to‘g‘ridan –to‘g‘ri prozadagi dramadir, degan gapni aytgan. Bunday gaplar bejizga aytilmagan, albatta. Haqiqatan ham hikoya bilan drama o‘rtasida ancha yaqinlik mavjud. Odatda hikoya hajman g‘oyat cheklangan bo‘lishini bilamiz. Shunday ekan, yozuvchi ana shu cheklangan imkoniyatdan maksimal natijaga erishishi talab etiladi. Bunga esa, yuqorida aytilganidek, faqat ko‘rsatish, o‘quvchining ko‘z oldida jonlantirish orqali muvaffaq bo‘lish mumkin. A,Qahhor esa ko‘pchilik hikoyalarida aynan shu yo‘ldan boradi. Hatto uning shunday hikoyalari ham borki, agar matnni sal o‘zgartirib, har bir dialogning boshiga qahramonlarning ismlarini qo‘yib chiqsa, tayyor dramatik asar bo‘ladi-qo‘yadi. Bunga, ayniqsa, yozuvchining “O‘zing shifo ber” asari yorqin misol bo‘lishi mumkin.
A.Qahhorning ko‘pchilik hikoyalarida kelib chiqishi drama janri bilan bog‘liq bo‘lgan ana shunday dramatik tasvirlar tez-tez uchrab turadi. Ayniqsa, o‘tmish mavzusida yozilgan, shuningdek, urush davri hayoti aks etgan hikoyalarida bunday tasvirlarni katta mahorat bilan yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Masalan, yozuvchining “Asror bobo” hikoyasining asosida turadigan voqeaning o‘zi g‘oyat dramatik, fojeiy mohiyatga ega: Asror boboning o‘g‘li Yodgorbek urushda halok bo‘lgan; chol bu shum xabarni etkazgan “qoraxat”ni kampiriga ko‘rsatmaydi, chunki kampiri buni ko‘tara olmaydi; o‘z navbatida o‘g‘lining halok bo‘lganligini tasodifan eshitib qolgan kampir ham bu xabarni cholidan sir tutishga harakat qiladi; uningcha ham, bu mash’um xabar choliga og‘irlik qiladi. Butun tasvir davomida yozuvchi o‘g‘lining o‘limi haqidagi xabardan biri sal oldinroq, ikkinchisi esa keyinroq voqif bo‘lgan ikki qariyaning sirtdan bir-biriga sir bermaslik uchun bor irodasini ishga solib harakat qilishini, ichdan esa ezilib, zil ketib borayotganini san’atkorona ko‘rsatib beradi. Shuning uchun ularning har bir harakati, har bir gap – so‘zi chuqur dramatik mohiyat bilan yo‘g‘rilgandir. Yozuvchining o‘tmish mavzusidagi “Anor”, “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Tomoshabog‘” hikoyalarida ham voqealar silsilasi, xarakterlar taqdiri tasviri xuddi shunday dramatik taranglikda beriladi.
Albatta, hamma jiddiy, badiiy jihatdan etuk hikoyalarda ham dramatik tasvir mavjud bo‘ladi. Busiz badiiy asar bo‘lishi mumkin emas. Lekin ushbu masalada A.Qahhor ijodining o‘ziga xos jihatlari alohida ko‘zga tashlanib turadi. “Adib hadeb voqealarga aralashavermaydi, - deb yozadi bu haqda yozuvchi ijodining yirik tadqiqotchilaridan biri prof. U.Normatov, - xuddi dramadagi kabi voqea va xarakterlarni xolis turib tasvir etadi, hikoyalardagi voqealar, qahramonlarning xatti-harakati shundoq kitobxon ko‘zi oldida gavdalanib turadi, xarakterlar doim harakatda beriladi, xarakterlar to‘qnashuvi tez va keskin rivojlanib boradi, dialoglar mo‘l va shiddatkor bo‘ladi, butun boshli asar bir yoki bir necha dramatik kartinalardan tashkil topadi. Asardagi badiiy tasvir vositalari, jumladan, portret va peyzaj ham harakatda beriladi, ular voqea rivojida, xarakterlar psixikasini ochishda, asar ideyasini ifoda etishda ma’lum funktsiyani ado etadilar” ( “Mahorat sirlari”, 23-bet). Bu jihatdan yozuvchining “Dahshat” hikoyasi e’tiborni o‘ziga tortadi. Unda yozuvchi o‘zbek ayolining o‘tmishdagi fojiali taqdirini ko‘rsatadi. Yoshi bir joyga borib qolgan dodho oilasiga sakkizinchi kundosh bo‘lib kelgan yosh Unsinning bu dargoh dahshatidan qutulish yo‘lidagi intilishi va bu intilishning oxiri fojia bilan tugashi asarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Demak, asar qahramoni Unsin – tengsizlik qurboni. Taqdiri tragik mohiyatga ega bo‘lgan qahramon obrazini asar markaziga qo‘yar ekan, yozuvchi, asarning boshida – ekspozitsiyasida berilgan peyzaj tasviridayoq ilk dramatik kartinani yaratadi. So‘ngra bu dramatik asos peyzajdan inson taqdiri – Unsin obrazi tomon o‘tib boradi. Shundan e’tiboran yozuvchi asardagi dramatizmni ikki yo‘nalishda – goh peyzaj orqali, undan-da ko‘proq Unsin obrazi talqini misolida davom ettira boradi. Unsin obrazi talqinidagi dramatik yo‘nalishni yozuvchi bir necha kartinalarda jonlantiradi. Bu kartinalar o‘zaro birikib, biri ikkinchisini to‘ldirib, tasvirda yozuvchi bermoqchi bo‘layotgan fojeiy ruhni yanada chuqurlashtirib boraveradi. Qahramonning o‘limi bilan tugagan kartina esa hikoyadagi dramatik yo‘nalishning cho‘qqisi sifatida alohida ajralib turadi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin