2.2-§. O`quvchilarda sog`lom tafakkurni rivojlantirishning shakl va vositalari. Ma'lumki, shu kungacha ta'lim va tarbiya jarayonining samaradorligini, natijaviyligini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan texnologiyalarni o'rganishimiz natijasida shu narsa ma'lum bo'ldiki, o’quvchi-yoshlarda sog'lom tafakkurni shakllantirish ko'p bosqichli, murakkab jarayon bo'lib, mazkur jarayon texnologik yondashuvni talab etadi.
Oila va ta’lim muassasasi hamkorligi asosida o'quvchi-yoshlarda sog’lom tafakkurni shakllantirishda uzluksiz ta'lim jarayonida davlat va jamoatchilik tashkilotlarining boshqaruvini takomillashtirishni, ularning ta'limiy va tarbiyaviy ta'sir doirasini yanada kengaytirish zarur. O'quvchilarda sog'lom tafakkurni rivojlantirish mazkur jarayon oldida turgan o'ziga xos vazifalar bilan bog'liqlikda mavjud aniq moddiy-ma'naviy asosni talab etadi. Mazkur vazifalarni hal etishga yo'naltirilgan ta'lim va tarbiya jarayonining asosini – kutiladigan natijalar va unga erishish usullari, erishish usullarini modellashtirishni talab etuvchi rejalashtirish, ishlab chiqilgan reja va modellarni amalga oshirish, bunda esa kishilarning faoliyat va xulq-atvorini boshqarish bilan bog‘liqlikdagi pedagogning o’quv-tarbiyaviy faoliyati tashkil etadi.
Odatda, tafakkur jarayoni biror vazifalarni hal etishga yo'naltirilgan bo'lib, uning dastlabki bosqichi modelli darajada muammoli vaziyatni ko'proq yoki kamroq adekvatli anglanishini o’zida aks ettiradi. Mazkur jarayonning qanday kechishi va rivojlanishi esa, adekvatli ijodiy fikrlash kema-ketligiga bog'liq bo'ladi. Aynan adekvatli (ilmiy) ijodiy fikrlash jarayonida inson taqqoslash, tahlil etish, umulashtirishni amalga oshiradi.
O'quvchilarda sog'lom tafakkurni rivojlantirish jarayoni bilan bog'liqlikda pedagogik vazifalarni tanlab olish bosqichlarini quyidagicha ajratib ko'rsatish mumkin:
1. Yo'naltiruvchi bosqich. Mazkur bosqichda o'quvchilar bilimlarni o'zlashtirish, faollashtirish metodlari (matn va ilmiy matn bilan ishlash)ni o'zlashtiradi.
2. Izlanish bosqichi. O'quv vazifalari va topshiriqlari dalil (voqea, hodisa)lardan tashkil topadi va mazkur dalillarning kelib chiqish sabab-oqibatlarini va ular orasidagi bog'lanishlarni aniqlashni talab etadi. Vazifaning anglanishi faqat qonun (mohiyatli sabab-oqibat aloqadorligi) va uning modeli tasviri asosida hal etilishi mumkin.
3. Shakllantiruvchi bosqich. Mazkur bosqichda o'quvchilar mustaqil ravishda sabab-oqibat aloqadorliklarini aniqlash va modellashtirish asosida vazifalarni hal etishga kirishadilar.
4. Tadqiqotchilik bosqichi. Ushbu bosqichda o'quvchilar ijtimoiy hodisalarni tasnif qilish, vazifalarni hal etish va qarorlarni tahlil etish, ijtimoiy vaziyatlarni o'zida adekvatli aks ettirish, aniq vazifalarni mustaqil hal eta olishga o'rganadilar.
O'quvchilar bilish faoliyatining mazkur darajalarini hisobga olgan holda, ularda sog'lom tafakkurni rivojlantirishga imkon beruvchi ijtimoiy pedagogik vazifalarni to'rt guruhga ajratib ko'rsatish mumkin:
1) elementar modelli muammoli vaziyatlarni hal etishga doir vazifalar;
2) sodda modelli muammoli vaziyatlarni hal etishga doir vazifalar;
3) murakkablashtirilgan modelli muammoli vaziyatlarni hal etishga doir vazifalar;
4) murakkab modelli muammoli vaziyatlarni hal etishga doir vazifalar.
O'quvchilarda sog'lom tafakkurni rivojlantirish jarayonining tarkibiy qismlarini modellashtirish lozim. Modellashtirish – obyektlarga ijtimoiy reallikning muayyan qismlarini tadqiq etish uslubi hamda predmetlar va hodisalarning real mavjud bo'lgan hamda quriladigan modellarini o'rganish va ishlab chiqishdir. Shunday ekan, sog'lom tafakkurni rivojlantirish texnologiyasini ham ishlab chiqish va amalga oshirishda modellashtirishdan foydalanish ularni yaxlit pedagogik hodisa sifatida uslublarini o'rganib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
S hu maqsadda o'quvchilarda sog'lom tafakkurni rivojlantirish tizimini quyidagicha tasvirladik: