Darsning maqsadi: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati o’ziga xos uyg’onish davri sifatida tariximizda muhim o’rin tutishini, mamlakatda ilm-fan ravnaqi, moddiy va ma’naviy madaniyatning ravnaq topishi uning ahamiyatini tushuntirib berish. Talabalar ongida vatanparvarlik, insonparvarlik hissini tarbiyalash.
Seminar mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish uchun metodik ko’rsatmalar: 1-asosiy savol bo’yicha:
Amir Temur va temuriylar qurdirgan inshoatlar. Qurilish va me’morchilik an’analari.Samarqandning poytaxt sifatidagi mavqening o’sishi. (1.289-292;2.178-180;3.448-458.)
2-asosiy savol bo’yicha:
Amir Temurning ilm-fanga homiyligi,Ulug’bekning ilmiy merosi. Rasadxona va falakshunos olimlar. Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Jamshid Koshiy (1.289-294;2.178-160;3.459-469.
3-asosiy savol bo’yicha:
Bu davrda xattotlikning san’at darajasiga ko’tarilishi. Sultonali Mashhadiy, Mir Ali Tabriziy,Mirak Naqqosh ijodi.Kamoliddin Behzod ijodi ta’sviriy san’atda yuksak cho’qqiga erishganligi. Musiqa san’atining yuksak bosqichga ko’tarilishi.( 2.181-182;3.501-507.4.142-143.)
4-asosiy savol bo’yicha:
Alisher Navoiiy o’zbek adabiyotining asoschisi. Mumtoz adabiyotning tamal toshini qo’ygan Lutfiy, Haydar Xorazmiy, Durbek, Gadoiy, Atoiy, Sakkokiy ijodi. “Hamsa”,“Hazoyinul -maoniy“,“Muhokamatul lug’atayn”, “Majolis ul-Nafois“ning adabiy taraqqiyotdagi ahamiyati.(1.293-298; 2.182-184; 3.485-498.)
Adabiyotlar: O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik) Toshkent.: O’AJBNT markazi, 2003. 675 b.
O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik) Toshkent. : Iqtisod-moliya, 2006, 520 b.
Karimov Sh.,Shamsuddinov R.Vatan tarixi .:O’qituvchi.1997.527 b.
Sagdullaev A., Aminov B., Mavlonov O’., Norqulov N. O’zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti T.: Akademiya. 2000. 271 b.
Ahmedov B. Tarixdan saboqlar T.:O’qituvchi. 1994.
Ahmedov B. Amir Temurni yod etib. T.1996.
Temur tuzuklari. T.G’.G’ulom nomli Adabiyot va san’at nash. 1996.343 b.
Berdimurodov A. Go’ri Amir maqbarasi. T.A.Qodiriy.1996. 77 b.