1.1-§. Pedagogik, psixologik adabiyotlarda sog`lom tafakkur tushunchasi. Sog‘lom tafakkur tushunchasining shaxs rivojidagi o‘rni masalasi turli zamon va makonlarda yashagan mutafakkirlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Abu Nasr Forobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” asarida inson tafakkuri haqida fikr yuritar ekan: “Modomiki, u o‘z zotidan fikr qilishga qodir bo‘la olar ekan, u oqil bo‘la oladi. Natijada uning zoti aqlga erishsa, u holda u fe’li bilan aqlga ega bo‘ladi. Balki u aql bo‘la oladi, u o‘z zoti bilan fikr qiladigan, oqil bo‘la oladi. Zotning o‘zi ham aqlga erishdimi, demak, uning o‘zi ham aqlga erisha oladi”, degan fikr orqali aql va intellektning o‘zaro uyg‘un hamda farqli jihatlarini tahlil etgan.3 “Falsafa: qomusiy lug‘at”da “tafakkur” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Tafakkur (arab. — fikrlash, aqliy bilish) — predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlarini aniqlaydigan, ular o‘rtasida ichki, zaruriy aloqalar, qonuniy bog‘lanishlarni aks etadigan bilishning ratsional bosqichi”. Mamlakatimiz olimlari tomonidan tafakkur va uning ko‘rinishlari (ijodiy, mantiqiy, badiiy-estetik, axloqiy, ekologik, mustaqillik, tarixiy)ga doir bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, biroq umumta’lim maktabi o‘quvchilarida sog‘lom tafakkurni rivojlantirish muammosi alohida tadqiq etilmagan. Ehtimol, mazkur holat sog‘lom fikr yuritish tafakkurning barcha shakllariga taalluqli, deb qarash nuqtayi nazari bilan bog‘liqdir.
Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur atrofdagi olamni bilish qurolidir va inson oqilona amaliy faoliyatining vujudga kelishi uchun shartdir.
Voqelik tafakkurda idrok va tasavvurlardagiga qaraganda cbuqurroq va to'laroq aks etadi.
Tafakkur - voqelikning umumlashtirib aks ettirilishidir. Narsa yoki hodisalar o'rtasidagi eng muhim bog'lanishlar va munosabatlar tafakkur yordami bilan ochiladi.
Binobarin, tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to'g'ri), to'liq, chuqur va umumiylashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning yanada oqilona amaliy faoliyat bilan shug'ullanishiga imkon beradi.4 Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrlardanoq, har tomonlama uyg'un rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirish milliy tarbiyamizning bosh maqsadi sifatida belgilab olindi. Mazkur maqsadga erishishning uzviyligi, uzluksizligini ta'minlash maqsadida bugungi kungacha bir qancha qaror va farmonlar ishlab chiqildi. Jumladan: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yilda qabul qilingan 60-son farmoni “2022-2026-yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 5-yo`nalish 71-maqsadida “Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Harakatlar strategiyasidan-taraqqiyot strategiyasi sari” g`oyasini keng targ`ib qilish orqali jamiyatda sog`lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish” chora-tadbirlari zamirida o`sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasiga sog`lom tafakkurni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Sababi, mamlakatimizning jahon miqiyosida tutgan o’rni, uning iqtisodiy va intelektual salohiyati, fan va madaniyat taraqqiyotiga qo’shgan hissasi xalqimizning turmush darajasi bilan belgilanadi. O'tgan davr mobaynida mazkur sohada amalga oshirilgan ishlar samarasi o'laroq, jahon hamjamiyati tomonidan O'zbekiston an'anaviylik va zamonaviylikni o'zida mujassamlashtira olgan, o'ziga xos milliy tarbiya tizimi yo'lga qo'yilgan insonparvar davlat sifatida tan olindi. Ko'rsatilgan vazifalar bugungi kungacha bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, o'zining samarali natijalarini ko`rsatmoqda. Lekin bugungi kunda dunyoda va yurtimizda sodir bo'layotgan o'zgarishlar, integratsiya va globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi ijtimoiy institutlarning o'zaro hamkorligini mustahkamlashni talab etmoqda. Mamlakatimizda ta'lim sohasida qabul qilingan qator me'yoriy hujjatlar, jumladan O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va “Uzluksiz ma`naviy tarbiya konsepsiyasi” mustaqil fikrlovchi yoshlarni tayyorlash hamda oila, mahalla va maktab nufuzini yanada yuqori pog'onaga ko'tarishni taqozo etadi.Yoki bo'lmasa, «insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni»5 tarbiyalashni nazarda tutadi.
Sog`lom tafakkur -hozigi kunda ta`lim olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni ma`naviy – axloqiy, intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar, hayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib ijtimoiy hayotga keng ko`lamda tadbiq etilib kelinmoqda.
Shunday qilib, mazkur ishning nazariy jihatdan dolzarbligi oila va ta`lim muassasasi hamkorligi asosida o`quvchi-yoshlarda sog`lom tafakkurni shakllan- tirish tog`risidagi tasavvurlarni kengaytirish imkoniyati bilan bog`liq bo`lib, bu esa bir qator pedagogik muammolarni hal etishning muhim omili hisoblanadi.
Mazkur ish oila va ta`lim muassasasi hamkorligi asosida o`quvchi yoshlarda sog`lom tafakkurni shakllantirish texnologiyasini ishlab chiqishga bag`ishlanadi.
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligigi bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida «Biz ta’lim-tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz»6,deb takidladi.
Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxtu-saodati, ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin baxt-saodat faqat boylik, mol-u mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar farzand nafaqat ota-onaning balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Shu bois, yoshlarimizni jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va mustaqil fikrga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash, hayot abadiyligi avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lgan oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimizga aylangan. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev yosh avlodga sog`lom tafakkurni shakllantirish haqida fikr yuritib, Abdurauf Fitrat bobomizning quyidagi fikrlarini endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini juda istagan holda ta’kidlab o‘tgan edi, ya’ni: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”.
Zero, ta'lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, yosh avlodga o'zligimizni anglash tuyg'ularini, xalqimizning ko'p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo'yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish.
Jamiyatimizda bugun mavjud bo'lgan hurfikrlikdan qat'iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yutni yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g'oya – milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash bugungi kunning mohiyatini tashkil qiladi.
Amaliy tajriba hozirgi vaqtda o`quvchilarda sog`lom tafakkurni rivojlantirish oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligida hal etilishi lozim bo'lgan quyidagi dolzarb muammolarni kun tartibiga qo'ymoqda:
o`quvchilarda g'oyaviy immunitetni yanada oshirish, ularni «ommaviy madaniyat»ning salbiy oqibatlaridan himoya qilish;
o`quvchilarda sog'lom tafakkurni rivojlantirish;
o`quvchilarda ma'naviy - axloqiy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish;
o`quvchilarni kasb – hunarga yo'naltirishga doir chora tadbirlar tizimini rivojlantirish;
o`quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish, ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli tayyorlash;
o`quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimiga kiruvchi oila, mahalla, bilim olish, Vatanga muhabbat, yurt tinchligi kabi tushunchalar haqidagi bilimlarini yanada boyitish;
o`quvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish orqali «axborot madaniyati»ni tarkib toptirish;
o`quvchilarning pedagogik-psixologik bilimlarini boyitish, sog'lom turmush tarzini hamda oila va ta'lim muassasasi hamkorligi shakllarini samarali tashkil etish orqali sog'lom tafakkurni shakllantirish;
o`quvchilarni internet va kompyuter o'yinlariga tobelikdan himoyalash va boshqalar.
O'zbek oilalarida ajdodlar tafakkuri va aql zakovati bilan yaratilgan ma'naviy meros alohida o'rin egallaydi. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan moddiy va ma'naviy yodgorliklar, xalq og'zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinalarida saqlanayotgan minglab qo'lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san'at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, astronomiya, me'morchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma'naviy boyligimizdir. Mana shular asosida yosh avlodni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda esa oila va ta'lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlik faoliyatini yanada takomillashtirishga alohida e'tibor qaratish lozim. Zero, oilada ma'naviy madaniyat oila a'zolarining harakatlari, voqelikni baholay olish salohiyati, axloqiy bilim va tajribalari, ulardan foydalana bilish qobiliyati, yaxshi-yomon, ijobiy-salbiy vaziyatlarni farqlash va hakozo omillar bilan ham bog'liq.
Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur—inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi.
Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson oʻzining tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson Tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan koʻrish imkoniyatiga ega.
Odam tevarak-atrof olamni shaxsan bilib olayotgan chog'ida yoki o'zi harakat qilayotgan chog'idagina emas, balki shu bilan birga, u o'zining (og'zaki yoki yozma) nutqi bilan o'z fikrlarini boshqa odamlarga o'tkazayotganida hamda boshqa odamlarning fikr va bilimlarini o'zi o'zlashtirib olayotgan chog'da ham fikr qilaveradi. Odamning bilish va amaliy ehtiyojlari, tevarak-atrof va hayot to'g'risidagi o'z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirishga intilishi tafakkur qilish faoliyatini vujudga keltiradi va bu faoliyatni kuchaytiraveradi. Shu sababli tafakkur qilish jarayonlarining muayyan maqsadga qaratilgan bo'lishi shu jarayonlarning muhim xususiyatidir.
K.D. Ushinskiy tafakkur va bilish jarayonlaridagi taqqoslashning juda muhim ahamiyati borligini uqtirib, bunday degan edi: «... taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir. Olamdagi narsalarning hammasini taqqoslab ko'rish yo'li bilan bilolmasak boshqa yo'l bilan bilolmaymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va farqini bilib olishimiz mumkin bo'lmagan biron yangi narsaga duch kelganimizda edi (basharti shunday narsa bor bo'lsa), u holda biz shu narsa to'g'risida hech qanday fikr hosil qila olmagan bo'lur edik va uning to'g'risida biror so'z ayta olmagan bo'lur edik».
Voqelikni chuqurroq va aniqroq bilish uchun bir-biriga juda o'xshash narsalardagi tafovutni va bir-biridan juda ham farq qiladigan narsalardagi bir-biriga o'xshashlik tomonlarini topa olish qobiliyati, ya'ni tafakkurning mana shunday qobiliyati, ayniqsa, katta ahamiyatga egadir.
«Agar siz,- deb yozgan edi Ushinskiy, - tashqi tabiatning biror narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning o'ziga juda o'xshash bo'lgan narsalardan bo'igan tafovutini topingiz va uning o'zidan juda uzoq bo'lgan narsalar bilan o'xshashlik tomonlarini topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim hamma belgilarini payqab olasiz, demak, shu narsani tushunib olasiz»7 Insonda o`zgartirish qiyin bo`lgan narsa bu-tafakkuri. Xarakterini o`zgartirish mumkin, unga dunyodagi xohlagan ko`nikmangizni o`rgatishingiz mumkin, uning odatlarini o`zgartirishingiz mumkin agag o`zi xohlasa, lekin tafakkurini emas. Tafakkurni o`zgartirish bu juda ham qiyin. Nimaga? Chunki tafakkur o`zgarishi uchun boshqa sharoit kerak, boshqa muhit kerak. O`quvchilar minglab kitob o`qiyogan bo`lishi mumkin, yaxshi insonlar bilan gaplashayotgan bo`lishi mumkin, lekin asosiy har kuni birga o`tayotgan insonlar o`zgarmagunicha unda tafakkur o`zgarmaydi. Agar uning yon atrofida har kuni ertalabdan kechgacha ko`proq bo`ladigan insonlar unga ishonchsizlik, umidsizlik beraversa, yoki har bir qilayotgan ishini tanqid qilaversa, unda tafakkur o`zgarmaydi. Bunining uchun yaxshi muhit kerak. Misol uchun o`quvchilar orasida ko`rishimiz mumkin bo`lgan hollardan biri ular eski harakatlarini qilaverishadi boshqa natija olish uchun, agar ming marta bu harakatlarni qilsangiz ham boshqa natija bo`lmaydi. Nimaga?
Chunki noto`g`ri harakatlar qayta-qayta qilinyapti. Harakatlarni nima o`zgartiradi, deydigan bo`lsangiz, tafakkur o`zgartiradi. O`quvchilarni tafakkurini o`zgartira olsak, shundagina ularning harakatlarini ozgartira olamiz. Demak biz xohlagan natijani olishimiz mumkin.
Bola tug`ilgan kunidan boshlab ba`zi narsalarni sezish va ba`zi hislarni kechirish qobiliyatiga ega bo`ladi. Lekin hali bu bolada fikr qilish bo`lmaydi; bola o`sgani sari, tajriba to`play borgani sari nutq orqali aloqa qilish imkoniyati kengayib, faoliyati o`sib borgani sari ta`lim va tarbiya jarayonida uning tafakkuri ham o`sib boradi.
O`quvchilarda sog`lom tafakkurni rivojlanish bosqichlari
Maktabda ta'lim jarayonida tafakkurning o'sishi.
Bolalarga beriladigan va asosan maktabda amalga oshiriladigan ta'lim bolalar tafakkurining o'sishi uchun g'oyat katta ahamiyatga egadir.
Ta'lim va maktabda beriladigan bilimlarni o'zlashtirish jarayonida, kuzatllvchanlik, xotira va xayol o'sib borishi bilan maktab yoshidagi bolalar tafakkuriga material bo'ladigan narsalar doirasi kengaya boradi, bolalarda mantiqiy tafakkur va tanqidiy fikrlash o'sib boradi. Ta'lim jarayonida tafakkur katta o'sish yo'lini - aniq tafakkurdan abstrakt - nazariy tafakkurga o'tish yo'lini o'tadi. Maktab yoshidagi kichik bolalarning tafakkuri hali ham amaliy, aniq tafakkur bo'ladi, lekin ta'lim jarayonida bunday bolalarning aniq tafakkuri, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aniq tafakkuriga qaraganda, murakkabroq va mazmunliroq bo'lib qoladi, ulardagi fikrlash jarayonlarining hammasi takomillasha boradi. Maktabda o'quvchi bola tobora murakkabroq narsalarni va o'zi idrok qilayotgan narsalarni hamda hodisalarnigina emas, balki, shu bilan birga, tasawur qilayotgan narsalar va hodisalarni ham bir-biriga taqqoslashni, analiz qilishni va sintez qilishni o'rganib oladi.
Bolani maktabda o'qitish jarayonida unda abstraktlash qobiliyati o'sa boshlaydi. Arifmetika o'qitish vaqtida, amaliy, aniq sanashdan abstrakt hisoblashga o'tilgan vaqtda, shuningdek, ona tili darslarini o'qish davrida bu qobiliyat sezilarli sur'atda o'sadi, so'ngra maktabdagi hamma fanlarni o'qitish davrida bu qobiliyat yanada o'sadi. O'quvchi bola analiz qilish, abstraktlash va taqqoslashni, mashq qilish yo'li bilan narsalarning muhim belgilari bilan ahamiyatsiz belgilarini bir-biridan farq qilishni va muhim belgilarga qarab to'g'ri xulosalar chiqarishni o'rganadi. Boshlang'ich maktabning o'zidayoq bolalar birinchi sinfdan boshlab ko'p miqdorda xilma-xil tushunchalarni, grammatikaga, arifmetikaga, tabiiyotga doir va ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni o'zlashtirib oladilar. O'quvchilar o'zlashtirib oladigan tushunchalar doirasi asosan, har qaysi sinf uchun har qaysi fan yuzasidan tuzilgan o'quv dasturi bilan belgilan.adi. Muayyan ilmiy mazmunga ega bo'lgan tushunchalar o'quvchilarga mantiqiy ifodalangan shaklda bayon qilib beriladi. O'quvchilarning o'zlari ham tushunchalarni mantiqiy ta'riflab, ularningjins va turlariga doir belgiIarini ko'rsatib, aytib berishni o'rganadilar. O'quvchilar tushuncha va qoidalarni ta'riflab berolmay qoIganlarida yoki ta'riflash mumkin bo'lmagani paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, misolIar bilan ko'rsatib beradilar.
O'qitish jarayonida o'quvchilarning fikr qilish faoliyatining u yoki bu tomonini faollashtiradigan maxsus usullar qo'llanilganida o'quvchilarning tafakkuri samaraliroq rivojlanadi.
Bunday bir misol keltirish rnumkin. N.N. Ne'matov birinchi sinf o'quvchilarida tafakkurning umumlashtirish faoliyatini rivojlantirishga doir ish olib bordi.
Shu maqsadda tajriba o'tkazilayotgan sinfda dars berish chog'ida maxsus usullar qo'llanildi. O'quvchilarga savollar berib, ularning diqqat-e'tiborini kitob o'qish vaqtida, suhbat chog'ida, suratlarni idrok qilish paytida, tevarak -atrofdagi vaziyatni kuzatish chog'ida uchraydigan narsalarni umumiylashtirishga qaratadigan maxsus usullar qo'llanildi.
Bunda shu narsa ma'lum bo'ldiki, o'quvchilarning fikr qilish faoliyatini faollashtirish maqsadida qo'llanilgan usullar ayni vaqtda tajriba sinfidagi o'quvchilarning darslardan ulgurish darajasini oshirishga ham yordam berdi: shu sinfda o'quvchilarning darslarni o'zlashtirishdan olgan baholari boshqa oddiy sinfdagi o'quvchiIarning bilimlariga qo'yilgan baholardan yuqoriroq bo'lib chiqdi.
Ikkinchi sinfda shu tariqa tajribalar o'tkazilganda ham aynan shunday natijalarga erishildi. O'quvchilar ongida mustahkam o'rnashgan tushunchalar asosida abstrakt tafakkur o'sadi. O'rta maktab o'quvchilarida abstrakt tafakkur, ayniqsa, tez o'sadi. Bunda tafakkurning o'sishiga grammatika, algebra, geometriya, fizika, tarix, O'zbekiston Konstitutsiyasi singari fanlarni o'rganish, ayniqsa, yordam beradi. Yuqori sinflarning o'quvchilari shu fanlar bilan shug'ullanib eng umumiy, abstrakt tushunchalarning ko'pini o'zlashtirib oladilar va o'zlarining fikrlash faoliyatlarida shu tushunchalarga tayanadilar.
Har bir o'quvchi o'qish jarayonida va turmush tajribasida xilma-xil masala va vazifalarni hal qilishga majbur bo'ladi. Maktab o'quvchisining o'zi savollarni to'g'ri qo'yishni va vazifalar belgilashni, to'g'ri muhokarna yuritishni o'rganadi. Yosh oshgan sari bu muhokamalar tobora ko'proq, mantiqiy muhokamalar bo'lib qoladi. O'qish-o'qitish ishlari to'g'ri yo'lga qo'yilganida o'rta maktab o'quvchilarining muhokamalarida muayyanlik va izchillik bo'ladi.
Maktab o'quvchisi muhokama yuritish yo'li bilan to'g'ri xulosalar - deduktiv va induktiv xulosalar chiqarishni o'rganadi. Masalan, ular matematika mashg'ulotlarida doimo umumiy qoidalarga asoslanib, xulosalar chiqaradilar, til darslarida o'zlashtirib olingan qoidalarni imloning ayrim hollariga tatbiq qilishga to'g'ri keladi va hokazo. O'quvchilar bir qancha misollar asosida (albatta, o'qituvchining yordami bilan) grammatika va arifmetikaga doir qoidalar chiqarish yo'li bilan induktiv xulosa chiqarish yo'llarini egallab oladilar. Yuqori sinflarning o'quvchilari tabiiyot, fizika va kimyo fanlarini o'rganish jarayonida umumiylashtiriIgan ancha keng xulosalarni o'zlari mustaqil ravishda chiqaradilar.
Yuqori sinf o'quvchilari induksiya va deduksiyani egallay borish natijasida kuzatishlar va tajribalarga asoslanib turib, ayrim hodisalarning sabablarini mustaqil qidirib topishlari, so'ngra esa tabiatning ayrim qonunlarini ham fahmlab olishlari mumkin. Yuqori sinf o'quvchilari ayrim hodisalarni izohlayotgan vaqtlarida, o'zlariga ma'lum bo'lgan qonunlarni dalil qilib ko'rsatadilar.
O'qitish jarayonida abstrakt va mantiqiy tafakkur o'sadi. Shu bilan birga o'quvchilarning tanqidiy tafakkuri ham o'sadi. Boshlang'ich maktabdanoq o'quvchilardan savollarga faqat to'g'ri javoblar berishnigina talab qilib qolmasdan, shu bilan birga ulardan “nega shundayligini» ham izohlab berish talab qilinadi. Agar o'quvchining bergan javobi noto'g'ri bo'lsa, sinfning o'zida uning xatosi nimadan iborat ekanligi aniqlanadi, shu xatoni qanday qilib tuzatish kerakligi tushuntirib beriladi.
Maktab o'quvchilari bilimlarni o'zlashtira borganlari sari, turli qoidalarni asoslashni, isbotlashni, rad qilishni, tekshirib ko'rishni ham o'rganib boradilar. Jumladan, ular misollar, faktlar, umumiy qoidalar va aksiomalardan dalillar tariqasida foydalanishni o'rganadilar. O'rta maktab o'quvchilari, ayniqsa, yuqori sinflarning o'quvchilari, boshqa kishilarning murakkab muhokamalaridagi, shuningdek, o'zlarining ham muhokamalaridagi ziddiyatlarni, mantiqsizlikni, asoslanmagan jihatlarni ochib bera oladilar. Ona tili, arifmetika mashg'ulotlari, tanqidiy, isbotli tafakkurning o'sishi uchun, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. O'rta maktab o'quvchilari ijtimoiy-tarixiy fanlarga doir va darvinizm ·asoslariga doir mashg'ulotlarda isbotlaydigan va rad qiladigan dalillardan har doim foydalanadilar.
Maktab o'quvchilarining havaskorlik to'garaklarida ishtirok etishlari, ko'rilgan masalalarni muhokama qilishda faol qatnashishlari tanqidiy, isbotli va mustaqil tafakkurning o'sishida va rivojlanishida katta rol o'ynaydi.
Bolalarni o'qitish davrida ularda nazariy tafakkur bilan birgalikda amaliy tafakkur ham rivojlantiriladi. Bunga avvalo, shu yo'l bilan erishiladiki, maktabda ko'pgina fanlarni (masalan, fizika, kimyo, botanika, zoologiya fanlarini) o'qitish o'quvchilarning olgan bilimlarni sanoatda, qishloq xo'jaligida tatbiq qilishlari bilan bog'lab olib boriladi.
Boshlang'ich va o'rta maktabda o'quvchilarning hammasida ham tafakkurning o'sishi va rivojlanishi bir tekis va bir xii bo'lavermaydi, albatta. O'quvchilarning individual xususiyatlari ko'p darajada boshqa psixik jarayonlarning - xotira, xayol, nutq, diqqat, irodaning o'sishi bilan belgilanadi; bu individual xususiyatlar o'quvchilarning qiziqishlariga, ta'lim va amaliy ishlardagi faolliklariga, shuningdek, o'quvchilarning o'z-o'zlarini tarbiyalashlariga bog'Jiq bo'ladi. Bizning maktablarimizdagi barcha ta'lim-tarbiya ishlari o'quvchilarning faol, ongli ishtirokida olib boriladi. Shu sababli hizning maktabimiz bolalarda keng mazmunli, mustacjil va mantiqiy jihatdan to'g'ri tafakkurning o'sishiga ko'p darajada yordam beradi.