O’smir shaxsining takomillashuvi va shakllanishiga turtki bo’lgan omillardan biri – o’quv faoliyati motivlaridagi sifat o’zgarishidir. Kichik maktab yoshidagi boladan farqli, o’smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo’lish, o’qituvchining maqtovini eshitish va “5” baholarni ko’paytirish uchun emas, balki tengqurlari orasida ma’lum ijobiy mavqyeni egallash, kelajakda yaxshi odam bo’lish uchun o’qish motivlari ustivor bo’lib boradi. Lekin I.V.Dubrovinaning bergan ma’lumotlariga ko’ra, o’quv faoliyati motivlari orasida umuman bilish, yangi bilimlarga ega bo’lish motivi kuchsiz bo’lgani sababli, ular maktabga borgisi kelmaydi, o’qishga og’rinib kelib, salbiy emosiyalar va xavotirlik hislarini boshdan kechiradilar (o’rtacha 20% o’quvchilar). Bu kattalarning o’smir bilan ishlashini qiyinlashtiradi.
Xulosa qilib aytganda
O’zbekistonda Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturida ta’kidlangan innovasion, yangicha hamda progressiv ta’limning mohiyati ham, aynan, akmeologik omillarni inobatga olganligi, shaxsga individual, insonparvarlik tamoyillari asosida yondoshuv zarurligi e’trof etilganligi va bular o’z navbatida talabalardagi professional mahoratni o’stirishni nazarda tutganligi bilan ahamiyatlidir. Bu vazifalarning amalda ro’yobga chiqishi har bir shaxsning taraqqiyot davrlariga mos ravishda rivojlanishi va mehnatining mahsuldorligiga erishishini ta’minlaydi hamda shaxsning jamiyatdagi mavqyeini mustahkamlaydi.
Savollar
Shaxs taraqqiyotidagi muhim ahamiyat kasb etadigan qanday ijtimoiy va genotipik omillar bor?
J.Piajening intellektni rivojlanish bosqichlari klassifikasiyasi nimaga asoslanadi?
1965 yili XFAning maxsus simpoziumida qabul qilingan yosh davrlari sxemasi xususida nimalarni bilasiz?
Fanda shaxs “Men”ining rivojlanish bosqichlariga tayanadigan klassifikasiyani yaratilishiga kim sababchi bo’lgan?