Guliston davlat universiteti


Temp(sur’at) va ritm(marom)



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə38/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Temp(sur’at) va ritm(marom). Badiiy adabiyotda temp va ritm asarning g‘oyaviy – estetik mohiyatini ochishga xizmat iladi. Nutqning emotsional ta’sirchanligini oshiradi. Shundan temp va ritm ifodali o‘kishda, jumladan har qanday nutqda umuman, muhim ahamiyat kasb etadi.
Nutq jarayonida gapirish sur’atini oshirish ifodada jonlantirish demakdir.
Bir me’yorda so‘zlanayotgan nutq bo‘linsa, o‘z sur’ati va maromini yo‘qotib, nutq o‘zining dastlabki tarovatini o‘zgartiradi. U o‘zining ilk holatiga, kayfiyatiga qaytishi shart.
Xullas, yuqorida sanalgan nutq vositalari adabiy me’yordagi nutqning vujudga kelishida muhim o‘rin tutadi, ya’ni sifatli tovush, so‘z, gap va matnning hosil bo‘lishga, talaffuzda orfoepik qoidalarga rioya qilishga bog‘liq.
Mavzu bo‘yicha savollar?

  1. Nutq organlari deganda nimani tushunasiz?

  2. Og‘zaki nutqning psixologik tuzilishining maqsadi va mazmuni nimadan iborat?

  3. O‘qituvchi nutqining mantiqiyligi nima?

  4. O‘qituvchi nutqining grammatik jihatdan to‘g‘riligi, savodxonligi pedagogik mahoratning ko‘zgusidir degan fikrni izohlang.

Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.A.Karimov «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» T. 1997 y.
2. I.A.Karimov «Barkamol avlod orzusi» T.1999 y
3. Yu.A.Ahrorov «Pedagogik mahorat» Samarqand. 2006y.
4. G.J.Berdiev, K.Q.Mamedov. «Pedagogik mahorat»(ma’ruza matnlari). T. 2002 y.

27 –mavzu: Pedagogik faoliyatda uchraydigan qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar


Asosiy savollar:
1.Kasbiy refleksiya va pedagogik faoliyat.
2.Pedagogik tashxislash asosida o‘qituvchining kasbiy rivojlanishini ta’minlash usullari
3.O‘qituvchi faoliyatini pedagogik tashxislash
1.Kasbiy refleksiya va pedagogik faoliyat
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga kirishildi. Belgilangan maqsadlar muvaffaqiyatli amalga oshirilib, hozirgi kunda ta’lim sohasida yuksak samaradorliklarga erishilmoq da. Bunda o‘qituvchilar bilan birga keng jamoatchilik, butun xalqimizning fidokorona mehnatini e’tirof etib, Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch” asarida quyidagi fikrlarni bayon etadi: “Maktab, ta ’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, keng jamoatchilik butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir.
Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatigi ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta'lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan о'qituvchilarning asosiy maqsadi va vazifasi bo 'lishi kerak’’.
Bu ulkan javobgarlik hissi o‘qituvchilarda pedagogik mahorat qirralarining turli jarayonlarini hozirgi zamon talablari darajasida takomillashtirishni talab etadi. So‘nggi yillarda pedagog va psixolog olimlar o‘qituvchilaming pedagogik faoliyatida fikrlash hamda analitik qobiliyatlami rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqdalar. Bu qobiliyatiar asosini esa, o‘qituvchining kasbiy refleksiyasi tashkil etadi.

Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin