I bob bo'yicha xulosa Mazkur bobda dastlab, “O`quvchilarda sog`lom tafakkurni rivojlantirish”ning sog`lom tafakkur tushunchasi, pedagogik muammosi, mavjud holatining mohiyatini o'rganishga e'tibor qaratildi. Buning natijasida, barkamol avlodni tarbiyalashda ijtimoiy institutlar hamkorligining benihoya muhimligi, hamkorlikning huquqiy me'yorlari o'rganildi.
Shuningdek, o`quvchilarda sog`lom tafakkurni rivojlantirishning pedagogik muammo sifatida o'rganilganligi hamda sog'lom tafakkurni shakllantirishga ta'sir etuvchi omillar nazariy jihatdan o'rganildi va tahlil qilindi.
O'rganilgan adabiyotlar tahliliga binoan, bugungi kungacha inson tafakkuri muammosi ko'pchilik tadqiqotchi-olimlarning o'rganish obyekti bo'lgan. Jumladan, chet el olimlari L.S.Vigotskiy, Dj.Dyui, Martin Xaydeger, R.I.Ivanov va o'zbek olimlaridan M.G.Davletshin, E.G'.G'oziyev, Z.T.Nishonova, J.Musayev, Sh.Shodmonova, N.Saitova va boshqa olimlar inson tafakkurini shakllantirish hamda rivojlantirishga oid o'zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishgan.
S.Ataxanova sog'lom tafakkurning mohiyatini ochib berishda quyidagi asosiy bo'g'inlarini ajratib ko'rsatgan: 1) «sog'lom tafakkur» tushunchasi; 2) zarur ijtimoiy muhit tushunchasi; 3) pedagogik maqsad va natija tushunchasi; 4) sog'lom turmush va turmush tarzi tushunchasi
Demak, yuqoridagi ma'lumotlarga asoslanib, “sog’lom tafakkur” tushunchasi mazmunini quyidagicha talqin etishimiz mumkin: sog'lom tafakkur insonga o’rganayotgan bilimlarini analiz-sintez qilish imkonini beradi. To’plagan bilimlar asosida esa mushohada yuritish, yangiliklarni, g’oyalarni, yangi bilimlarni anglash va muammolarni hal etishda eng to’g’ri, qisqa va samarali yo’lni topishga yordam beradi. Sog’lom tafakkur o’quvchi – yoshlarda qaror qabul qilishda mustaqillik, javobgarlik, o’zining g’oya va fikrlarini shakllantirishda, ijtimoiy hayotda sodir bo’layotgan voqea – hodisalarga munosabat bildirishida muhim ahamiyatga ega.
II BOB. O`QUVCHILARDA SOG`LOM TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUNI, METODI, SHAKL VA VOSITALARI.