O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi: 2020-yil 1-aprelga qadar “O‘zdaverloyiha” ilmiy-loyiha instituti, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlari bo‘lgan barcha yuridik shaxslarga yer solig‘ini hisoblash uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatini yetkazsin; 2020-yil 1-iyulga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda, xalqaro tajribadan kelib chiqib, 2021-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatini belgilashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 16. Belgilansinki, mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatish va alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘i bo‘yicha: O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahri shahar budjetlariga ajratiladigan mablag‘lar har oyda (hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar, yil yakuni bo‘yicha oxirgi ish kuniga qadar) o‘tkaziladi; daromadlar prognozining bajarilmagan qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetiga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi, prognozning oshirib bajarilgan qismi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti ixtiyorida qoldiriladi. 17. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat soliq xizmati organlari rahbarlari budjet daromadi prognoz ko‘rsatkichlarini ortiqcha to‘langan va undirilgan soliq summalari hisobiga bajarilishiga yo‘l qo‘ymasliklari bo‘yicha qat’iy ogohlantirilsin. 2020-yil 1-yanvardan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra ortiqcha undirilgan soliq summalarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo‘lgan stavkada foizlar to‘lagan holda qaytarish qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda: