Dars maqsadi: A.Qahhorning “Mayiz emagan xotin”hikoyasi obrazlariga tavsif berish, asar mohiyatini anglash.
Identiv o‘quv maqsadlari
1.1.1.Hikoya obrazlariga tavsif bera oladi.
1.1.2.Hikoya g‘oyasi va moxiyatini anglaydi.
Kerakli jihozlar: A.Qahhorning “Mayiz emagan xotin” hikoyasi mavzuga oid barcha adabiyotlar, xususan, A. Qahhor hikoyalari.
Ishni bajarish tartibi:
1. Hikoya mavzusi va moxiyati haqida fikr yuritish
2. “Mayiz emagan xotin” hikoyasi obrazlariga tavsif bering.
3. “Mayiz emagan xotin” hikoyasidagi Nurmatjon obraziga tavsif bering.
4. Hikoyada personaj nutqiga ahamiyat bering.
5. Hikoyada hikoyachi qahramon nutqidagi o‘ziga xos jihatlarni aniqlang.
6. Hajviy hikoyaning umumiy jihatlarini izohlang.
7. Mashg‘ulotni yakunlash.
Mustaqil ish topshiriqlari: 1-topshiriq. A.Qahhorning ayrim hikoyalari tahlili.
1.1. «Qizil konvert» hikoyasini tahlil qiling.
1.2. «Dahshat» hikoyasi mohiyatini izohlang.
2-topshiriq. A.Qahhorning “Anor” va O`Genrining “Shaftoli” hikoyalarini solishtirib tahlil qilish.
1.1.Hikoyalardagi brazlarga tavsif bering.
1.2.Hikoyalar g‘oyasi, mohiyati, badiiyati haqida so‘zlang.
1.3. Hikoyalarning o‘xshash va farqli jihatlarini aytib bering.
Ushbu topshiriqlarni quyidagi javoblardan topasiz:
1. A.Qahhor “Sarob”. Asarlar. 5 tomlik. 1-tom. – T., 1987 yil, 258-360-betlar
2. A.Qahhor. Tanlangan asarlar. – T., 2007 y., 24-137 – betlar.
Darsning maqsadi: Abdulla Qahhorning “Tomoshabog‘” hikoyasini bugungi kun mezonlari orqali tahlil qilish.
Identiv o‘quv maqsadlari: Hikoyaning mavzusi va g‘oyasi, mazmun mohiyatini o‘rganadi.
Hikoya obrazlariga bugungi kun nuqtai nazaridan tavsif bera oladi.