Mustahkamlash uchun savollar: 1.1.A.Qahhor hikoyalarining tili haqida nima deya olasiz?
1.2.Badiiy detalning asarda tutgan o‘rni A.Qahhor ijodida qay darajada?
1.3.A. Qahhorning badiiy detaldan foydalanish mahoratining boshqa ijodkorlardan farqli jihatlari nimalarda ko‘rinadi.
Mavzu bo‘yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar: 1. Badiiy asar tilida personaj nutqi va obrazlar tasnif yuzasidan tadqiqot ishi yaratish.
Amaliy mashg‘ulotlar:
1-amaliy mashg‘ulot Abdulla Qahhorning “Boshsiz odam” hikoyasi tahlili
Darsning maqsadi: Abdulla Qahhorning “Boshsiz odam” hikoyasini bugungi kun mezonlari orqali tahlil qilish.
Identiv o‘quv maqsadlari: Htkoyaning mavzusi va g‘oyasi, mazmun mohiyatini o‘rganadi.
Hikoya obrazlariga bugungi kun nuqtai nazaridan tavsif bera oladi.
Kerakli jihozlar: Abdulla Qahhorning “Saylanma” kitobidan “Boshsiz odam”hikoyasi, mavzuga oid ayrim nazariy adabiyotlar, Abdulla Qahhorning boshqa hikoyalari.
Ishni bajarish tartibi: 1.“Boshsiz odam” hikoyasi mavzusi va g‘oyasini aniqlash.
2.“Boshsiz odam” hikoyasi obrazlariga tavsif berish.
3. Bosh obraz talqiniga ahamiyat qaratish
4. Asardagi personaj nutqiga diqqat qaratish
5. Asarlarni bugungi kun nazarida baholash.
6. Hikoya badiiyatini dalillash.
7. Mashg‘ulotni yakunlash.
Mustaqil ish topshiriqlari: 1 – topshiriq. A.Qahhorning ayrim hikoyalari tahlili.
1.1. “Ko‘k konvert” hikoyasini tahlil qiling.
1.2. “Botirali” hikoyasini tahlil qiling
1.3. “Bemor” hikoyasi mohiyatini izohlang.
2 – topshiriq. “O‘tmishdan ertaklar” qissasi tahlili.
2.1. Qissadagi obrazlarini tavsiflang.
2.2. Qissa g‘oyasi, mavzusi haqida so‘zlang.
Ushbu topshiriqlarga javobni quyidagi adabiyotlardan topasiz: A.Qahhor “Sarob”. Asarlar. 5 tomlik. 1-tom. – T., 1987 yil, 258-360-betlar